0 ‘tkir appenditsit - tezkor xirurgik muolaja o‘tkazish
zarur boigan kasallik boiib, bolalar orasida keng tarqalgan.
A.F. Dronovning (2008) ma’lumotiga k o la «bolalarda barcha
qorin bo‘shlig‘ida olkaziladigan tezkor operatsiyalar orasida ap~
pendektomiya 75 %ni tashkil qiladi». Bolalarda kattalarga nisbatan
chuvalchangsimon o‘simtaning yalligianishi juda tez yuzaga keladi
va peritonit bilan asoratlangan destruktiv shakllari ko‘p uchraydi.
Bola organizmining anatomo-fiziologik xususiyatlari kasallikning
kechishi, semiotikasiga katta ta’sir oikazgan holda klinik belgilari
butunlay kattalardan farq qiladi. Kattalar o‘z kasalligi oikir
appenditsit ekanligini o‘zi aniqlay oladi, bolalar esa aniqlay olmaydi.
Etiologiya va patogenezi. Yuzlab ilmiy izlanishlar olib borilishiga
qararnasdan oikir appenditsit etiologiyasi va patogenezi hozirga
qadar mavxurn boiib qolmoqda. Morfologik ilmiy izlanishlarshuni isbotladiki, chuvalchangsimon o‘simtaning yallig‘lanishi
Imkteriyalaming shilliq parda, shilliq parda osti va mushak qavatlariga
oHishi natijasida rivojlanadi. Ko‘pchilik mualliflarning fikri bo‘yicha
<> simta bo‘shlig‘idagi tiqilgan fekalitlar (axlat toshlari), gelmintlar
to‘plami va shartli patogen mikroorganizmlarning aktivlashishi
yallig‘lanishning boshlang‘ich mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi.
Natijada yuzaga keladigan о‘simta devoridagi shish, leykositlar
mliltratsiyasi, limfatik follikulalarning giperplaziyasi, o‘simta
l)o‘shlig‘ining butunlay tutilishi, о‘simta devorida qon va limfa
luirakatining pasayishi, tutqich to‘qimasining shishi, ishemiya va
Irombozga olib keladi. Bu o‘zgarishlar oxir-oqibat о‘simta devorida
destruktiv jarayon (o‘simta bo‘shlig‘ida yiring to‘planishi, devorida
nekroz va perforatsiya) yuzaga kelishiga olib keladi.
Appenditsit klassifikatsiyasi. 0 ‘tkir appenditsitning juda
ko‘p klinik-morfologik klassifikatsiyalari mavjud. Ammo klinik
amaliyotda ikki guruh morfologik o‘zgarishlar tafovut qilinadi.
1. Chuvalchangsimon o‘simtada nodestruktiv o‘zgarishlar (oddiy
yoki katarral shakl, surunkali appenditsit yoki surunkali appenditsit
xuruji)
2. Destruktiv shakl (flegmonali, gangrenali, gangrenali-perforativ).
Diagnostik qiyinchiliklar oddiy va surunkali shakllarda namoyon
hoMadi. Bu shakllar ba’zi noxirurgik kasalliklarga o‘xshash kechadi
(ichak infeksiyalari, abdominal sindrom bilan o'tuvchi respiratorvirusli kasalliklar, mezoadenitlar va boshqalar).
0 ‘tkir appenditsit klinikasi va diagnostikasi. 0 ‘tkir appenditsitning klinikasi bolalarda umumiy ajralib turuvchi alomatlaming
mahalliy alomatlardan ustunligi bilan ta’riflanadi va ko‘p jihatdan
bolaning yoshi, o‘simtaning anatomik joylashishi hamda bola
organizmining reaktivligiga bogiiq bo‘ladi. Bu xususiyatning
usosida bola organizmining toiiq yetilmaganligi, jumladan,
markaziy va vegetativ asab tizimining yetilmaganligi yotadi.
Holalar, ayniqsa, 3 yoshga yetmagan bolalar og‘riq joyini ko‘rsata
olmaydi, og‘riq kuchi va xususiyatini ayta olmaydi. Agar katta yoshli
humorlar shikoyatini eshitib, anamnezini batafsil yig‘ilsa, ishonch
bilan dastlabki diagnoz qo‘ysa boiadi. Boiajak operatsiyadan
havotirda boigan bemor bolalarning ota-onalari esa savollarga
«aralash-quralash» javob berishlari, vrachdan shu javoblar ichidan
keraklilarini ajratib olish va qo‘shimcha savollar bilan maqsadga
erishish talab qilinadi. Kasallik anamnezini yigish mobaynida,
vujudga keladigan qiyinchiliklar qatorida, kasallik obyektiv
belgilarini aniqlashda ham murakkabliklar yuzaga keladi. Bu bemor
bola bilan muloqotning qiyinligi, vrachning malakasi, tekshirish
usulini yaxshi o‘zlashtirganligi va boshqa omillarga bogiiq. О‘tkir
appenditsit diagnozini qo‘yishda, bu omillarning ta’siri, ayniqsa, 3
yoshgacha boigan bolalarda namoyon boiadi.
Yuqorida qayd qilinganidek qorin bo‘shlig‘i o‘tkir xirurgik
kasalliklariga xos boigan uch asosiy alomat oikir appenditsitga
ham xosdir: og‘riq, qayt qilish va ichak faoliyatining buzilishi.
Tana haroratining subfebril va undan yuqori koiarilishi, kichik
va maktab yoshigacha boigan bolalarga xosdir. Og‘riq vaqtivaqti bilan kuchayuvchi doimiy xususiyatga ega boiadi. Ba’zida
bolalar ma’lum joydagi qattiq og‘riqqa shikoyat qiladilar, to‘shakda
majburiy - o‘ng tomonga yonboshlagan, oyoqlarini tizza va bo‘ksa
bo‘g‘imlarida bukkan holatni ma’qul ko‘radilar. Yoshi katta bolalar
ba’zida og‘riq qorinning o‘ng tarafi yoki o‘ng yonboshi sohalarida
ekanligini ko‘rsatadi. Og‘riq sohasi va xususiyati chuvalchangsimon
o‘simtaning anatomik joylashishiga bogiiq. Masalan, o‘simta
chanoq sohasida joylashganda, bolalar qorinning pastki sohalaridagi
og‘riqdan shikoyat qiladi. Bunda «tupuksimon» ich ketishi hamda
tenezm (og‘riqli soxta qistash) kuzatiladi. Retrostekal joylashganda
esa og‘riq intensiv xarakterga ega boimaydi.
Bir yoki ikki marta beixtiyor qayt qilish oikir appenditsitga
xos. Faqat kichik yoshdagi (3 yoshgacha) bolalarda qayt qilish
ko‘p marotaba bolishi mumkin. Ichak faoliyatining buzilishi ham
bolaning yoshiga qarab o‘zgaruvchan boiadi. Agar katta yoshdagi
bolalarda qabziyat ko‘p kuzatilsa, kichik yoshdagi bolalarda bir yoki
ikki marotaba ich ketishi (diareya) kuzatilishi mumkin. Qayt qilish va
ichak faoliyatining buzilishi ko‘pjihatdan qorin pardayalliglanishiga
(qitiqlanishiga) bogiiq. Shu narsani esda tutish kerakki, ota-onalar,
ko‘pincha bola ahvolini yengillashtirish maqsadida, tana haroratini
koiarilganda, bezovtaligini nazarda tutgan holda, «o‘zbilarmonlik»
bilan og‘riq qoldimvchi, tana haroratini tushiruvchi spazmolitik doridarmonlami qo‘llaydilar. Bu esa yuqorida qayd etilgan alomatlami
pasaytirishga va tashxis belgilashda xatoliklarga yo‘l qo‘vilishiga
olib kelishi mumkin.
O ikir appenditsit kasalligini aniqlash maqsadida qorinni
tekshirishda 30 dan ziyod alomatlar ko‘rsatilgan. Ammo bolalar
xirurgi uchun uchta alomat asosiy bo‘lib qoladi: qovurg‘a bilan qorin
sohasini paypaslab ko‘rilgandagi lokal og‘riq (Filatov simptomi) (1),
qorinning o‘ng bo‘lagidagi himoya (sust) taranglashuvi (2) va qorin
pardasining ta’sirlanishi (Shetkin-Blyumberg simptomi) (3). Qolgan
barcha alomatlar bolalarda aniqlanishi qiyin hamda ikkinchi darajali
ahamiyatga ega usullar hisoblanadi.
Qorinni tekshirish bola nafas olguncha bir o‘ng, bir chap tarafini
ikki qo‘llab (yuzaki) paypaslashdanboshlanadi. Bunda paypaslashni
qovurg‘a osti sohasidan boshlab pastga ikkala yonbosh sohalariga
yo‘naltiriladi. Bu usul nafaqat og‘riq sohasini, balki mushaklaming
qattiq taranglashuvini oikir appenditsitga xos yumshoq
taranglashuvidan farqlashga imkon beradi. Xirurglar tomonidan keng
qo‘llaniladigan yana bir usul ustida to‘xtab oiamiz. Paypaslash chap
yonbosh sohasidan boshlanib, soat strelkasiga qarama-qarshi yo‘g‘on
ichak yo‘nalishi bo‘ylab qadam-baqadam paypaslab boriladi. 0 ‘ng
yonbosh sohasiga yotganda, bola ogiiqdan shikoyat qila boshlaydi,
q o i esa shu sohada mushak taranglashganini sezadi. Mushaklar
tarangligi mavjudligi aniq boim asa (o‘simtaning retrostekal,
noodatiy joylashuvi), «nuqtali» perkussiyadan foydalaniladi. Bunda
vertikal joylashtirilgan ko‘rsatkich barmoq ustida qorinning har xil
nuqtalari sohasida perkussiya oikaziladi.
Pirovardida, qorin parda ta’sirlanishini (Shetkin-Blyumberg
simptomini) aniqlanadi. Bu quyidagicha bajariladi. Qorin devori
133
sekin-asta bosib boriladi va tezda tortib olinadi. Shetkin-Blyumberg
simptomining ijobiyligi, q o i tortib olinganda, bola qattiq og‘riq
paydo bo‘lganligini aytadi.
Chuvolchangsimon o‘simtaning tos sohasida joylashuvi,
appendikulyar infiltrat, abssess va ginekologik kasalliklarini
aniqlashda barmoq yordamida rektal (to‘g'ri ichak) ikki qoilab
tekshirish usuli katta ahamiyat kasb etadi.
Diagnoz qo‘yishda gumon, ikkilanish vujudga kelgan hollarda
(lokal og‘riqning bo‘lmasligi, muskul tarangligining gumonli
bo‘lishi, qorin parda ta’sirlanishining aniqlanmasligi), ammo qorinda
aniq bolmagan og‘riqning saqlanib turishida, diagnostik xatoga
yo‘l qo‘ymaslik maqsadida statsionar sharoitida qat’iy kuzatuv olib
borish shart.
Organizmda yalligianishjarayoni mavjudligini aniqlashda qonni
laborator tekshirish maium ahamiyatga egadir. Qonda leykositlar
sonining qismanko‘tarilishi (12-17x 10/9/1.), leykositlar formulasining
biroz chapga siljishi 50-60 % hollarda oikir appenditsitga xosdir.
EChT (eritrotsitlar cho‘kishining tezligi) oshishi bilan giperleykositoz
faqat 5-7 % hollarda uchraydi. Boshqa hollarda leykositlar soni
o‘zgarmagan, ba’zida esa kamayishi ham mumkin.
O ikir appenditsit diagnozini aniq qo‘yishda, qo‘shimcha
tekshiruv usullaridan, jumladan, elektrotermometriya, teplovideniye,
elektromiografiya, UTT, KT, MRT va laparoskopiya usullaridan
foydalanish mumkin. Yuqorida qayd etilgan 3 tekshiruv usuli
qorin bo‘shlig‘idagi umumiy yalligianish jarayonini ko‘rsatib,
lokal o‘zgarishlar ishonchliligi past darajada ekanligi bois hozirgi
paytda keng miqyosda qoilanilmayapti. KT va MRT tekshiruv
usullari qimmat boiish bilan birga, lokal o‘zagarishlar va ularning
xarakterini to‘g‘ri talqin qilib bera olmaydi. Doppler rangli tasviri
bilan oikaziladigan UTT usuli e’tiborga loyiqdir. Usulning
ishonchliligi va o‘ziga xosligi, albatta, shu sohani yaxshi egallagan
shifokor tomonidan qoilanilsa 80 %ni tashkil qiladi Oxirgi o‘n yilliklarda laparoskopik usul nafaqat diagnostikada, balki o‘tkir appenditsitni davolashda ham keng ko‘lamda qoilanilmoqda. Laparoskopiya operatsiyagacha boigan davr
mobaynida chuvalchangsimon o‘simtani ko‘z bilan ko‘rish va uning
morfologik tuzilishiga baho berishga imkon yaratuvchi yagona usul
hisoblanadi, A.F. Dronovning (2005) ta’biricha, laparoskopiyani
qoilash 40 % asossiz appendektomiya oikazishni kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |