Ichki qon ketishi
Ichki qon ketishini aniqlash tashqi qon ketishini aniqlashga qaraganda qiyinroq. Chunki uning belgi va alomatlari aniq ko`rinmaydi va ma'lum vaqt o`tgandan keyingina bilinishi mumkin. Shikastlangan joyda teri qontalashib qoladi. Yumshoq to`qimalarda og’riq bo`lib, shishadi yoki qo`l tekizganda qattiq tuyuladi. Masalan, qorin bo`shlig’idagi ichki qon ketishida qorin "qattiq" bo`lib qoladi. Jabrlanuvchi hayajonlanadi yoki bezovtalanadi. Tomir tez, lekin sust uradi. Nafas olish tezlashadi. Terining rangi o`charadi, qo`l bilan paypaslaganda sovuq yoki terchil bo`lib turadi. Ko`ngil aynib, qayt qiladi. Qondirib bo`lmaydigan tashnalik his etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |