/ 1.1-Rasm. Shtangali nasos qurilmasining umumiy ko‘rinishi sxemasi. Tebratma dastgox shtangalarning ilgarilanma-qaytma xarakatini ta’minlab beradi va bu xarakat sinusoidal qonuniyatga mos keladi. Sanoatda balansirli va balansirsiz tebratma dastgohlar ishlatiladi. Shtangali chuqurlik nasoslari uskunalarning asosiy yuritgichi sifatida tebratma dastgohning induvidal balansirli yuritgichi xizmat qiladi. Balansirning pastga va yuqoriga harakatida elektr yuritgichda to‘g‘ri keladigan kuchlanishni teng taqsimlash uchun tebratma dastgohlarda muvozanatlashtirish tizimi mo‘ljallangan. Muvozanatlashtirish yuritgich va dastgohning ishlash muddatini uzaytiradi. Balansir boshchasiga bir ikkilamchi harakat ta’sirida tushadigan kuchlanish suyuqlikdagi shtangalar og‘irligidan (Rsht – pastga harakatda) suyuqlik va shtanga og‘irliklarigacha (Rsht+Rsuyuq–yuqoriga harakatda) o‘zgaradi. Bu kuchlanishlarni muvozanatlashtirish uchun balansirga va krivoshipga maxsus pasangi o‘rnatiladi. Yuritgichda bir meyorda kuchlanish tushishini ta’minlash uchun balansir boshchasiga doimiy ta’sir etuvchi shtangalar og‘irligi va suyuqlik og‘irligining yarmiga teng miqdorda posangi quyiladi. Pasangi yuki quyidagicha hisoblanadi:
bu yerda: a va v balansirning oldi va orqa yelkasi. Tezlanish ta’siridagi qo‘shimcha inersion kuchlarni muvozanatlashtirish uchun krivoshinga yuk o‘rnatiladi. Sanaoatda mavjud tebratma dastgohlar har xil konstruksiyali bo‘lib, ulardan namuna sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: SKN 10-4512; SKN 15-6010 (yuk ko‘tarish qobiliyati 10,15 tonna plunjerning harakat uzunligi 4.5-6 metr va balansirning bir minutda tebranish soni 12,10 tagacha yetadi.). SK 3-1.2-630 markali tebratma dastgohda esa yuk ko‘tarish qobiliyati 3II; maksimal harakat uzunligi 1,2 metr, reduktor valida maksimal aylantiruvchi moment 630 kgk/m. Mexaniq harakatdagi balansirli dastgohlarnig xususiyati shundaki, ularda tebranuvchi balansir yo‘q. Shtanga kolonnasi arqon orqali krivoshin reduktori va shatun yordamida ishga tushiriladi. Dastgohdagi krivoshin V – formaga ega, to‘g‘ri muvozanatlashtirish imkonini beradi. Balansirsiz dastgohlarning ham asosiy parametrlari shtangalar ulangan nuqtadagi maksimal kuchlanish eng katta harakat uzunligi va reduktorning maksimal aylanish momentlaridan iborat. Tebratma dastgoh turi va suyuqlik olish rejimi A.A.Adonin diagrammasidan tanlanadi.