Ma'ruza konstitutsiya doc


Sudyalar besh yil muddatga saylanadi yoki tayinlanadi



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/99
Sana30.12.2021
Hajmi0,79 Mb.
#97280
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   99
Bog'liq
ozbekiston konstitutsiyasi

Sudyalar besh yil muddatga saylanadi yoki tayinlanadi. 
O'zbekiston  Respublikasida  odil  sudlovni  amalga  oshirish  Konstitutsiyada 
ko'rsatilgan  huquqiy  davlatni  shakllantirishga  qaratilgan  demokratik  prinsiplarga 
asoslanadi. 
O'zbekiston  Respublikasida  odil  sudlov  faqat  sud  tomonidan  amalga  oshiriladi. 
Boshqa  hech  qanday  davlat  organi  fuqaroviy,  jinoiy  va  boshqa  ishlarni  ko'rish  va  hal 
qilish huquqiga ega emas. Bu qonunchilikni amalga oshirishni, fuqarolarning huquqlari 
va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta'minlaydi. 
«Sudlar  to'g'risida»gi  qonunga  asosan,  odil  sudlovni  amalga  oshirish  vazifasi 
faqat ma'lum huquqqa ega bo'lgan, o'z burchini professional asosda amalga oshiruvchi, 
huquqshunoslik ixtisosiga ega bo'lgan shaxsga topshiriladi. 
Ko'rsatilgan  qonunga  asosan,  O'zbekiston  Respublikasining  25  yoshga  to'lgan, 
oliy  yuridik  ma'lumotli,  huquq  ixtisosi  bo'yicha  kamida  uch  yillik  mehnat  stajiga  ega 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
103 
bo'lgan,  malaka  imtihonini  topshirgan  O'zbekiston  Respublikasi  fuqarosi  tumanlararo, 
tuman (shahar) sudi, xo'jalik sudi sudyasi bo'lib ishlashi mumkin.  
O'zbekiston  Respublikasining  oliy  yuridik  ma'lumotli,  huquq  ixtisosi  bo'yicha 
kamida besh yillik, jumladan, sudyalik lavozimida kamida ikki yillik mehnat stajiga ega 
bo'lgan  va  malaka  imtihonini  topshirgan  O'zbekiston  Respublikasi  fuqarosi 
Qoraqalpog'iston  Respublikasi  Oliy  sudi,  viloyat  sudi,  Toshkent  shahar  sudi, 
O'zbekiston Respublikasi harbiy sudining sudyasi bo'lishi mumkin. 
O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi,  Oliy  xo'jalik  sudi  sudyasi  bo'lib  saylanish 
uchun  oliy  yuridik  ma'lumotga  ega  bo'lish,  huquqshunoslik  ixtisosi  bo'yicha  kamida 
yetti  yillik,  shu  jumladan,  qoida  tariqasida  sudya  bo'lib  kamida  besh  yillik  mehnat 
stajiga ega bo'lish va malaka imtihonini topshirgan bo'lish talab etiladi.  
Sudyalar siyosiy partiyalar va harakatlarning a'zosi bo'lishlari hamda boshqa haq 
to'lanadigan lavozimni egallashlari mumkin emas. 
Odil  sudlovni  amalga  oshirish  prinsiplaridan  yana  biri  sudyalarning 
mustaqilligidir.  O'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  112-moddasi  va  «Sudlar 
to'g'risida»gi  qonunning  4-moddasiga  asosan,  sudyalar  mustaqil  bo'lib,  faqat  qonunga 
bo'ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-
bir  tarzda  aralashishga  yo'l  qo'yilmaydi  va  bunday  aralashish  qonunga  muvofiq 
javobgarlikka  sabab  bo'ladi.  Sud  hokimiyati  qonun  chiqaruvchi  va  ijro  etuvchi 
hokimiyatlardan,  siyosiy  partiyalardan  va  boshqa  jamoat  birlashmalaridan  mustaqil 
holda ish yuritadi.  
Sudlar  to'g'risidagi  qonunda  sudyalarning  mustaqilligini  ta'minlash  kafolatlari 
ko'rsatilgan. Bu kafolatlar quyidagilardan iborat: ularni qonun bilan belgilangan tartibda 
saylash, tayinlash va ozod qilish; sudyalar daxlsizligi; odil sudlov qat'iy tartibda amalga 
oshirilishi;  qaror  chiqarish  chog'ida  sudyalar  maslahatining  sir  tutilishi  va  uni  oshkor 
qilishni  talab  etishning  taqiqlanishi;  sudga  hurmatsizlik  yoki  muayyan  ishlarni  hal 
qilishga  aralashish;  sudyalar  daxlsizligini  buzganlik  uchun  javobgarlik;  sudyaga  uning 
oliy  maqomiga  munosib  ravishda  davlat  hisobidan  moddiy  va  ijtimoiy  ta'minot 
belgilash. 
O'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  va  «Sudlar  to'g'risida»gi  qonunda 
sudyalarning  mustaqilligini  ta'minlash  maqsadida  sudyaning  shaxsiy  daxlsizligi 
mustahkamlanadi.  Daxlsizlik  sudyaga  g'ayriqonuniy  ta'sir  etishdan  saqlaydi,  odil 
sudlovni amalga oshirayotganida uning huquqlarini cheklashga imkon bermaydi. Qonun 
moddasidagi  bu  talab  sudyaning  turar  joyi,  xizmat  xonasi,  uning  transport  va  aloqa 
vositalari, xat-xabarlari, buyum va hujjatlariga ham taalluqlidir. 
Qonunda  sudyaning  shaxsiy  xavfsizligini  saqlash  choralari  ham  ko'rsatilgan. 
Masalan,  sudyaga  nisbatan  jinoyat  ishi  faqat  O'zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokurori 
tomonidangina ko'zg'atilishi mumkin. Sudya, tegishlicha, O'zbekiston Respublikasi Oliy 
sudi  Plenumining,  Oliy  xo'jalik  sudi  Plenumining  roziligisiz  jinoiy  javobgarlikka 
tortilishi, hibsga olinishi mumkin emas. 
Qonunda sudya vakolatlarining to'xtatilish va tugatilish tartibi, vaziyatlari, ularni 
jinoiy va ma'muriy javobgarlikka tortishning o'ziga xos tartibi ko'rsatilgan.  
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi sud hokimiyatini amalga oshirishni 
ta'minlaydigan bir necha prinsiplarni mustahkamlagan. 
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan, hamma sudlarda ishlar ochiq 
ko'riladi.  Sudlarda  fuqarolik  va  jinoyat  ishlarini  oshkora  muhokama  qilish  prinsipi 
barcha jinoyat va fuqarolik ishiga taalluqlidir. Bu prinsip fuqarolik yoki jinoyat ishlarida 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
104 
taraf  sifatida  ishtirok  etmagan  fuqarolar  uchun  u  yoki  bu  sud  ishini  sud  tomonidan 
muhokama qilish paytida ishtirok qilish imkoniyatini ta'minlab beradi. 
Ishlarni  yopiq  majlisda  tinglashga  qonunda  belgilangan  hollardagina  yo'l 
qo'yiladi,  masalan,  sud  muhokamasida  davlat  yoki  tijorat  sirlarini  oshkor  qilish  xavfi 
mavjud bo'lsa yoki jinoyat ishi jinsiy jinoyat bilan aloqador bo'lsa, yopiq sud majlisiga, 
sudning ajrimiga ko'ra, 18 yoshga yetmagan shaxslar taklif qilinmaydi. Sudning hukmi 
yoki qarori barcha hollarda ochiq sud majlisida e'lon qilinadi. 
Sud faoliyatining oshkoraligini ta'minlashda ommaviy axborot vositalarining o'rni 
katta  bo'lganligi  sababli,  sudyalar  sud  jarayoniga  ommaviy  axborot  vositalari 
xodimlarini,  jamoat  tashkilotlari  va  mehnat  jamoalari  vakillarini  taklif  qilishlari 
mumkin.  Bundan  tashqari,  oshkora  sud  majlislarini  bevosita  korxona,  muassasa  va 
tashkilotlarda ham o'tkazish mumkin. 
Odil  sudlovni  amalga  oshirishda  til  to'g'risidagi  konstitutsiyaviy  prinsip  katta 
ahamiyatga  ega.  O'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  115-moddasiga  binoan, 
O'zbekistonda  sud  ishlarini  yuritish  o'zbek  tilida,  qoraqalpoq  tilida  yoki  muayyan 
joydagi  ko'pchilik  aholi  so'zlashadigan  tilda  olib  boriladi.  Sud  ishlari  olib  borayotgan 
tilni  bilmaydigan  sud  ishtirokchilarining  tarjimon  orqali  ish  materiallari  bilan  to'la 
tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so'zlash huquqi 
ta'minlanadi. 
O'zbekiston  Respublikasi  jinoyat  protsessual  kodeksida  ko'rsatilishicha, 
ayblanuvchiga,  sudlanuvchiga  yoki  muhokamada  ishtirok  etuvchi  boshqa  shaxslarga 
taqdim  etilishi  lozim  bo'lgan  tergov  va  sud  hujjatlari,  ularning  ona  tiliga  yoki  ular 
biladigan  boshqa  tilga  tarjima  qilib  berilishi  lozim.  Sudlarda  milliy  tilni  yuritish 
masalasining  bunday  hal  qilinishi  sudda  ishtirok  etayotgan  barcha  shaxslar  uchun 
tushunarli  bo'ladi,  boshqa  tomondan  esa,  ayblanuvchi  va  jabrlanuvchiga  protsessning 
tegishli  harakatlarida  ishtirok  etishda  o'zlarining  huquqlarini  amalga  oshirib,  o'z 
manfaatlarini  himoya  qilish  imkoniyatlarini  yaratib  beradi.  Sud  jarayonida  ushbu 
prinsipning  buzilishi  ish  bo'yicha  qabul  qilingan  sud  qarorining  bekor  qilinishiga  olib 
keladi. 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish