/
-Rasm. SHCHN uchun qo‘llaniladigan plunjerlarning konstruktiv bajarilishlari.
Nasos klapanlari (-Rasm a va v) juda tez yeyiladigan uzel hisoblanadi. Suyuqlikning oqimi xarakati davomida sharikning uzluksiz urilishlari natijasida egar sirtidagi tutashuv sirtini yemiradi va sharik-egar sirti tutashuvi bo‘shliq hosil bo‘lib germetikligi buziladi. Klapanlar uchun og‘ir sharoit olinayotgan maxsulotda qum zarrachalarining bo‘lishi va muxitning korrozion tajavvuzkorligi hisoblanadi.
/
-Rasm. Klapanli uzellar: a - NGN-1 (43, 55 i 68 mm) turidagi nasoslar uchun haydovchi klapan; b - NGN-1 (43, 55 i 68 mm) turidagi nasoslar uchun so‘ruvchi klapan. 1 – klapan panjarasi; 2 - sharik; 3 – klapan egari; 4 - nippel yoki nippel-konus.
/
-Rasm. NGN-2 turidagi nasosning tutgichli haydovchi klapani. 1 – klapan panjarasi; 2 - sharik; 3 – klapan egari; 4 –tutgich korpusi; 5-tutgich.
Klapan ya’ni egar-sharik maxsus po‘lat qotishmalardan tayyorlanadi, uzaytiruvchi muftalar uzunligi esa plunjer yo‘liga bog‘liq ravishda tanlanadi. Nasosning asosiy detallari: azotlangan silindr; plunjer va klapan va shtoklar hisoblanadi.
Nasoslarda shar ko‘rinishidagi klapanlar qo‘llanilib, sharli klapan sharik va sharik uchun egardan iborat. Shariklar egarlarga jips o‘tirishi va suyuqlikni orqaga o‘tkazmasligi zarur. Shuning uchun ular legirlangan po‘latlardan tayyorlanib, qattiqligi va yeyilishga chidamliligini oshirish uchun termik ishlov berilgandan so‘ng egar ishchi qismlari sharikning yaxshi o‘tirishi uchun egarning ishchi qismi sharikka moslashtirilib jilvirlanadi.
Nasos shtangalari plunjerni nasos qurilmasi uzatmasi bilan biriktirish uchun xizmat qiladi va plunjerning ilgarilanma-qaytma harakatini ta’minlaydi ( -Rasm)
/
-Rasm. Nasos shtangasi va biriktiruvchi mufta
Shtangalar 16, 19, 22, 25 mm li diametlarda va uzunligi 7,5 m dan 10 m gacha qilib tayyorlanadi. Shtanganing har ikala tugash tomoni qalin kallak ko‘rinishida tayyorlanib, ulanish uchun rezbalar bajariladi.
Shtangalarning qisqartirilgan uzunliklardagi – 1; 1,5; 2; 2,5 va 3 m qilib tayyorlanishi shtanga kolonnasi uzunligini nasosni osish chuqurligiga va silindrda plunjer holatini ta’minlash imkonini beradi. Shtangalar asosan po‘lat 40 va 30XMA lardan tayyorlanadi va yuqori tok chastotasida uning sirti puxtalanadi.
Shtangalar doimiy ravishda murakkab sharoitlarda o‘zgaruvchan yuklanishlar: tajavvuzkor muxitlarda, suyuqlik bosimi ta’sirida, shtanga kolonnasining bo‘ylama tebranishli yuklanishi va shu kabi murakkab sharoitlarda ishlaydi. Shtangalar o‘rtacha 5-6 yil ishlab, bu ish jarayonida yiliga 5 mln gacha sikl bajaradi. Xom ashyo maxsuloti tarkibida smola-parafinlarning bo‘lishi shtangalar sirtiga o‘tirib qalin qoplamalar hosil qilishga sabab bo‘ladi va natijada shtangalarning ishlash muddati belgilangan muddatdan 2-2,5 marta kamayadi.
Nasos usulida ishlatiladigan quduqlarning ustki qismi planshayba va maxsus uchli – salnik bilan jihozlanadi. Yuqori bosimli neft yig‘ish tarmog‘i mavjudligi uchun bosimda ishlaydigan salniklardan foydalaniladi. Misol qilib SUST1 va SUST2 o‘zi moslanadigan boshchalik salniklar xizmat qiladi. Irg‘alma qurilmalar elektr dvigatelning aylanma harakatini nasos shtangalar birikmasining nasos va plunjerining irg‘alma qaytish harakatiga aylantiradi va shtangalar osmasi bilan plunjer ustki qismidagi aralashma ustunini og‘irligiga bardosh berib suyuqlikni tashqariga chiqarish uchun xizmat qiladi.
Tebratma dastgox (SK) – balansirli chuqurlik nasosi uchun individual mexanik yuritmali turda bo‘lib tebratma dastgoxning tebranishlar sonini o‘zgartirish uchun almashinuvchan shkivlar nabori bilan jihozlanadi. GOST 5866-76 ga asosan tebratma dastgoxlar quyidagicha shartli belgilanadi: SK2-0,6-250 – irg‘alma qurilmaning ustki shtoni tushadigan maksimal zo‘riqish 20 kN, ustki (silliq) shtokning maksimal (zo‘riqish) harakatlanishi (yurish uzunligi) 0,6 m, reduktorning harakatlanuvchi validagi aylanish momenti 2,5 kNm dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |