Kapillyar qon ketishi belgi va alomatlari:
• Kapillyar qon oqishda qon kichkina jarohatdan oqayotgandek bo`ladi.
• Qon past bosim ostida oqib chiqadi.
• Kapillyar tomirdan oqadigan qon arterial qon singari och qizil rangda bo`lmaydi.
• Qon tez quyuladi.
Birinchi yordam ko`rsatish
• Jarohatni antiseptik eritma yoki suv bilan sovunlab yuviladi.
• Ifloslangan jarohatni tozalash uchun toza salfetka yoki sterillangan tampondan foydalaniladi. Doim jarohatning o`rtasidan boshlab, chetiga qarab tozalab boriladi. Keyingi har ishda salfetka almashtiriladi.
• Kichikroq bog’lam qo`yiladi.
• Yaraga infektsiya tushishi xavfi bo`lgan taqdirdagina vrach yordami lozim bo`ladi.
• Jarohatni yuvish uchun spirtdan foydalanish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |