Ma'ruza konstitutsiya doc


O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalari



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/99
Sana30.12.2021
Hajmi0,79 Mb.
#97280
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   99
Bog'liq
ozbekiston konstitutsiyasi

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalari 
Konstitutsiya jamiyatda amalda bo’lgan barcha qonunlarni bir maqsad, bir g`oya, 
bir  tartibga  buysindiradigan  yagona  umumdavlat  miqyosidagi  asosiy  qonundir. 
Konstitutsiya qonunlarning huquqiy bazasi hisoblanadi.  
Konstitutsiyada  mustahkamlangan normalar  O`zbekiston davlati konstitutsiyaviy 
tuzumining  asoslarini,  inson  va  fuqarolarning  asosiy  huquqlari,  erkinliklari  va 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
10 
burchlarini, fuqarolik jamiyatining tarkibiy qismlarini, O`zbekiston Respublikasi davlat 
tuzilishini, davlat hokimiyati va mahalliy o`zini o`zi boshqarish tizimini belgilab beradi. 
Konstitutsiya  normalari  hamisha  ustuvorlik  va  ta'sis  kuchiga  egadir.  Konstitutsiya 
normalari  mazmuni  talablariga  mos  va  to`la  muvofiq  asosda  qonunlar  ishlab  chiqilib, 
amalga  kiritiladi.  Konstitutsiyaviy  normalarga  bevosita  amal  qilib  turgan  huquq  deb 
qaralishi  mumkin.  Konstitutsiya  (III-bobi)da  konstitutsiyaviy  normalarning  to`g`ridan-
to`g`ri amal qilishiga oid qoida mustahkamlab qo`yilgan. Konstitutsiyaviy normalarning 
to`g`ridan-to`g`ri amal qilishi tushunchasi qonun yaratish, ijro etish va huquqni qo`llash 
jihatlarini  qamrab  oladi.  Hamda  Konstitutsiya  normalarini  ijro  etish  uchun  normativ 
hujjatlar  chiqarilishini  anglatadi.  Normativ  hujjatlarni  shajara  deb  tasavvur  etsak,  shu 
shajara  tepasida  Konstitutsiya  turadi.  Konstitutsiyaviy  normalar  an'anaviy  huquq 
mezonlariga  nisbatan  eng  asosiy  norma,  qonunni  sharhlash  va  qo`llash  vositasi 
hisoblanadi.  Ijtimoiy  turmush  barcha  sohalarining  tartibga  solib  turilishida  va  hayotda 
qonun  ustuvorligi  qaror  topishida  qabul  qilingan  qonunlar  yoki  boshqa  normativ  - 
huquqiy hujjatlarning Konstitutsiya normalariga o`zaro muvofiqligi muhim ahamiyatga 
ega.  Bu  tamoyil  qabul  qilinadigan  qonun  hujjatlari  Konstitutsiya  normalariga  to`la  va 
aniq mos kelishi zarurligini bildiradi. Shu bilan birga Konstitutsiyada mustahkamlangan 
normalar  inson,  jamiyat  va  davlat  manfaatlariga  ziyon  keltiradigan  tarzda  talqin 
qilinmasligi lozim. Shu bois Konstitutsiyaning 16-moddasida bu ikkala muhim  masala 
mustahkamlab qo`yilgan. Bu moddaga ko`ra, «Mazkur Konstitutsiyaning birorta qoidasi 
O`zbekiston  Respublikasi  huquq  va  manfaatlariga  zarar  yetkazadigan  tarzda  talqin 
etilishi  mumkin  emas.  Birorta  ham  qonun  yoki  boshqa  normativ-huquqiy  hujjat 
Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas» Konstitutsiya asosida 
qabul  qilingan  qonunchilik  hujjatlarini  yo`nalishiga  qarab  4  ta  turkumga  ajratish 
mumkin.  Birinchisi-davlatchiligimizni  mustahkamlashga  va  davlat  tuzilmalarini 
takomillashtirishga  qaratilgan  hujjatlar,  ikkinchisi-iqtisodiy  islohotlarni  amalga 
oshirishning  huquqiy  negizini  tashkil  etadigan  qonunlar,  uchinchisi-jamiyat  siyosiy 
tizimini  erkinlashtirish  va  demokratlashtirish,  inson  huquq  va  erkinliklarini  himoya 
qilish  huquqiy  asoslarini  belgilovchi  qonunlar,  to`rtinchisi-xalqaro  huquq  sub'ekti 
sifatida O`zbekistonning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga soladigan 
qonunlardir.  Konstitutsiya  O`zbekistonning  erkin  taraqqiyotini  huquqiy  jihatdan  to`la 
ta'minlaydi.  Shu  bilan  birga  butun  qonunchilik  va  qonunni  ijod  qilish  jarayonining, 
demokratiya va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning huquqiy manbai bo`lib xizmat qiladi. 
Mustaqil  O`zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  mustahkamlangan  norma  va 
tamoyillar demokratiya va huquqshunoslikning eng zamonaviy talablariga javob beradi. 
Bu  esa  jamiyatimizning  hayotiy  amaliyoti  bilan  tasdiqlanmoqda.  Ayni  vaqtda, 
O`zbekistonning  Asosiy  qonuni  teran  tarixiy  ildizlarga,  milliy  an'analar  va  o`zbek 
xalqining siyosiy-huquqiy madaniyatiga tayanadi.  
 O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiya haqida. 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Islom 
Karimov 
uz 
asarlarida 
Konstitutsiyaning  mazmun  va  mohiyatiga,  uning  davlat  mustaqilligini  va  inson 
huquqlarini  mustahkamlashdagi  ahamiyatiga  alouida tuxtalib, unga sermazmun  va ifo-
dali  tarzda  baho  bergan.  Yurtboshimizning  «Konstitutsiya  bizga  inson  huquqlari, 
ozodlik,  barqarorlik  va  taraqqiyot  majmuini  ifodalaydigan  demokratik,  huquqiy  va 
adolatli davlatni qanday qilib qurish yo`llarini ochib beradi» degan so`zlari hayotda o`z 
ifodasini  topmoqda.  Konstitutsiyaga  berilgan  bu  purma'no  baho  Mustaqillik  Qomusi 
kelajagi  buyuk  O`zbekiston  davlatini bunyod  etishning  huquqiy  kafolati  bo`lishligidan 
dalolat beradi. Prezidentimiz Konstitutsiya haqida to`xtalar ekan, shunday deydi:-«Har 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
11 
qanday  davlatning  yuzi,  obro`-e'tibori  uning  Konstitutsiyasi  hisoblanadi.  Zotan, 
Konstitutsiya  davlatni  davlat,  millatni  millat  sifatida  dunyoga  tanitadigan 
Qomusnomadir».  Konstitutsiyasi  inson  manfaatlarini  himoya  qiluvchi  yuksak 
tayanchdir.  Bosh  Qomus  fuqarolarimizning  uaq-huquqlarini  himoya  etishda  asosiy 
mezondir.  
Ya'ni  Konstitutsiya  odamlarning  Bosh  himoyachisidir.  Unda  inson  ulug` 
maqomga  ega.  Shu  bois  Prezidentimiz  «Inson  suzi  Ona,  Vatan  degan  kalomlar  kabi 
muqaddasdir. Bu muqaddaslikni, inson erkining daxlsizligini mustaukam qonunlarimiz 
himoya  qilishi  kerak»  degan  edi.  Konstitutsiyamiz  va  uning  asosida  qabul  qilingan 
qonunlar uam ana shu ezgu maqsadga yunaltirilgan. Chunki yurtboshimiz iborasi bilan 
aytganda:  «Aslida  inson  baxt  uchun,  dunyo  ne'matlaridan  bauramand  bulish  uchun 
tug`iladi».  Prezident  Islom  Karimov  O`zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  8 
yilligiga  bag`ishlangan  marosimda  suzlagan  nutqida  shunday  degan  edi:  «Demokratik 
O`zbekiston  Konstitusiyasida  esa  «uar  bir  shaxs  mulkdor  bulishga  uaqli»  ekani, 
O`zbekiston bozor munosabatlariga asoslanishi, uning negizini xilma-xil mulk shakllari 
tashkil  etishi,  barcha  mulk  shakllarini  teng  huquqqa  ega  ekaniga  kafolat  berildi. 
Ishbilarmonlik,  tadbirkorlik  va  tashabbuskorlik  uarakatiga  keng  yul  ochib  berildi  va 
mulkdorlar tabaqasini vujudga keltirish tamoyillari ishlab chiqildi». Konstitutsiyada uz 
aksini  topgan  va  mustaukamlangan  bu  qoidalar  jamiyatimizning  iqtisodiy  qudratini 
yanada oshirishda muhim auamiyat kasb etmoqda. 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish