Inson huquqlari va erkinliklari kafolatlari to`g`risidagi Konstitutsiyaviy
qoidalar
O`zbekiston jahonning taraqqiy etgan va demokratiya yulidan borayotgan
davlatlar tajribalaridan kelib chiqib, umum e'tirof etilgan xalqaro huquq normalari
talablarini tan olib, qonunchilikning bu tarmog`ida aktiv faoliyat olib bormoqda.
Respublikamiz taraqqiyot sari rivojlanib borayotgan mamlakatdir. Uning taraqqiyoti
fuqarolarning huquq va erkinliklari hajmining kengayishi, ularni amalga oshirish va
samarali himoya qilish kafolatlarining mustaukamlanishi bilan bog`liq uolda kechadi.
Fuqarolarning huquqlarini ta'minlashda O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
«Inson huquq va erkinliklarining kafolatlari» deb nomlangan X-bobi, 43-46 moddalari
muuim auamiyatga egadir. Konstitutsiyamizda inson huquq va erkinliklarining huquqiy
kafolatlari tug`risidagi konstitutsiyaviy qoidalar mazmunida asosan inson manfaati
ustuvor bo`lib, uning qat'iy izchil amalga oshirilishi muhim o`rin tutadi. O`zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 43-moddasida: «Davlat fuqarolarning Konstitutsiyasi
va qonunlarda mustaukamlangan huquqlari va erkinliklarini ta'minlaydi», deyiladi. Bu
konstitutsiyaviy qoidaning ahamiyati shundan iboratki, huquqiy demokratik davlat
qurayotgan O`zbekiston davlati uzining qonun chiqaruvchi organi uisoblangan
Respublikasi Oliy Majlisi orqali inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarining
huquqiy kafolati uisoblangan umum e'tirof etilgan xalqaro huquq normalari talablariga
mos normativ hujjatlar qabul qiladi. Konstitutsiyaning 44-moddasida «Har bir shaxsning
uz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor
shaxslar, jamoat birlashmalarining g`ayri qonuniy xatti-uarakatlari ustidan sudga
shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi», deyilgan. Bu qoidaga ko`ra, fuqarolar
Konstitutsiyada belgilangan uzlarining huquq va erkinliklari buzilgan deb uisoblasalar
uz huquqlarini sud orqali himoya qilishlari mumkin. Bu fuqarolarning buzilgan
huquqlarini tiklovchi eng samarali vosita uisoblanadi. Sudga shikoyat qilish huquqi
shaxsning huquq va erkinliklarining kafolati uisoblanib, sud organlarigina,
Konstitutsiyasiga asosan boshqa davlat uokimiyati organlaridan, jamoat birlashma-
laridan uoli, mustaqil uarakat qiluvchi va faqat qonung buysunuvchi organdir.
Mamlakatimizda sud tizimi islouotlari souasida kuplab ishlar qilinmoqda. Bu uaqda
Prezidentimiz shunday degan edi: «Xalq sudni faqat odamlarni qoralaydigan,
jazolaydigan organ deb emas, aksincha, ularning uaq-huquqlari va manfaatlarini himoya
qiladigan organ deb bilish kerak» «Fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzadigan
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
53
xatti-uarakatlar va Qaror ustidan shikoyat qilish tug`risida»gi 1995 yil 30 avgustdagi
Qonun esa faqat O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini sudga shikoyat qilish huquqini
mustaukamlamasdan, balki chet el fuqarolarining uamda fuqaroligi bulmagan
shaxslarning uam O`zbekiston Respublikasi sud organlariga murojaat qilish huquqini
belgilagan. Konstitutsiyaviy kafolatni yana bir qoidasi Konstitutsiyamizning 45-
moddasida belgilangan bulib, Voyaga yetmaganlar, meunatga layoqatsizlar va
keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir» deyiladi.
O`zbekiston Respublikasi faqat huquqiy davlatgina emas, balki insonparvar
demokratik huquqiy davlat qurishni maqsad qilib quygan. Bu esa jamiyatdagi ayrim
toifadagi, himoyaga muutoj, zaif kishilar davlatning himoyasida bulishini taqazo etadi.
Milliy davlatchilikni shakllantirish, demokratik islouotlarni amalga oshirish, jamiyatni
bir uolatdan ikkinchi uolatga utkazish uamda bozor munosabitlariga utish davrida
ijtimoiy muammolarga alouida etibor berish zarur. Jauondagi kupgina mamlakatlarning
ijtimoiy rivojlanish souasidagi g`oyat boy tajribasi shundan dalolat beradi.
O`zbekistonning davlat qurilishi va iqtisodiyotini islou qilish dasturining besh
tamoyilidan biri – kuchli ijtimoiy himoya uisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat
kodeksida yoshlar huquqlarining jinoiy huquqiy kafolatlari belgilangan. JKning oltinchi
bo`limi «Voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari» deb ataladi. Unga kura
turli sabablar bilan voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklar sodir etgan xollarda ularga
nisbatan majburiy-tarbiyaviy ta'sir choralarini qo`llash, ya'ni jarima solish ,ijtimoiy
foydali mehnatga jalb qilish; ahloq tuzatish ishlariga yuborish, ozodlikdan mahrum
qilish, maxsus o`quv tarbiya joylariga joylashtirish, xibsga olish faqat sudning hukmiga
yoki qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Mehnatga layoqatsizlar, nogironlar va yolg`iz keksalarning huquqlari ham davlat
tomonidan himoya qilinadi. Davlatimizda ijtimoiy himoyaning aniq chora tadbirlari
ishlab chikilib, amalga oshirilmoqda. Bunda, mahalliy hokimiyat va fuqarolarning o`zini
–o`zi boshqarish idoralari mavqei oshirilmoqda. 1999 yil 3 yanvar kuni O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining «Aholini aniq yo`naltirilgan ijtimoiy madad bilan
ta'minlashda fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari rolini oshirish to`g`risida»
farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonning ijrosini ta'minlash uchun fuqarolarning o`zini-
o`zi boshqarish organlari orqali quyidagilar amalga oshirildi: 1-ishlamaydigan onalarga
bolasi ikki yoshga yetguniga qadar uni parvarish qilish bo`yicha nafaqalar tayinlash va
to`lash ; 2-o`zgalarning parvarishiga muxtoj bo`lgan yolg`iz nafaqaho`rlarni asosiy oziq-
ovqat maxsulotlari bilan ta'minlash.
Konstitutsiyaning 46- moddasida xotin- qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar,
deyilgan. Ayollar bilan erkaklar teng huquqliligini ta'minlash uchun davlat qo`shimcha
keng miqyosdagi tadbirlarni amalga oshirmoqda. Ta'kidlash lozimki, hozirgi kunda
O`zbekistonda 12 mln ga yaqin xotin- qizlar yashaydi. Bu Respublika umumiy
aholisining 51 % tashkil etadi. Mehnatga qobiliyatli ayollarning 50 % xalq xo`jaligida
band. Ayollarning jamiyatdagi mavqeini oshirish bo`yicha ma'lum chora –tadbirlar
ishlab chiqildi, hamda maxsus Davlat dasturi qabul etildi. Amalda esa uning ijrosi
bo`yicha ko`plab ishlar qilindi.
Mustaqillik yillarida respublikamizda kam ta'minlangan kup bolali oilalarga
yordam kursatish tizimi tubdan islou qilindi. Masalan, 1997 yilda fuqarolarning uzini-
uzi boshqarish maualla qumitalari orqali 900 mingga yaqin oilaga 2 milliard 341 million
sum nafaqa to’landi, 52 ming oilaga esa maksimal darajada (eng kam ish uaqining 3
baravari miqdorida) moddiy yordam kursatildi. Shuningdek 16 yoshgacha bolalari
bo’lgan (2 mln. 282 ming) oilalarga davlat byudjetidan 3 milliard 833 million sum
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
54
nafaqa yetkazib berildi.1 Kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam va kup bolali
oilalarga nafaqalar shaklida ajratilgan daromadlar 1999 yili 21 milliard sumdan ortiq
mablag`ni tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |