maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat


Birlamchi migratsiya omillari va migratsiyalanuvchi uglevodorodlar holati to‘g‘risidagi zamonaviy tasavvurlar quyidagilardan iborat



Download 169,43 Kb.
bet8/120
Sana31.05.2022
Hajmi169,43 Kb.
#623883
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   120
Bog'liq
maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat

Birlamchi migratsiya omillari va migratsiyalanuvchi uglevodorodlar holati to‘g‘risidagi zamonaviy tasavvurlar quyidagilardan iborat:
-diagenez bosqichida paydo bo‘lgan neftli uglevorod («yosh neftchi») cho‘kindilarning zichlashuvi natijasida suv bilan birga siqib chiqaradi. Jinslarning cho‘kishi bilan ular ko‘proq qiziydi. Harorat oshishi bilan neft va gazning hajmi ko‘payadi va shu bilan ularning siljishiga imkoniyat yaratadi. Uglevorodlarning harakati yangi moddalarning hajmi kattalashishi oqibatida bosimning oshishi hisobiga ham faollashishi mumkin. Tog‘ jinslari katta chuqurlikka tushganda gazlarning generatsiyasi kuchayadi va birlamchi neftgazli eritma ko‘rinishida neftgaz yarata oluvchi jinsdan chiqadi. Neftli uglevodorodlarning birlamchi migratsiyasi gazli eritma ko‘rinishida bo‘lishi eksperimental yo‘l bilan isbotlangan.
Diffuziya hodisasi ham, gaz va gazli eritmalarni neftli uglevodorodlarning birlamchi migratsiyasiga real ta’sir ko‘rsatishi mumkin. L.M.Zorkin tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, taxminan 65-70% gaz gil qatlamlaridan diffuziya yo‘li bilan suvli kollektorga migratsiyalanadi.
Neft va gazning ikkilamchi migratsiyasi gravitatsion, gidravlik va boshqa omillar ta’sirida bo‘lishi mumkin. Ikkilamchi migratsiyada neft va gaz suvga to‘yingan kollektorga tushib uning eng yuqori qismini egallashga harakat qiladi, boshqacha qilib aytganda yuqoriga qarab vertikil siljiydi.
Flyuidlarning kollektor qatlam bo‘ylab sezilarli masshtabda migratsiyasi qatlam qiyaligi va bosim o‘zgarishidagi imkoniyatlari bilan o‘zgaradi. A.L.Kazakov fikricha qatlamning qiyaligi 1-2 m/km bo‘lganda gravitatsion kuch ta’sirida neft va gaz siljishi uchun yetarli imkoniyat yaratiladi. Gidravlik omilning mohiyati shundan iboratki, kollektor qatlamdagi suv o‘z harakati davomida gaz pufakchalari va neft tomchilarini ergashtirib ketadi. Harakatlanish jarayonida suv, neft va gaz mustaqil fazoni hosil qilishi mumkin. Keyingi joylashishda suvdan ajralgan neft va gaz gravitatsion omil hisobiga devorsimon ko‘tarilmalar bo‘ylab oqim ko‘rinishida harakatlanadi. Neft va gazning bunday migratsiya omillari yaxshi o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan kollektorlar bilan bog‘liqdir.
Yomon o‘tkazuvchan jinslarda (alevrolit va gillarda) migratsiyaning asosiy omili gazlarining diffuziyasini yuzaga keltiruvchi gaz bilan to‘yingan quyi qatlamlardagi ortiqcha bosim hisoblanadi. Turli geologik sharoitlarda ikkilamchi migratsiya turli uslublarda sodir bo‘ladi.
Neft va gazning migratsiyalanish va to‘planish jarayonlari o‘zgaruvchan geologik sharoitlarda bo‘lib o‘tadi. Bir holatda tarqoq uglevodorodlardan birlamchi uyumlar hosil bo‘ladi, boshqa hollarda birlamchi uyumlarning tarqalishi hisobiga ikkilamchi uyumlar hosil bo‘ladi.
Katta qalinlikdagi litologik yotqiziqlarda neft va gazning migratsiyalanish va to‘planish jarayonida tarqalish xarakteri asosan gilli va boshqa qoplamalarning mavjudligi, ularning qalinligi, maydon bo‘ylab tarqalishi, ekranlash qobiliyati, tutgan o‘rni, kollektor qatlamlar bilan nisbati, hamda turli tutqichlarning rivojlanganligi, ularni qabul qilish imkoniyati, gidrogeologik sharoiti, uzilmali siljishlar va boshqa omillar bilan belgilanadi.
Ba’zi hollarda uyumlar «joyida» hosil bo‘ladi. Bu agar neftgaz yaratuvchi formatsiyalar linzalarga ega bo‘lsa yoki o‘tkazmas qatlamlar bilan o‘ralgan o‘zaro aloqada bo‘lmagan kollektor qatlamlarda bo‘lishi mumkin. Hosil bo‘lgan neft va gaz izolyatsiyalangan kollektorga tushadi va shu yerda saqlanadi.
Neft va gaz uyumlarining joylashishidagi qiziqarli xususiyat Buxora regional neftgaz to‘planish zonasida kuzatiladi. Bu yerda yura davriga mansub qatlamlarda asosan neft uyumlari joylashgan, bur davri yotqiziqlarida esa gaz joylashgan.
Uyumlarning hosil bo‘lishi neft va gazning faqatgina rezervuar ichi migratsiyasida yuzaga kelmaydi. Uglevodorodlarning to‘planishi vertikal (rezervuararo) migratsiyada ham bo‘ladi. Loteral va vertikal yo‘nalishlarda uglevodorodlar tarqoq ko‘rinishda migratsiyalanishi mumkin.
Migratsiya va to‘planish natijasida hosil bo‘lgan neft va gaz uyumlari keyinchalik tektonik, biokimyoviy, kimyoviy va fizikaviy jarayonlar ta’siri ostida qisman yoki butunlay parchalanishi mumkin.
Tektonik harakatlar tutqichlarning egilishi natijasida yoki uzilmali buzilishlar hosil bo‘lishi natijasida uyumlarning yuqolishiga olib keladi, bunda neft va gaz undan boshqa uyumga migratsiyalanadi yoki yer yuzasiga chiqib ketadi. Agar uzoq vaqt mobaynida yirik maydonlarda ko‘tarilish harakati bo‘lib o‘tsa, neftgazli qatlamlar yer yuzasiga chiqib qolishi mumkin va uglevodorodlar tarqalib ketadi.
Neft va gaz uyumlarining hosil bo‘lishi va parchalanishini o‘rganish katta ahamiyatga ega. Chunki neft va gazni izlash–qidirish ishlarining maqsadli yo‘nalishlarda olib borilishiga, ularni izlash usullarini ishlab chiqish va takomillashtirishga imkon yaratadi.


Download 169,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish