K o‘kmk qafasi a ’zolari о ‘tkir kasalliklarini sindrom bo‘yicha
davolash (Shifokorning birinchi malakali yordami).
Ko‘krak qafasi oikir xirurgik kasalliklarini sindrom bo‘yicha
davolash, bemorda asosiy kasallikni, uning xarakterini, joylashuvini
va o‘ziga xos asoratlarini aniqlashga yo‘naltirilgan shoshilinch
tekshirish bilan parallel olib borilishi kerak. Aynan ushbu shartsharoitlar e’tiborga olinganda tashxisni aniqlash, va shunda, sindrom
bo‘yicha davolash ko‘proq patogenetik yo‘naltirilgan boiadi. Agar
har qanday xirurgik kasallik va uning asoratlarini jadal davolashning
umumiy qoidalari m aium darajada universal hamda yetakchi
patologik sindromlarning deyarli barcha yigindisida qoilanilishi
mumkin bolsa, bevosita shikastlanish o‘chogiga ta’sir qilish usullari
farqlanadi va asosiy jarayon va uning asoratlari xususiyatlari bilan
aniqlanadi. Aynan shu joyda «asosiy zarba yo‘nalishini» aniqlash,
yetakchi, bevosita hayotga xavf soluvchi sindromni aniqlash va
uni bartaraf qilish lozim. Ushbu asosiy qoidaning buzilishi bemor
statsionarga murojaatining birinchi soatlarida kerakli davo olmasdan,
reanimatsion holatga tushishiga sabab boiadi.
Shu nuqtayi nazardan biz ko‘krak ichi taranglashish sindromida
shoshilinch xirurgik yordam koisatish prinsipial xususiyatlarini
yoritishga harakat qildik. Hech shak-shubhasiz, ushbu sindrom
ko‘krak qafasi dekompressiyasi, adekvat nafas va yurak faoliyatini
liklashga yo‘naltirilgan shoshilinch tadbirlami talab qiladi.
1. 0 ‘pka taranglashga kistasi yoki bullasi (pufakcha) - kistani
yengillashtiruvchi punksiyasi:
- punksiya muvaffaqiyatsizligida va taranglashish kuchayib
borganda kistani Monaldi bo‘yicha drenajlash;
- drenaj langan kista orqali ko‘p bronxial oqimda- kistaga keluvchi
bronxning okklyuziyasi (bekitib qo‘yish), ahvoli mo‘tadillashgach radikal operatsiya.
2. Tug‘ma o‘tkir lobar emfizema - zararlangan bo‘lakni drenajlovchi bronx okklyuziyasi oldindan taranglashgan bo‘lakni
ko‘psonli igna bilan punksiya qilish bilan birga, shoshilinch bronxoskopiya va lobektomiya.
3. Taranglashgan pnevmo-, pio-, piopnevmotoraks - plevra
bo‘shlig‘ini shoshilinch yengillashtiruvchi punksiyasi keyinchalik
drenajlash va Byullau bo‘yicha passiv aspiratsiya bilan yiringliseptik jarayonni jadal davolash. Destruksiya o‘choqlari topilganda
bronxoskopik sanatsiya, drenaj lanuvchi bronx okklyuziyasini
Moraldi bo‘yicha drenajlash. Yiringli-septik jarayonni davolashning
muvaffaqiyatsizligida - plevra bo‘shlig‘ini ikki tomonlama
drenajlash, doimiy lavaj (yuvish) maqsadida.
4. Taranglashgan gemotoraks - plevra bo‘shlig‘i punksiyasi va
drenajlash faol aspiratsiyaga ulash bilan gemostatik va antibakterial
davolash;
5. Massiv bronxoplevral oqma - plevra bo‘shlig‘ini drenajlash
faol aspiratsiyaga ulash bilan, «o‘g‘irlash» sindromi yuzaga
kelganda, Byullau bo‘yicha passiv drenajlashga o‘tkazish va tegishli
bronx okklyuziyasi, antibakterial terapiya;
6. Atelektatik sindrom - traxeobronxial daraxt bronxoskopik
sanatsiya, yot jism va tiqilib turgan moddalami (yiring, quyuq shilliq)
olib tashlash, o‘pka ichiga antibiotiklar yuborish, intubatsiya qilish
imkoniyati bo‘lmaganda - punksion yoki operativ traxeostomiya.
7. Mediastinal taranglashish sindromi - shoshilinch suprayugulyar mediastinotomiya va oldingi ko‘ks oralig‘ini drenajlash,
yiringli-septik jarayonni jadal davolash. Pnevmo-, piopnevmotoraksni istisno qilish uchun rentgen-nazorat shart. Perikardial
taranglashishda - Larreya nuqtasida perikard punksiyasi, yiring
bo‘lganda - perikard bo‘shlig‘ini drenajlash va tozalash, yiringliseptik jarayonni jadal davolash.
Keltirilgan MTSni davolash sxemasi ma’lum darajada shartli
va barcha darajadagi bolalar xirurgiya bolimlarida qat’iy me’yor
maqomini talab qilmaydi. Shu bilan birga, yuqorida keltirilgan
sindrom bo‘yicha tashxislash va hartomonlama jadal davolash
fonida shoshilinch xirurgik yordam ko‘rsatish qaytmas holatlar
sonini kamaytirib, bola hayotiga xavf soluvchi asoratlami baratarf
etishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |