Arxitektura va arxeologiya.
O’rta Osiyoda neolit davridan boshlab insonlar qurilish ishlari bilan shug’ullanib kelgan. Eng avval yashash uchun uylar, bronza davridan boshlab esa ijtimoiy xarakterdagi binolar qurilgan (ibodatxona, saroy, harbiy istehkomlar, yo’llar va yo’l bo’yi inshootlari va hakozalar). Binolar me’morchilik qoidalari va qonuniyatlar asosida barpo etilgan. Me’morchilikning simmetriya, proportsiya, seysmistik kabi qonuniyatlari borki bular buzilgan taqdirda binoning yashash davri uzoqqa bormaydi.
Me’morchilik tarixi bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar arxeologlar ochib o’rganayotgan har bir binoning qurilish qonuniyatlari bilan qiziqib boradi va birga tadqiqotlar olib boradi.
Me’morchilik ijtimoiy tarixni beradi, jamiyatning rivojlanish darajasini ko’rsatuvchi belgi. Neolit davrida bir xonali uylarning paydo bo’lishi monogam oilaning shakllanganligini, ko’p xonali uylarning qurilishi patrearxal oilaning paydo bo’lganligini ko’rsatsa, uylarning bir joyda jamlanishi qishloqlarning, monumental binolarning qurilishi esa shaharlarning paydo bo’lishi jarayonlarini ko’rsatadi.
Din tarixi ibodatxonalar, sinflarning shakllanishi va rivojlanishi saroylar, harbiy san’atning rivojlanishi qal’alar me’morchiligi misolida o’rganiladi.
Kompyuter texnologiyalari va arxeologiya.
Kompyuter texnologiyalari deyarli hamma fanlarning, jumladan arxeologiyaning ham rivojlanishiga xizmat qilmoqda.
Arxeologik tadqiqotlar o’tkazishda, qazishmalarni fiksatsiya qilishda, qazishmalarning foto suratlarini olish va kompyuterga o’tkazish, topilmalarning suratini olish va kompyuterga o’tkazish, yodgorliklarning kosmik tasvirlarini kompyuterga o’tkazish, GIS texnologiyalarni amalga oshirishda, arxeologik yodgorliklarning xaritasini tuzishda, eng kichik topilmalarni kompyuterda kattartib ko’rish kabi eng qiyin amallarni bajarmoqda.
Topilmalarning bazasini yaratish, taqqoslash, analogiyalar keltirish bo’yicha maxsus arxeologik dasturlar yaratilgan.
Arxeologik ma’lumotlarni ommalashtirish bo’yicha xalqaro internet tizimida ilmiy va ilmiy ommabop saytlar yaratilgan. Bu saytlarda arxeologiya bo’yicha kunlik axborotlar tarqatilib borilmoqda. Saytlarning eng qimmatli tomoni shundaki ularda arxeologiya bo’yicha ilmiy seminar, kallokvium, konferentsiyalar haqida e’lonlar tarqatilib, anjuman materiallari saytlarda e’lon qilib borilmoqda. Har bir saytning elektron kutubxonalari tashkil etilib, arxeologik adabiyotlarning bazasi oshib bormoqda.
Quyida arxeologiya fani bo’yicha yaratilgan saytlarning ayrimlarining elektron manzillarini berishni lozim topdik.
www.arxeologiya.uz www.archaologie.de www.tillabulak.de www.dainst.de www.arheologiya.ru …..
Do'stlaringiz bilan baham: |