Tashxisi. Bemor anamneziga va kasallikning klinik manzarasiga
alohida e’tibor beriladi. Ultratovush tekshirishda siydik nayining
pastki 1/3 qismini exoskanerlash qilinganda exopozitiv soya beruvchi
toshni va kengaygan stydik nayini aniqlash mumkin (5.5-rasm).
Tasviriy urogrammada toshning turgan joyi, kattaligi hamda shakli,
ckskretor urogrammada esa vujudga kelgan asorat (gidronefroz,
ureterogidronefroz) lar ham aniqlanadi.
Davosi. Odatda, konservativ davolashdan boshlanadi. Og‘riqni
qoldirish maqsadida spazmolitikalar, analgetiklar, sedativ va
antigistamin moddalar bemoming yoshiga mos miqdorda yuboriladi.
Agar tosh ureteraning yuqori qismida bo‘lsa, umumiy vanna, o‘rta
va pastki qismlarida joylashgan taqdirda belga va qoringa blokada
ham juda yaxshi yordam beradi. Bu tadbirlar og‘riqni yo‘qotadi.
Keyingi davolash tadbirlari toshning siydik nayidan erkin chiqishini
ta’minlashga qaratiladi. Siydik nayining silliq mushaklarini
bo^shashtiruvchi va siydik haydovchi dorilar belgilanib, jismoniy
harakatlar kuchaytiriladi. Albatta, bu usullar toshning o‘lchamiga
mos ravishda, ya’ni uning qovuqqa tushishiga ishonch bo‘lgan
taqdirda o‘tkaziladi. Konservativ davolash usullari yordam
bermagan taqdirda tosh sistoskopiya va Dormiya tuguni yordamida
olib tashlash mumkin. Ureterolitotomiya. Yuqori siydik nayiga operativ kesrna tanlash
toshning joylashgan o‘rniga bog‘liq. Asosan uch guruhga bo‘linadi:
qorin parda sirtidan, qorin parda ichidan, kombinatsiyalangan.
Siydik nayining yuqorisidagi toshni olish uchun Fedorov bo‘yicha
ko‘ndalang-qiyshiq lyumbotomiya qilinadi. 0 ‘rta qismidagisi esa
qiyshiq pararektal qirqiladi. Pastki qismida joylashgan toshni olib
tashlash uchun yonbosh sohasidagi Pirogov tirqishidan foydalaniladi.
Qorin pardaning orqa tarafi ochilgandan keyin siydik nayi va tosh
turgan joy topiladi. Tosh siljimasligi uchun uning yuqorisidan
turniket o‘tkaziladi va toshning ustidan siydik nayi uzunasiga
kesiladi hamda tosh olib tashlanadi. Toshning olib tashlangan joyi
228
novokain hamda furasillin bilan obdon yuviladi. So‘ngra siydik
nayining qovuq tomon o‘tkazuvchanligi tekshiriladi va siydik
nayining jarohati shilliq qavatlarini chokka olmasdan ketgut bilan
tikiladi. Jarohat joyiga rezina naycha keltiriladi va qorin old devori
jarohati qavatma-qavat tikiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |