Ximiya va arxeologiya.
Zamonaviy arxeologiya fani ximiyasiz ilmiy tadqiqotlar ishlarini olib bormaydi. Jahondagi barcha arxeologiya instituti tarkibida ximiyaviy laboratoriyalar mavjud, jumladan O’zR FA arxeologiya instituti tarkibida ham “Moddiy madaniyat ashyolari tarkibini aniqlash va restavratsiya qilish” laboratoriyasi mavjud. Turli xil moddiy madaniyat ashyolarining tarkibini aniqlashda ximiya fani yutuqlaridan foydalaniladi. Masalan, bronza degan metall tabiatda sof holda uchramaydi. U qo’rg’oshin (ruh) va misning qorishmasidan tayyorlanadi. Qadimgi ajdodlarimiz tomonidan tayyorlangan metall buyumlarning tarkibini ximiya fani aniqlaydi.
Har qanday arxeologik tadqiqot yodgorliklarning buzilishiga olib keladi. Yodgorlikni qazimasdan - buzmasdan uni o’rganib bo’lmaydi. Tamirlovchi - kimyogarning vazifasi ochilgan arxitektura inshootlarini ta’mirlash, devorlarni kimyoviy usulda qotirish, muzeylashtirishdan iboratdir.
Tamirlovchi kimyogarlar nafaqat me’morchilik inshootlarini, balki yog’och, suyak, loydan yasalgan, tez maydalanib ketadigan ashyolardan yasalgan predmetlarni ham ta’mirlab berishi kerak.
Devoriy suratlarni ta’mirlash. O’zbekistonda devoriy suratlarni ta’mirlash (qotirish), olish va muzeylashtirish bo’yicha jahonda tengi yo’q maktab yaratilgan. Afrosiyob, Bolaliktepa, Poykent devoriy suratlari bunga misoldir. Devoriy suratlar eng nozik amaliy san’at turlaridan biri bo’lib, antik va ilk o’rta asrlar davrida O’rta Osiyoda keng tarqalgan. Nafaqat shahar (Afrosiyob), balqi qishloqlarda (Bolaliqtepa) ham devoriy suratlar chizish an’anaga aylangan. Devoriy suratlar original kattalikda, yorqin bo’yoqlarda, ma’lum obrazlar ifodalanishi bilan xarakterlanadi.
Tadqiqotlar natijasida devoriy suratlar aniqlanganda 1-2 sm tuproq qoldiriladi. Ximik yo’l bilan qoldirilgan tuproq qotiriladi. Surat tushirilgan devor kvadratlarga bo’lib olinadi. Laboratoriya sharoitida qotirilgan 1-2 sm tuproq tozalanadi va surat ochiladi.
Mis va bronzadan yasalgan buyumlarni tozalash va restavratsiya qilish. Juda ko’p predmetlar, idishlar, taqinchoqlar, tangalar, muhrlar, tamg’a kabi san’at asarlari mis va bronzadan yasalgan. Ular er qariga tushganda juda tez korruziyaga uchraydi va yashil rangdagi qoplamaga o’ralib qoladi. Misdan yasalgan topilmalar yashil rangli qoplamadan tozalanmasa korruziya davom etaveradi. Shu sababli restavratsiya quyidagi usullarda olib boriladi:
Mexanik yo’l. O’tkir tig’li asbob bilan yashil qoplamadan tozalanadi;
Biologik yo’l. Kichik hajmdagi mis va bronzadan yasalgan predmetlar pomidor, limon kabi mevalar ichiga solib qo’yiladi. Mevalar korruziyani so’rib olish xususiyatiga ega.
Suvga solib qaynatish natijasida yashil qoplamadan tozalash.
Kimiyoviy yo’l. Ximik moddalar yordamida korruziyadan tozalash. Bu yo’l eng yomon bo’lib, ehtiyot bo’lmasdan uzoq vaqt ximikatda saqlansa predmetning o’zini ham emirib tashlash mumkin.
Loydan yasalgan predmetlarni saqlash, restavratsiya qilish. Loydan yasalgan haykallar, tablichkalar, terrakotalar juda tez maydalanib ketish xususiyatiga ega. Shu sababli ular qotirishga, restavratsiya qilishga muhtoj. Ular har haftada bir marta kimyoviy yo’l bilan qotirib boriladi. Qattiq moddaga aylangandan so’ng bu ish to’xtatiladi. Loydan yasalgan predmetlarni kimiyoviy yo’l bilan qotirishning kamchilligi shundan iboratki, predmet rangga bo’yalgan san’at asari bo’lsa ranglar ximikat ta’sirida o’zgarib ketadi.
Suyaklarni qotirish usuli. Suyaklar namlik ta’sirida mo’rd holatga kelib qoladi. Shu sababli ularni kimiyoviy usul bilan qotirish tavsiya etiladi. Qotirishdan avval suyak tuproqdan tozalanadi va turgan joyida qotiriladi va 1 sutkadan so’ng olish tavsiya etiladi.
Temirdan yasalgan predmetlarni restavratsiya qilish. Temir eng tez korruziyaga uchraydigan metaldir. Mis va bronzadan yasalgan predmetlar yashil qoplama bilan o’ralib o’zini himoya qilish xususiyatiga ega. Temir tez emirilib, bo’laklarga bo’linib ketadi. Shu sababli temirni joyida, qimirlatmasdan qotirib olish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |