O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida Konstitutsiyaviy sud organini
tashkil etilishi ko'rsatilgan. 1990-yil mart oyida tuzilgan O'zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy nazorat qo'mitasiga O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori
bilan, Konstitutsiyaviy sud saylanguncha uning vazifasini bajarish vazifasi yuklatildi.
Konstitutsiyaviy nazorat qo'mitasining vazifasi Oliy Kengash qabul qilgan qonunlar va
boshqa huquqiy hujjatlarning, shuningdek, Respublika Oliy Kengashi muhokamasiga
kiritilgan qonunlar va boshqa hujjatlarning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga
qay darajada muvofiq kelishini aniqlashdan iborat edi.
O'zbekiston Respublikasining Konstltutsiyaviy sudining tarkibi 1994-yilda Oliy
Majlisga saylov o'tgandan so'ng, Prezidentning taklifiga muvofiq, Oliy Majlis
sessiyasida besh kishidan iborat tarkibda saylandi.
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi respublikada konstitutsiyaviy
nazorat olib boruvchi oliy sud organidir. Konstitutsiyaviy sudning vakolati, uning
tuzilish va faoliyat tartibi, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 108-moddasi va
1995-yil 30-avgustda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi
to'g'risida»gi qonun bilan belgilanadi. Bu qonunlarga asosan Konstitutsiyaviy sud
O'zbekiston hududida Konstitutsiya ustunligini ta'minlash maqsadida quyidagi
vazifalarni bajaradi:
- qonunlarning va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan boshqa
hujjatlarning, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, Hukumat
qarorlarining va davlat hokimiyati mahalliy organlari qarorlarining, O'zbekiston
Respublikasi davlatlararo shartnomalarning va boshqa majburiyatlarning O'zbekiston
Respublikasiga mosligini aniqlaydi;
- Qoraqalpog'iston Respublikasining Konstitutsiyasi O'zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga,
Qoraqalpog'iston
Respublikasining
qonunlari
O'zbekiston
Respublikasi qonunlariga muvofiqligi to'g'risida xulosa beradi;
- O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarning normalariga sharh
beradi;
- O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlar bilan berilgan doiradagi
boshqa ishlarni ham ko'rib chiqadi.
Konstitutsiya va qonunda Konstitutsiyaviy sud ish faoliyatining asosiy prinsiplari
ko'rsatilgan. Bular O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga sodiqlik, sudyalar
mustaqilligi, kollegiallik, oshkoralik va sudyalar huquqlarining tengligidir.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining qarorlari, xulosalari va
boshqa to'xtamlari ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinadi va ular matbuotda e'lon
qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi. Konstitutsiyaviy sudning to'xtami qat'iy va
uning ustidan shikoyatga o'rin bo'lmaydi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
106
Do'stlaringiz bilan baham: |