8.8-rasm. Spiralsimon issiqlik almashgich:
1,2 — spiralsimon listlar; 3 — to‘siq; 4 — qopkoqlar; 5 — flanets; 6 — qistirma; 7 — spirallar oraligida ma’lum masofani ushlab turuvchi metall parchasi; 8 — suyumiklarning kirish va chikish shtutserlari.
Bunday issimik almashinish qurilmalari juda ixcham bo‘lib, ikkala issiqlik tashuvchilarni katta tezlik bilan o‘tkazish imkoniyatiga va yuqori issiqlik o‘tkazish koeffitsiyentiga ega. Gidravlik qarshiligi esa kam. Biroq, bunday qurilmalar katta bosimga bardosh bera olmaydi, issiqlik almashgich ta’mirlangandan so‘ng plastinalar orasidagi tegishli zichlikni yana xosil qilish qiyin.
Spiralsimon issiqlik almashgichlar to‘g‘ri turtburchaklik kesimga ega bo‘lgan ikkita kanaldan iborat (8.8-rasm). Kanallar yupqa metall plastinalardan tuzilgan bo‘lib, ular issiqlik almashinish yuzasi vazifasini bajaradi. Spirallarning ichki tomonidagi uchlari ajratuvchi to‘siq orqali biriktirilgan. Kanallar sistemasi qopkoq yordamida berkitilgan.
Sanoatda isitish yuzasi 10—100 m2 li spiralsimon issiqlik almashgichlar ishlab chiqariladi; bo‘lar ish muxitning temperaturasi 20—200°S bo‘lganda vakuum bilan xam, 1 MPa gacha bosim bnlan xam ishlashi mumkin. Spiralsimon issiqlik almashgichlardan suyuqlik-suyuqlik, gaz-suyuqlik o‘rtasida issiqlik almashinishni tashqil etishda xam bug‘ lar va bug‘ -gazli aralashmalarni kondensatsiyalash maqsadida foydalanish mumkin.
Afzalliklari: tuzilishi ixcham, tayyorlash oddiy, ikkala issiqlik tashuvchi agentni katta tezlik bilan o‘tkazish mumkinligi uchun katta issiqlik o‘tkazish koeffitsiyentiga ega, gidravlik qarshiligi ko‘p yo‘lli qobiq-trubali qurilmalarnikiga karaganda kam.
Kamchiliklari: tayyorlash va sozlash murakkab, 1 MPa dan ortik bosim bilan ishlash mumkin emas.
Amaliy mashg‘ulot. Yerning tuzilishi va tarkibi
Umumiy tushunchalar
Neft va gaz sanoati xalq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, uning rivojlanishi davlatimizning iqtisodiy salohiyatini belgilaydigan sohalardan biridir.
Keyingi yillarda O‘zbekistonning neft va gaz sanoati juda tez suratlar bilan rivojlanib bormoqda, neft va gaz qazib chiqarish miqdori ancha o‘sdi. O‘zbekiston neft mustaqilligiga erishdi. Respublika hududidagi konlardan qazib chiqarilayotgan tabiiy gaz barcha turdagi ishlab chiqarish korxonalari va aholining gazga bo‘lgan talablarini qondirish bilan bir qatorda xorijiy davlatlarga ham eksport qilinmoqda.
Neft va gaz qazib chiqarishning o‘sishi yangi neft va gaz uyumlari va konlarini ochish va konlarni ishlatish samaradorligini oshirish, hamda zahiralardan foydalanish darajasini ko‘paytirishning yangi usullarini qo‘llash kabilar evaziga erishilmoqda. Bunday murakkab masalalarni yechishda neft va gaz geologiyasi va qidiriv ishlari muhim o‘rin tutmoqda.
Neft va gaz uyumlarini geologik tadqiq qilish usullari so‘nggi yillarda jadal mukammallashdi. Neft va gaz konlarini loyihalash va ishlatishni tahlil qilish hozirgi kunda to‘liq kon geologiyasi ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi. Keyingi yillarda yangi neft va gaz konlarini aniqlashda quduqlar kesimini mufassal taqqoslash yo‘li bilan yer osti qatlamlarini haritalash ishlari kon geologiyasi tadqiqotlaridan foydalanilgan holda olib borilmoqda.
Geologiya - bu litosferaning tarkibi va tuzilishi, ichki va va tashqi yuzalarida sodir bo‘ladigan jarayonlar, bu jarayonlarning sabablari, sodir bo‘lish qonuniyatlari va rivojlanish bosqichlari, hamda yerning tarkibi, tuzilishi va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadigan soha. Geologiya yer bag‘ridagi barcha turdagi foydali qazilmalar konlarini, shu jumladan neft va gaz konlarini, izlash va qidirish hamda ularni ishlatish uchun nazariy asos hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |