1.1.3. Statistika fani uslubiyati
Ommaviy hodisa va jarayonlar har xil sohalarda kuzatiladi va turli tumandir, ularning kechish
sharoitlari ham, tuzilishi ham turlichadir. Demak, bunday hodisa va jarayonlar ko‘pdan-ko‘p
shakllarga va turlarga ega.
Umuman olganda,
uslubiyat
so‘zi quyidagi lug‘aviy ma’nolarga ega: 1) bilimning ilmiy
metodlari haqidagi ta’limot; 2) biror narsani nazariy tekshirish va amaliy bajarish usuli, vositasi; 3)
ayrim fan tarmoqlarida qo‘llanadigan usullar, metodlar, yo‘llar, vositalar majmuasi; 4) ishlash va
boshqarishdagi o‘ziga xos uslub, ya’ni maxsus yo‘llar, usullar majmuasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |