Zamonaviy axborot texnologiyalari.
Informatika sо‘zi elektron hisoblash mashinalari yordamida axborotni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi sohani ifodalovchi atama sifatida yuzaga keldi.
Informatika atamasi lotincha «informatic» sо‘zidan kelib chiqqan bо‘lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish ma’nolarini anglatadi.
О‘zbekiston Respublikasi informatika va hisoblash texnikasi yо‘nalishida jahon darajasidagi ilmiy maktablar yaratgani, ularda tadqiqotlar muvaffaqiyatli olib borilayotganligi bilan shartli ravishda faxrlana oladi.
Informatikaning inson faoliyati mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqishi birinchi navbatda kompyuter texnikasi rivojlanishi bilan bog‘liq. Bunda asosiy xizmat mikroprotsessor texnikasiga tо‘g‘ri keladi.
Informatikani tor ma’noda uch о‘zaro aloqador qismlar - texnik vositalar (hardware), dasturiy vositalar (software) va algoritmik vositalar(brainware) sifatida tasavvur etish mumkin. О‘z navbatida informatikani ham umuman, ham qismlari bо‘yicha turli jihatlardan: xalq xо‘jaligi tarmog‘i, fundamental fan, amaliy fan sohasi sifatida kо‘rib chiqish mumkin.
1994 yil dekabrida О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi О‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish konsepsiyasini qabul qildi.
Ushbu Konsepsiyaning asosiy maqsadi va unda qо‘yilgan masalalar quyidagilardan iboratdir:
milliy axborot-hisoblash tо‘rini yaratish;
axborotlarga tovar sifatida yondashishning iqtisodiy, huquqiy va meyoriy hujjatlarini yuritish;
axborotlarni qayta ishlashning reglamentlashtiruvchi jahon standartlariga rioya qilish;
informatika industriyasini mujassamlashtirish va rivojlantirish;
axborotlar texnologiyasi sohasidagi fundamental tadqiqotlarni rag‘batlantirish va qо‘llab-quvvatlash;
informatika vositalari foydalanuvchilarini tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish.
Fanning maqsadi kimyo injineringidagi axborot texnologiyalarining о‘ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlarini, axborot texnologiyalarini inson faoliyatining turli soxalarida qо‘llanilish asoslarini о‘rgatishdan iboratdir. Bunda asosiy e’tibor axborot texnologiyalarini kimyo soxasida qо‘llanilishiga qaratilgandir. Fanning vazifasi, talabalarni axborot texnologiyalarini texnik va dasturiy vositalari bilan tanishtirish va bu vositalarni ishlab chiqarish, ilmiy talqiqot ishlari, xamda о‘quv jarayonlariga tadbiq etish usullari va ularning о‘ziga xos xususiyatlarini о‘rgatishdan iboratdir.
Bu kimyo mashinasozligi tarixinini bir qancha zaruriy voqealarni xisobga olmagan xolda kimyoviy injineringn dasturisiz tasavur qilib bo`lmaydi. Kimyoviy asos sajarasida asosiy voqealarni nashr etish orqali kimyo mashinasozligini tasavur etish mumkin.
Kimyo mashinasozligi boshlang`ich asri deb bosqichma-bosqich ixtrolar va yutuqlar xisoblanadi.
Bundan tashqari ro`yxatda 1977 yilda Haugen va 1985 yilda Freshwatter va Yates e`lon qilingan asarlarida keltirilgan bir necha bosqichlarni kimyo mashinasozligi soxasining evalyutsiyasini anglatadi.
Yaqinda Chemical Engineering Progress jurnalida 30 ta avtor va ularning kitoblarini ro`yxatini e`lon qildi, qaysiki kimyo mashinasozligini yaratilishida asosiy sox abo`lib xizmat qildi. Shular asosida biz ta`kidlashimiz mumkinki, kimyo injinering o`quv dasturi qanday rivojlanganligini ko`rib chiqishimiz mumkin. [A-1, 1 bet.]1
Do'stlaringiz bilan baham: |