1
O
O
’
’
Z
Z
B
B
E
E
K
K
I
I
S
S
T
T
O
O
N
N
R
R
E
E
S
S
P
P
U
U
B
B
L
L
I
I
K
K
A
A
S
S
I
I
O
O
L
L
I
I
Y
Y
V
V
A
A
O
O
’
’
R
R
T
T
A
A
M
M
A
A
X
X
S
S
U
U
S
S
T
T
A
A
’
’
L
L
I
I
M
M
V
V
A
A
Z
Z
I
I
R
R
L
L
I
I
G
G
I
I
O
O
’
’
R
R
T
T
A
A
M
M
A
A
X
X
S
S
U
U
S
S
K
K
A
A
S
S
B
B
-
-
H
H
U
U
N
N
A
A
R
R
T
T
A
A
’
’
L
L
I
I
M
M
I
I
M
M
A
A
R
R
K
K
A
A
Z
Z
I
I
«
O’ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI
»
fanidan
MA’RUZALAR MATNI
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
2
O’zbekiston Konstitutsiyasi fanining maqsad va vazifalari.
Reja:
1. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganish zarurligi.
2. Konstitutsiya va qonunlarni bilish muhimligi.
3. Konstitutsiya va qonunlarni bilish muhimligi.
4. O`quv kursining boshqa o`quv fanlari bilan aloqasi.
Tayanch iboralar:
Konstitutsiya, funksiya, Farmoyish, Konstitisiyaviy kafolat, burch, huquqiy ong
Adabiyotlar.
1. “O’zbekiston Respublikasi Kostitutsiyasi.” T. 2009 y.
2. O’zbekiston Respublikasining Sudlar to’g’risida”gi qonuni. Xalq so’zi. 2001
yil 13 fevral.
3. O’zbekiston Respublikasi “Prokrutura to’g’risida”gi qonun. 1992 yil 9-
dekabr. O’zbekiston yangi Qonunlari 7-soni T. “Adolat” 1993 yil.
4. I.A. Karimov “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda”. T. “O’zbekiston”. 1998
yil.
5. “O’zbekiston Respublikasini Vazirlar mahkamasi to’g’risida”gi qonun 1993
yil 6 may. O’zbekistonning yangi qonunlari 6-son. T. “Adolat” 1994 yil.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganish zarurligi.
O`zbek xalqi xotirasida XX asrning so`ngi o`n yilligidagi shonli tarixiy voqealar
abadiy muhrlanib qoladi. Aynan shu o`n yillikning boshlarida istiqlol sari qadam
qo`yildi. Ajdodlarimizning azaliy orzusi mustaqillik-o`z taqdirini o`zi belgilash huquqi
qo`lga kiritildi. Bu yillarda insonparvar, demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik
jamiyatini bunyod etish uchun zarur zamin yaratildi.
Yangi ming yillik boshi XXI asr-o`zbek xalqi uchun O`zbekistonni buyuk
davlatga aylantirish va inson huquqlari ustuvor bo`lgan farovon hayot qurish asri
bo`ladi. Bu borada jamiyat hayotining barcha sohalarida tub yangilanish va
bunyodkorlik ishlari keng ko`lamda izchil amalga oshirilmoqda.
Kelajagi buyuk O`zbekistonni yaratishga hissa qo`shish shu Vatan farzandlarining
zimmasiga ulkan mas'uliyat yuklaydi. Yuksak mas'uliyatni anglab, jamiyatda o`rnatilgan
tartib va intizomga amal qilib yashash huquqiy davlatga xos xususiyat hisoblanadi.
Shuni aytish kerakki, huquqiy davlat o`z-o`zidan bunyod bo`lmaydi. Buning uchun
hayotda Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi ta'minlanishi kerak. O`zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi asosida yuksak huquqiy ong va huquqiy madaniyat
bo`lishi, mas'uliyat va majburiyatni his qilib yashash tarzi qaror topishi zarur.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
3
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-oliy yuridik kuchga ega huquqiy hujjatdir.
Uning qabul qilinishi huquqiy tiklanish va taraqqiyot sari qadam bo`ldi. Mustaqillik
Konstitutsiyasi davlatimiz mustaqilligining ulkan ramzi bo`lib, unda o`z istiqlol va
taraqqiyot yo`limiz aks etadi. Uni kelgusi avlod erkinlik, mustaqillik, ozodlik va hurlik
tantanasi sifatida tarixda e'zoz-hurmat bilan tilga oladi. O`zbek xalqi ana shunday
ulug`vor Konstitutsiyaga munosib buyuk xalqdir. O`zbekiston Konstitutsiyasi xalq
hohish-irodasini ifoda etuvchi adolatli davlat, farovon jamiyat va erkin hayot qurish va
uni rivojlantirishning istiqbollarini belgilaydi. Unda inson hayoti, uning sha'ni, qadr-
qimmati, haq-huquqlari va manfaatlari oliy qadriyat sifatida mustahkamlab qo`yilgan.
Asosiy Qonunimizda belgilangan normalarning hayotda amaliy ifoda topishida o`sib
kelayotgan yosh avlodning Konstitutsiya va uning asosida qabul qilingan qonunlarning
mazmun-mohiyati to`g`risida huquqiy bilimga egaligi, huquqiy ongi va huquqiy
madaniyatning yuksakligi muhim rol o`ynaydi. Shuni hisobga olib davlatimiz ta'limning
barcha tizimlarida huquqiy ta'lim va tarbiyani yanada yaxshilashga ustuvor vazifa
sifatida alohida e'tibor berib kelmoqda. Huquqiy ta'limni rivojlantirish sohasida diqqatga
sazovor amaliy ishlar qilinmoqda. Biz qonun ustuvor bo`lgan jamiyat barpo
qilmoqchimiz. Qonun ustuvorligi-bu qonunga rioya etish hamma uchun majburiy
bo`lgan, uni buzishga aslo yo`l qo`yib bo`lmaydigan huquqiy hayotiy tartibdir. Shuning
uchun shu hayotiy tartibga o`zimizni tayyorlab va yetarli huquqiy bilimlarga ega bo`lib
borishimiz lozim. Shuni aytish kerakki, faqat huquqiy bilimli bo`lishning o`zi yetarli
emas, shu bilan birga egallagan bilimlarni hayotda qo`llay olish madaniyatini ham
o`zimizda tarbiyalab borishimiz kerak. Chunki huquqiy bilim va uni amalda qo`llash
madaniyati huquqiy-ma'naviy qiyofamizni ko`rsatuvchi mezondir. Konstitutsiyadagi
huquqiy g`oyalar istiqlol mafkurasida asosiy urinni egallaydi. Qonun jamiyat uayotida
uamma uchun yashash va uarakat qilish qoidasiga aylanar ekan, qonunga nisbatan
fuqarolarning munosabati qanday bulishi kerak? Qonunga uurmat, e'tiqodchi? degan
qator savollar kelib chiqadi. Konstitutsiyaning mazmun va mouiyatini urganish, undagi
ulug`vor g`oyalarni bilish, qonunga e'tibor va e'tiqod yuksak bulishini uayotning uzi
talab etadi.
Shuning uchun Konstitutsiya va qonunlar ustivorligini ta'minlashda istiqlol
mafkurasining tarkibiy qismi bo’lgan huquqiy mafkura muuim auamiyat kasb etadi.
Chunki odamlarni birlashtiruvchi va fikrlarni jamlaydigan qonunlarga murojaat etish
zarur bo’lganda, yuksak huquqiy madaniyatga eutiyoj kuchayganda, qonunlarga
buysunish zarurligini tushintiruvchi, huquqiy tizimni muuofaza qiluvchi, qonuniylik
talablarini tashviq va targ`ib qiluvchi huquqiy mafkura uar qanday davlat uchun
zarurdir. Bundan esa, oldimizda huquqiy mafkuraviy tarbiyalanganlik darajamiz
qanday? degan savol tug`iladi. Biz uzimizda huquqiy mafkuraviy souadagi
bilimlarimizni mustaukamlab borsak, uar qanday vaziyatda jamiyat manfaatiga zid
bo’lgan xatti-uarakatlarga va taudidlarga Konstitutsiya asosida bauo bera olamiz, kerak
bulsa kurasha olamiz va uzimizni himoya qilamiz. Shuning uchun huquqiy mafkuraning
asosiy uzagi uisoblangan Konstitutsiya qoidalari bizning e'tiqodimizga aylanishi lozim.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qadr-qimmatini hech narsa bilan o`lchab va
tenglashtirib bo`lmaydi. Chunki unda mutahkamlangan qoidalarda va ifodalangan
g`oyalar zamirida xalqning, millatning, qolaversa sizning huquq va erkinliklaringiz
mujassam. Uni aziz va muqaddas deb bilib, Konstitutsiyadagi qoidalar asosida yashash
Sizning kelgusi hayotingiz farovon bo`lishining asosidir. Sizlar O`zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganish naqadar muhim ekanligini anglab yetdingiz.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
4
O`ylaymizki Konstitutsiya Sizning hamrohingizga aylanadi va yashash tarzingizni
qurishda asosiy hayotiy qo`llanma bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |