/
2.1-rasm. Gumbazsimon uyumning sxemasi.
a-geologik kesimi; b-tuzilma xaritasi; 1-gaz shapkasi; uyumning neftli qismi; 3-qatlamning suvli qismi; 4-qatlamning ustki yuzasi izogipslari; 5-6-tashqi va ichki neftlilik konturi; 7-8-tashqi va ichki gazlilik konturi.
/
2.2-rasm. Rifogen uyumlari.
a-yakka rif massivlariga joylashgan; b-bir gurux rif massivlariga joylashgan.
Rifli uyumlar aksariyat bitta suv-neft chizig‘iga ega bo‘ladilar. O‘zbekiston sharoitida (G‘arbiy O‘zbekistonda) ko‘pgina rifli neft, gazkondensat va gaz konlari mavjud. Bu yerlarda rif massiviga jami zahiraning 75-80 %, rif usti yotqiziqlarida qolgan 20-25 % joylashgan bo‘ladi (Sho‘rtan, Kukdumaloq, Dengizkul, O‘rtabulok va boshqalar). Rus platformasi konlarida ham rif uchraydi (2.2-rasm).
Antiklinal tuzilmali uyumlar alohida antiklinalga mansub bo‘lib, yer barida ular uzilma bilan uzilgan holda ham uchraydi.
Gumbazli uyum, antiklinal tuzilmaning gumbaz qismiga joylashgan bo‘lib, uzilmasiz bo‘lishi mumkin, ba’zan esa uzilma o‘tgan bo‘lishi mumkin, hamda loyli vulqon, tuz gumbaziga mansub bo‘lishi mumkin (2.3-rasm).
/
2.3-rasm. Gumbazli uyumlar
a-buzilmagan; b-buzilgan; v-murakkablashgan kriptodiapir yoki vulqon hosilasidagi tuzilma; g-tuz gumbazli tuzilma; 1-kesmada neft; 2-rejada neft; 3-mahsuldor qatlam yuzasi bo‘yicha stratoizogipslar; 4-buzilishlar; 5-ohaktoshlar; 6-vulqon hosilasi; 7-tuz qubbasi; 8-qumlar; 9-gillar; 10–neftlilik konturi.
Tektonik to‘silgan uyumlar aksariyat tashlama uzilma yoki ko‘tarma uzilma tufayli hosil bo‘ladi va tuzilmaning gumbazi qanotida yoki pereklinal qismida joylashishi mumkin.
Kontakt oldi uyumlari mahsuldor qatlamining tuzli gumbaz yoki loyqa vulqonga tutashgan joyida hosil bo‘ladi.
Sinklinal tuzilma uyumlari aksari sinklinalning qanotlarida suvsiz kollektorlarda hosil bo‘ladi. Ular juda kam uchraydi (AQSH va Hindistonda mavjuddir).
Litologik ekranlangan uyumlar qatlamning qiyiqlanishi yoki o‘tkazuvchi jinsning o‘tkazmaydigan jins bilan almashinuvi tufayli hosil bo‘ladi. Shu turda asfalt yoki bitum hosil bo‘lishi natijasida qatlam bir tomonidan to‘silib qolgan uyumlar ham kiradi. Litologik chegaralangan uyumlar qadimgi daryolar o‘zagida hosil bo‘lishi mumkin (yengsimon uyumlar) undan tashqari dengizning qirg‘oq qismida valsimon yotqiziqlarning bir qismida yoki atrofi gillar bilan o‘ralib qolgan qum linzalarda hosil bo‘lishi mumkin. Bunday uyumlar Farg‘ona vodiysidagi neogen yotqiziqlarida ko‘plab uchraydi. Ularning tasnifi va holatlarini Z.M.Mashrabov va boshqalar ko‘p tahlil qilganlar (2.4-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |