Yarimo‘tkazgichlarning o‘tkazuvchanligi
Yarimo‘tkazgich harorati absolut 0 ga yaqin bo‘lganda, o‘zini dielektrik qilib ko‘rsatadi, chunki unda elektronlar bo‘lmaydi. Yarimo‘tkazgichda kuchlanish berilishi bilan unda tok paydo bo‘ladi. Yarimo‘tkazgichning hamma qismidan atomlararo aloqalardan ma’lum bir elektronlar ajralib chiqa boshlaydi. Bunda elektronlar o‘z yo‘lida «teshiklarni» uchratib, xuddi «sakragandek» bo‘ladi, atomlararo aloqalar to‘lib boradi. Shunday qilib bu harakat davom etadi. Yarimo‘tkazgichda elektr o‘tkazuvchanligi deb (ingliz. «intrinsic» — ichki), kristall panjarada nuqsoni bo‘lmagan, kimyoviy toza yarimo‘tkazgichlarda zaryadlarning yo‘naltirilgan ko‘chishiga aytiladi. Primes elementlari atomining tarkibiga qarab, yarimo‘tkazgichlar elektronli va teshikli bo‘ladi. Misol uchun, yarimo‘tkazgichning kristall atomini surma atomi bilan almashtirilsa (tashqi qatlamida 5 valentli electron mavjud), surmadagi 5 valentli elektron atom 4 elektron atomi bilan birlashib, erkin bo‘lib qoladi. Qancha ko‘p surma atomi yarimo‘tkazgichga yuborilsa, shuncha ko‘p erkin elektronlar paydo bo‘ladi va u xususiyatlari bo‘yicha metallga yaqin bo‘lib qoladi.
Bunday xususiyat, boshqacha qilib aytganda, n-turidagi yarim- o‘tkazgichlar deb ataladi («n» — lotinchadan negativ, ya’ni manfiy). n-turidagi yarimo‘tkazgichda tokning asosiy tashuvchilari manfiy zaryadlar – elektronlar hisoblanadi. Yarimo‘tkazgichga indiy 3 atomdan iborat valentli elektronlar kiritilsa, u aloqalarni faqatgina 3 ta qo‘shni atom bilan to‘ldiradi va 4 atom bilan to‘ldirish uchun 1 ta elektron yetmaydi. Bunday holatning paydo bo‘lishi yarimo‘tkazgichlarning teshikni o‘tkazuvchanligi deyiladi yoki p-turidagi yarimo‘tkazgich deb ataladi («p»— lotinchadan pozitiv «musbat») (2.13-rasm).
Yarimo‘tkazgichli diod, uning volt-amper tavsifi, parametrlari, belgilanishi, tuzilishi va ishlatilishi
Yarimo‘tkazgichli diod deb, ikki elektrodli, asosiy xususiyati bir tomonlama elektr o‘tkazuvchanlik bo‘lgan elektron asbobga aytiladi (2.14-rasm). Yarimo‘tkazgichli diodning boshqa electron lampalardan farqi teskari tokning kattaligidir, u vakuumli diod va kenotronlarda deyarli bo‘lmaydi. Undan tashqari, to‘g‘ri tok o‘tayotganda, diodda kuchlanish kam pasayadi. 2.15-rasmda germaniy qotishmali diodning tuzilishi keltirilgan.
Agar dioddan o‘tayotgan tok miqdorini unga berilgan kuchlanishning miqdori va qutbiga bog‘liqligini grafik ravishda ko‘radigan bo‘lsak, u quyidagicha tasvirlanadi va u diodning volt-amper tavsifi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |