4. Favqulodda vaziyatlarning ruhiy omillari.
Fuqaro muhofazasi faoliyatining barcha tomonlari, jumladan FVDT tizimlarning shaxsiy tarkibi va aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorligi takomillashgan taqdirdagina samarali bo’ladi. Ushbu tayyogarlikning muhim yo’nalishlaridan biri ma'naviy-ruhiy tayyorgarlik hisoblanadi.
Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga ma'naviy tayyorlash – bilim oluvchilarda fuqaro muhofazasiga oid vazifalarni bajarish mamlakat, halq oldidagi burch ekanligiga ishonchni tarbiyalash, o’z vazifalarini vijdonan bajarishga, shunday vaziyatlardagi qiyinchiliklarni еngib o’tishga o’zini tayyorlash zarurligini tushinish, ruhiy qiyinchiliklarga chidash ruhida tarbiyalashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |