Ma'ruza 1. KIRISH.
Reja:
1. Elektr apparatlarining himoya qobiqlari.
2. Elektr apparatlariga iqlimiy omillarning ta'siri.
3. Elektr apparatlariga qo’yiladigan talablar.
Tayanch so’z va iboralar: apparat, rostlovchi, o’lchash apparatlari, IP22, IP20, ijro, iqlimiy rayon, eletr apparatlarining xizmat muddati.
Elektr apparati - bu elektr energiyasini iste'mol qiluvchi va taqsimlovchi, o’zgartiruvchi va uzatuvchi qurilmalarning boshqaruvchi va rostlovchi, himoyalash, o’lchash va nazoratlash, elektr zanjirlarini ulab - uzish uchun qo’llaniluvchi elektrotexnik qurilmadir. Elektr apparati deganda energetikada, sanoatda, xo’jalikda va turmushda qo’llaniluvchi keng doiradagi xar-hil turdagi qurilmalar tushuniladi.
Ushbu qo’llanmada elektr tizimlarida, sanoat korxonalarining elektr ta'minot sxemalarida, texnolgik jarayonlarni avtomatlashtirishda va elektr yuritmalarda qo’llaniladi-gan apparatlarning nazariyasi asoslari, konstruksiyasi va ishlatish xarakteristikalari o’rga-niladi. Elektr apparatlarining sinflarga ajratilishi bir qator xususiyatlari bo’yicha amalga oshiriladi: asosiy bajaradigan funksiyasi, qo’llash doirasi, ishlash prinsipi, tokining turi, atrof muhit ta'siridan himoyalanganligi, konstruktiv xususiyatlari va boshqalar. Asosiysi bu asosiy bajaradigan funksiyasi bo’yicha sinflanishidir, bunga ko’ra elektr apparatlari quyidagi katta guruxlarga bo’linadi.
1. Elektr zanjirlarini ulab - uzish uchun xizmat qiluvchi taqsimlash qurilmalarining kommututsion apparatlari. Bu gurux apparatlariga rubilniklar, paketli o’chirgichlar, yuklama o’chirgichlar, uzgichlar, ajratkichlar, qisqa tutushtirgichlar, avtomatik uzgichlar va saqlagichlar kiradi. Bu gurux apparatlari ish jarayonida kamroq yoqib o’chiriladi. Ba'zi xollarda bunday apparatlar tez-tez yoqib o’chiriladi (masalan, elektr pechlarining ta'minot zanjirlaridagi yuqori kuchlanish o’chirgichlari).
2. Qisqa tutashuv toklarini va o’ta kuchlanishlarni chegaralash uchun mo’ljallangan - chegaralovchi apparatlar. Qisqa tutashuv va o’ta kuchlanish rejimlari avariya holatlarida uchragani uchun bu apparatlar katta yuklamalarga kamroq uchraydi.
3. Ishga tushirish va rostlash apparatlari. Bunday apparatlar elektr mashinalari yoki boshqa biron bir elektr energiya iste'molchilarini ishga tushirish va parametrlarini rostlash uchun qo’llaniladi.
4. Berilgan elektr va noelektr kattaliklarni nazoratlash apparatlari.
Bu guruhga rele va datchiklar jiradi. Kirish signalini bir maromda o’zgarishida chiqish signalini sakrab o’zgarishini keltirib chiqaruvchi qurilma relega xosdir. Rele chiqish signali avtomatika sxemasiga ta’sir ko’rsatadi. Elejtr datchiklarida kirish signalining muayyan o’zgarishi chiqish kattaligi bo’lib xizmat qiluvchi elektr kattaligi ko’rinishidagi signalni keltirib chiqaradi. Datchiklar yordamida elektr va noelektr kattaliklar nazorat qilinadi.
5. O’lchash apparatlari. Bu apparatlar yordamida asosiy tok zanjirlari ikkilamchi o’lchash apparatlarining zanjirlaridan izolyatsiyalanadi. O’lchanayotgan kattalik o’lchash uchun qulay standart ko’rinishga keladi. Bularga tok va kuchlanish transformatorlari, sig’imli kuchlanish bo’luvchilari kiradi.
6. Elektr rostlagichlar – berilgan kattalikni ma’lum qonuniyat bo’yicha rostlash uchun tayinlanadi. Xususan bunday apparatlar tok, temperatura, aylanish chastotasi va boshqa kattaliklarni bir me’yorda ushlab turish uchun xizmat qiladi.
Bundan tashqari elektr apparatlari nominal kuchlanishlari bo’yicha ikki guruhga bo’linadi: nominal kuchlanishi 1000 voltgacha bo’lgan quyi kuchlanish appartalari va nominal kuchlanishi 1000 voltdan yuqori bo’lgan kuchlanish apparatlari.
Elektr va elektron apparatlar ichida kontaktsiz elektr va elektron apparatlari alohida o’rin tutadi. Ushbu qo’llanmada ularga batafsil ma’lumot berilgan: Yarim o’tkazgichli elektr apparatlari. Gibridli o’chirgichlar. O’zgaruvchan tok kontaktoriga o’rnatilgan qo’shimcha tiristorli moslamalar, ularning ishlash prinsiplari va tavsiflari.
Tiristorli ishga tushirgich (yarim o’tkazgichli kommutator), sxemasi va ishlash prinsipi. Tiristorli o’zgarmas tok kommutatorlari, sxemasi, ishlash prinsipi va ko’rsatkichlari. Tranzistorli kuchli kommutatorlar. Tranzistorli kommutatorlarni qo’llash soxalari. Yarim o’tkazgichli rele. Optoelektronli va magnit yarimo’tkazgichli kontaktsiz apparat asboblari. Yarim o’tkazgichli kuchaytirgichlar. Teskari aloqali kuchaytirgichlarning rele rejimlarda qo’llanilishi. Kommutatsion apparatlarning mikroprotsessorli boshqarish tizimlari, ishlash prinsipi, hisoblash va tanlash usullari. Mikroprotsessorli boshqarishning boshqa turdagi afzalliklari. Elektron qurilmalar vositasida logik operatsiyalarni loyihalash, logik elementlar va ularning turlari, schyo’tchiklar, shifratorlar va deshifratorlar, multipleksorlar va demultipleksorlar, impulsli generatorlar ularning ishlash prinsipi va qo’llash doiralariga alohida e’tibor berilgan.
Elektromexanik va elektron apparatlarni qiyosiy tahlillari, elektromexanik apparatlarni elektron apparatlar bilan almashtirish. Optoelektron sxemalar. Himoyalash apparatlari, qurilmalari, ularni tanlash va hisoblash usullari keltirilgan.
Avtomatlashtirilgan elektrotexnologik jarayonlarda elektr apparatlarining maxsus turlari alohida o’rin tutadi. Ularga elektr magnit tortish kuchiga asoslangan elektromexanik qurilmalar, elektr xabarchilar va noelektr xabarchilar kirib, ularning turlar, vazifalari, qo’llanish jarayoni ushbu qo’llanmada keltirilgan.
Apparatning kafolatlangan xizmat muddatini, nominal parametrlarini ta’minlovchi klimatik omillar ishchi omillar deyiladi.
Nominal parametrlardan aparatning ish faoliyatini saqlab qoluvchi ruxsat etilgan chetlanishlarda, bu chetlanishlar tugaganidan so’ng apparat nominal parametrlarini qayta tiklanishini ta’minlovchi klimatik omillar chegaraviy ishchi omillar deyiladi.
Iqlimiy omillarning ta’sir nuqtai nazaridan yer sharining yuzasi bir qator iqlimiy rayonlarga bo’linadi. Quidagi jadvalda elektr apparatlarining iqlimiy ijrosi keltirilgan.
1-jadval
Mikroiqlimiy rayonlar
ijrosi
|
Ruscha
|
Lotincha
|
raqamli
|
O’rtamiyona iqlim
|
У
|
N
|
0
|
O’rtamiyona va sovuq iqlim
|
УХЛ
|
NF
|
1
|
Nam tropik iqlim
|
ТВ
|
ТН
|
2
|
Quruq tropik iqlim
|
TC
|
TA
|
3
|
Nam va quruq tropik iqlim
|
T
|
T
|
4
|
Quruqlikdagi hamma mikroklimatik rayonlar uchun (O’ta sovuqdan tashqari). Umum iqlimiy ijro
|
0
|
U
|
5
|
Tasarrufda joylashtirish bo’yicha quyidagi kategoriyalarga bo’linadi:
2-jadval.
Tasarrufda joylashtirish
Kategoriyasi
|
Belgilanishi
|
Ochiq havoda
|
1
|
Shiypon yoki katta xonalarda
|
2
|
Tabiiy ventilyatsiyali katta xonalarda
|
3
|
Sun’iy iqlimiy sharoitli xonalarda
|
4
|
Ventilyatsiyasiz va isitilmaydigan nisbiy namligi yuqori bo’lgan xonalar, shaxtalar va podvallarda.
|
5
|
Ko’pchilik elektr apparatlari dengiz satxidan 1000m normal balandlikda nominal parametrlar bilan ishlaydigan qilisb chiqariladi. Lekin apparatlar 1000m da balandroqda ham ishlashi mumkin. Bunda 1000m dan yuqori bo’lgan har bir 100m balandlikka nominal yuklamani kamytirilishi ko’rsatiladi.
Elektr apparatlariga qo’yiladigan talablar
Elektr apparatlariga qo’yiladigan talablar xar hil bo’lib, ular apparatni vazifasudan, ishlash sharoitlaridan, zarur bo’lganda chidamliligi va boshqa ko’rsatkichlaridan kelib chiqadi. Ammo hamma apparatlar uchun umumiy bo’lgan apparatlarni yozish mumkin:
Nominal ish rejimida apparatning tok o’tkazuvchi elementlarining harorati DAST yoki boshqa normativ hujjat bilan tavsiya etilgan ko’rsatkichlardan oshib ketmasligi kerak.
Qisqa tutashuv vaqtida apparat tok o’tkazuvchi qismlari katta termik va dinamik yuklamalarga uchraydi. Bu yuklamalar qisqa tutashuv bartaraf etilganida so’ng apparatni ishlash qobiliyatini buzadigan ortiqcha hodisalarni keltirib chiqarmasligi kerak.
Tez-tez ulab uzishga mo’ljallangan apparatlar yetarli darajada yemirilishiga chidamli bo’lishi kerak.
Qisqa tutashuv toklarini uzuvchi apparatlarning kontaktlari shu ish rajimiga hisoblangan bo’lishi kerak.
Elektr apparatlarining izolyatsiyasi ish sharoitida yuz berishi mumkin bo’lgan o’ta kuchlanishlarni ko’tara olishi va vaqt o’tishi bilan namlik, chang va ifloslanish natijasida izolyatsiyani xususiyatlarini pasayishini hisobga oluvchi ma’lum zaxiraga ega bo’lishi kerak.
Har bir apparatga uning vazifasidan kelib chiqqan holda bir qator spetsifik talablar qo’yiladi. Masalan, yuqori kuchlanish o’chirgichi qisqa tutashuv tokini juda qisqa vaqtda 0.04-0.06 sekuntda o’chirishi kerak. Tok transformatori belgilangan qiymatdan oshmaydigan burchak va tok xatoliklarni berishi kerak.
Murakkab avtomatlashtirish sxemalarini qo’llash va ishlab chiqarish jarayonlarini keng ko’lamda avtomatlashtirilishi sababli ishda ijro etadigan apparatlar soni ortadi. Elektr apparatlarini ish jarayonida ishlamay qolishi ularning rezervlashga va nosozliklarni izlovchi maxsus sxemalarni qo’llashni talab etadi. Shu sababli elektr apparati yuqori chidamlikka ega bo’lishi kerak.
Apparatning massa , xajm ko’rsatkichlari, ularning o’rnatish hamda xizmat ko’rsatishga ketadigan harajatlar va vaqt minimal bo’lishi kerak.
Zamonaviy talabga javob beradigan elektr apparatlarining xizmat muddati 25yil bo’lib, shu davr ichida apparat remontga yoki murakkab reviziyaga uchramasligi kerak.
Nazorat savollari
Elektr apparti nima?
Elektr apparatlariga qanday talablar qo’yiladi?
Elektr apparatlarining qanday turlarini bilasiz?
Adabiyotlar
Imomnazarov A.T. elektromexanik tizimlarning elementlari. Oliy o’quv yurtlari uchun darslik, - Toshkent.:, “Ta’lim”, 2009., -185b.
Imomnazarov A.T. sanoat korxonalri va fuqarolik binolarining elektr jihozlari, - Toshkent.:, “ILM ZIYO”, 2006., -185b.
Бойко В.И. и др., Схемотехника электронных систем. Микропроцессоры и микроконтроллеры. Учебник,-С-Петербург.:, БХВ 2004.
Браславский И.Я. Асинхронный полупроводниковый электропривод с параметрическим управлением. –М.:, Энергоатомиздат, 1998.
MA’RUZA – 2
ELEKTR O’TKAZGICHLARDAGI ELEKTRODINAMIK KUCHLAR.
REJA:
Elektromexanik tizimlarning elementlari.
Boshqariluvchi elementlar.
Zamonaviy o’zgartkichlar.
Tayanch so’zlar: ishchi, boshqaruv,chastota o’zgartkichlari, tok o’zgartkichlari, kuchlanish o’zgartkichlari,elektromexanik va elektromagnit kuchaytirgichlar.
«EMTning elemantlari» atamasi qo’llanilganda elektromexanik tizim tarkibi-ga kiruvchi boshqaruv tizimlari va ma’lum boshqaruv vazifalarini bajaruvchi konstruktiv yoki texnik qurilmalar tushuniladi. EMTning har bir elementi bu ma-tematik andoza yoki zveno bo’lmay, balki konstruktiv jihatdan tugal texnik quril-madir. Elementlarning ichki tuzilishi, ishlash asoslari, ichki jarayonlarning kechishi va qurilmalarning texnik jihatdan murakkab darajasi xilma-xil bo’lishi mumin.
2.1-rasmda EMTning tizim sxemasi tasvirlangan. EMTning tarkibiga kiruvchi elementlar o’zining bajaradigan vazifalari va tizimdagi tutgan o’rniga qarab bir necha turga bo’linadi.
EMTning elementlari energetik holati nuqtayi nazaridan qaraganda ishchi va boshqruv elementlarga bo’linadi.
Ishchi elementlardan o’tayotgan asosiy elektr energiya oqimi, mexanik ener-giyaga aylanitirilib, ishchi organ (IO)ga uzatiladi, bu qismlar EMTning energetik qismi deb yuritiladi (2.1-rasmning punktirli chiziqdan o’ng tarafida joylashgan qismlar).
Elektromexanik tizimning ishchi elementlariga motor (M), boshqariluvchi o’zgartkich (BO’) va ishchi organ (IO) bilan Mni bog’lovchi kinematik zanjir (KZ)-lar kiradi. Motorning kirish elektr zanjirlari ko’rsakichlari bilan chiqish mexanik ko’rsatkichlari orasidagi bog’lanishlar «Elektr yuritma asoslari» kursida mufassal o’rganiladi. Ushbu kursda esa EMTning ishchi elementlaridan, asosan, boshqariluvchi o’zgartichlargina o’rganiladi.
2.1-rasm. Elektromexanik tizimning tarkibiy tuzilishi.
Boshqariluvchi o’zgartkichlar vazifaviy xususiyatlariga qarab uch toifaga bo’linadi: kuchlanish o’zgartkichlari (kuchlanish manbalari), tok o’zgatkichlari (tok manbalari) va chastota o'zgartkichlari. Energiyani o‘zgartirish vositalariga qarab o‘zgartkichlar elektromexanik (o'zgarmas va o‘zgaruvchan tokgencratoriari), elektromagnit (magnit) kuchaytirgichlar, induktiv-sig‘imli parametrik tok o‘zgartkichlari va elektr (yarimo'tkazgichli) o‘zgartkichlarga bo‘linadi.
Zamonaviy o'zgartkichlarning asosiy qismini yarimo‘tkazgichli o‘zgartkichlar, ya'ni tiristorli va tranzistorli o‘zgartkichlar tashkil etib, ular o‘zgamvchan tokni o'zgarmasga, impuls kengligi boshqariladigan o'zgarmas tok va bevosita hamda biivosita chastcta o'zgartkichlar sifatida elektromexanik tizimlarda keng qo‘llaniladi.
Boshqaruv elementlari EMT tarkibida egallagan o‘rniga qarab ikki guruhga bo'linadi:
1. EMTning dinamik va statik xususiyatlarini hamda harakat vazifalarini shakllantiruvchi elementlar, bular EMT boshqaruv tizimini tashkil etuvchi rostlagichlar, o‘lchov o‘zgartkichlar, har xil o‘zgartkichlar va boshqa shunga o‘xshash vazifalarni bajaruvchi elementlar.
2.Ishchi element tarkibiga ajralmas bo‘lak bo'lib, kiruvchi va elementning matematik ifodasida u bilan yaxlitlikni aks ettiruvchi elementlar, bular masalan, tiristorlarni boshqarishda ishlatiladigan kommutatsion zanjirlar.
Birinchi guruhga kiruvchi boshqaruv elementlari ushbu kursda mufassal o'rganiladi va bu guruh o‘z navbatida bir necha guruhchalarga bo'linadi, bular:
EMT ko'rsatkichlarini rostlashga xizmat qiluvchi turli xildagi sozlovchi va rostlovchi qurilmalar;
teskari bog'lanish zanjirlaridagi signallarni hosil qiluvchi va shakllantiruvchi sifatida foydalaniladigan elektrik hamda noelektrik o‘lchov o‘zgartkichlari;
boshqaruv qismlari kirish va chiqish signaltarining o'zaro tok turi, darajasi kabi ko'rsatkichlari bo‘yicha moslashtiruvchi qurilmalar,
Texnik ijrosi nuqtayi nazaridan ushbu guruhlashtirish EMT boshqaruv elementlarining juda xilma-xil bo'ltshi mumkinligini taqozo qiladi. Misol uchun, vazifalovchi qurilma uzluksiz va uzlukli-raqamli tezlatkich uzatkichlar asosida yaratilishi yoki mantiqiy elementlar asosida dasturiy bloklardan iborat bo‘lishi mumkin.
Rostlagich qurilmalar sifatida operatsion kuchaytirgichlar asosida yaratilgan tipik bloklar ishlatilmoqda.
O‘zgaruvchan va o'zgarmas tok taxogeneratorlari, selsinlar, induktivli hamda optik aylanuvchi o'lchov o‘zgartkichlar, shuningdek, tok, kuchlanish, quvvat va boshqa elektr kattaliklar o'zgartkichlari ham o'lchov o‘zgartkichlari guruhini tashkil etadi.
Fazaviy detektorlar, emmitorli qaytargichlar, quvvat kuchaytirgichlar, raqam-uzluksiz va uzluksiz-raqamli o‘zgartkichlar moslovchi qurilmalarni tashkil etadi.
Shunday qilib, rostlagichlar, o'lchov o'zgartkichlari va moslashtiruvchi elementlar vazifasini faqat uzluksiz signallarda ishlovchi qurilmalargina emas balki diskret-raqamli qurilmalar ham bajarishi mumkin. Uzluksiz signallarda ishlovchi vazifalovchi va rostlagichlar sifatida moslashtirilgan mikro EHMning hisoblash qurilmalari ham ishlatilishi mumkin.
Nazorat savollari
Elektromexanik tizimlaming boshqaruv elementlariga qanday qurilmalar kiradi?
Elektromexanik tizim elementlarining qanday asosiy tavsiflari bor?
Elektromexanik tizim elementlarining boshqaruv tavsiflari qanday quriladi?
Adabiyotlar
Imomnazarov A.T. elektromexanik tizimlarning elementlari. Oliy o’quv yurtlari uchun darslik, - Toshkent.:, “Ta’lim”, 2009., -185b.
Imomnazarov A.T. sanoat korxonalri va fuqarolik binolarining elektr jihozlari, - Toshkent.:, “ILM ZIYO”, 2006., -185b.
Бойко В.И. и др., Схемотехника электронных систем. Микропроцессоры и микроконтроллеры. Учебник,-С-Петербург.:, БХВ 2004.
Браславский И.Я. Асинхронный полупроводниковый электропривод с параметрическим управлением. –М.:, Энергоатомиздат, 1998.
MA’RUZA - 3
ELEKTR KONTAKTLAR
REJA:
Kontaktlar.
Elektr kontaktlar.
Kontaktlarni tekshirish.
Elektr kontaktlar – elektr zanjiridan uzluksiz tok o’tishini ta’minlovchi, bir biriga tutashuvchi qurilmadir.
Kontaktlar-o’zi qaytuvchi ko’p holatli apparat bo’lib qiymati o’ta yuklanish toklaridan oshmaydigan tokli zanjirni tez-tez kommutatsiya qila oladi.
Turlari: tutashuvchi, ponasimon, sirg’alib tutashuvchi, dumalovchi (g’ildirakli), yuzaki (faqat yuza qatlami tutashadi), chiziqli, nuqtali, jipslashuvchi va hakozo.
Elektr zanjirlarining kontakti elektr zanjirning bir qismi bo’lib ulab-uzishga va elektr tokini o’tkazishga mo’ljallangan. Apparatlar qurilishida elektr kontaktlari quyidagi asosiy guruhga bo’linadi: tutashuvchi, ajraluvchi, almashinuvchi, almashmaydigan, to’suvchi, kiruvchi.
Kontakt detali quyidagi turlarga bo’linadi: qo’zg’aluvchan, qo’zg’almas, yassi, silindirik, gnezdoli, shtirli, bimealli, metallokeramik va kompazitsion.
Kontaktlarning tutashuvi – faqat eletr tokini o’tkaizadi. Kontaktlar kattaligi xarakteristikasi asosan 2 hil bo’ladi: elektrik va mexanik.
Elektrik xarakteristikasida elektr qarshiligining o’zgarishi va kontakt detallariga va o’tish jarayonida kuchlanishi pasayuviga bog’liq bo’ladi.
Mexanik xarakteristikasida ikki kontaktli detallarining tutashuvi kuchga bog’liq bo’ladi.
Kontakt detallarining tutashuvi ular yuzasida hosil bo’ladigan kuyishlar, oksidlanishlar, deformatsiyalarga ham bog’liq bo’ladi. Kontaktlar yuzasiga kislorod, azot, azon, oltingugurt va boshqa kimyoviy elementlarning kiritilishi natijasida plyonka (qatlamlar) hosil bo’lasi. Bu plyonka qalinligi 10-15 nm bo’ladi, solishtirma elektr qarshiligi Om.sm. Har xil metallarda bu solishtirma qarshilik har xil bo’ladi. Shu sababli oksidlanish jarayonidagi plyonkalar qoplanishi masalan: nikelda juda sekin kechadi, alyuminiyda ancha tez 10 sekuntda 2-2.5 nm. xona temperaturasida 20-30 kunda 6-10nm. ga yetadi. Eng yaxshi metall qorishmali kontakt bronzadir. Volfram, oltin va platinalar hamda ham oksidlanish jarayoni bo’lmaydi.
Elektr kontaktlarida o’tish jarayoni bp’lib bunda bir biriga tegishda qarshilik oshadi, tok o’tish kamayishiga olib keladi.
O’tish qarshiligini quyidagicha aniqlaymiz: .
Rk – kontaktning o’tish qarshiligi
a - kontakt materialining yuzasi va strukturasiga nisbatan o’zgarmas kattalik
n – kontakt qismlarining konstruksiyasiga bog’liq o’zgarmas kattalik
F – kontaktlarning qisilishiga ta’sir etuvchi kuch
O’rtacha kattalikning qiymati.
Nomi
|
a, Om·N0.5
|
|
Mis
|
10·10-4
|
n=0.5
|
Latun
|
67·10-4
|
Bir nuqtali kontaklar uchun
|
Kumush
|
5·10-4
|
Chiziqli kontakt
|
Qalay
|
50·10-4
|
2 nuqtasini ham birdaniga tutashuvchi uchun. 0.7=n
|
Alyuminiy
|
16·10-4
|
3ta nuqtalar uchun
|
Po’lat
|
760·10-4
|
n=1.0
|
20 A gacha bo’lgan toklarda bir nuqtali kontaktlardan 100 A va yuqorisida ko’p nuqtali kontaktlar qo’llaniladi. Kontaktlarni ulash vaqtida kontaktlar deformatsiyalanib ularning bog’lanishi quyidagicha bo’ladi .
Rk
1
2
T
Elektr kontaktlarining afzalliklari va kamchiliklari.
Asosiy kamchiliklari:
Tinimsiz ishlatish (bosilish) va naminal tokning oshishi natijasida kontaktlar ulanish joylarining gabaritlari va massasi oshadi. 10 kA dan yuqori tokda o’ta tezlik bilan gabariti va massasi oshadi.
Kontaktlarning yemirilish hisobiga apparatning ishi sekinlashadi.
Kontaktlar materialining oksidlanishi natijasida apparatlarning ishonchliligi kamayadi.
Qattiq metalli va suyuq metalli kontaktlarning afzalliklari:
Kichik o’tish qarshiligi va yuqori tok o’tkazish qobilyati ya’ni elektrodda 120 A/mm2 gacha gabarit o’lchamlarining ixchamligi
Yuqori toklarda qisqa tutashuvda kontaktlar bosilish vaqtini oshishi.
Kpmmuatsiya paytida yemirilishning yo’qligi.
Kommutatsiya paytida tebranish, oksidlanish, payvandlanish holatlari uchramaydi.
Yuqori mexanik va elektrik yemirilishga chidamli.
Avtomatik tarzda o’zini tiklay oladigan apparatlar ishlab chiqarish imkonini beradi
Suyuq metalli kontaktlarning kamchiligi:
Ishlatilayotgan kontakt materiali (galliy va uning qotishmalari, kontaktni ulash paytida qizdirish talab etiladi ya’ni qotish harorati o’rab turgan muhitnikidan kam bo’lsa.
Tebranayotgan, kuchli zarbda ishlayotgan apparatlarda suyuq metalli kontaktlar ishlatilishi noqulay.
Hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan kontaktlar quydagilardir:
Spiralsimon gultojbargli 31.5 kA gacha
Kosachali 40kA gacha
O’rama gultojbargli 63kA gacha
Bulardan tashqari hozirda kontaktni har xil qotishmalardan ham tayyorlashmoqda. Volfram-kumush-nikel qotishmasidan tayyorlangan yuqori kuchlanishli qiyin yuklanadigan va ajraladigan apparatlar uchun. Past kuchlanishli va kuchsiz apparatlar uchun kumush – nikel, kadmiy oksidli va mis – grafitli qotishmalardan foydalanilmoqda.
Kontaktlarni tekshirish.
Ish hlatini tekshirish: elektr apparatlarining kontaktlarini ko’z bilan, qizish holatini diagnoz qilish. Issiqlik holatini rasmga olish afzalligi yuklamadan uzmasdan tekshirish mumkin.
Rk
Kontaktlardagi o’tish qarshiligini tekshirish.
Uq
Kontaktlardagi kuchlanish tushuvini garmonik analiz qilish. Nuqsonli kontaktlarda yaxshi kontaktlarga nisbatan 10 marta kuchlanish tushuvi ko’p bo’ladi.
Tajriba yo’li bilan tekshirish
Qotirishga mo’ljallangan va holatgacha o’zgaradigan ramka yoki platforma
Sinalayotgan kontaktlar
Kontaktlarni qisishga mo’ljallangan kuch.
Do'stlaringiz bilan baham: |