Diamagnit moddalar – magnit maydonini zaiflashtiradi. Bularga misol tariqasida suv, oltin, kumushni ko’rsatish mumkin. Diamagnit moddalar uchun magnit singdiruvchanlik masalan, kumush uchun ga teng.
Paramagnit moddalar – magnit maydonini kam miqdorda kuchaytiradi. Ularning magnit singdiruvchanligi masalan, alyuminiy uchun ga teng.
Ferromagnit moddalar – magnit maydonini juda katta miqdorga kuchaytiradi. Bularga temir va uning qotishmalari kiradi. Temir uchun .
Amper qonuni – magnit maydoniga joylashtirilgan, uzunligi l bo’lgan o’tkazgichdan I tok kuchi oqayotgan bo’lsa, magnit maydoni tomonidan bu o’tkazgichga quyidagi kuch ta’sir qiladi.
(51)
bu yerda B – magnit maydonini harakterlaydigan kattalik bo’lib, unga magnit induksiyasi deyiladi. (1) formulada - magnit maydoni kuch chiziqlari bilan elektr toki yo’nalishidagi burchak. (1) dan quyidagini yozamiz
(52)
Agar tokli o’tkazgich magnit maydoni kuch chiziqlariga perpendikulyar bo’lsa,
(53)
Bu formuladan foydalanib, magnit induksiyasining mohiyatini ochish mumkin.
Magnit induksiyasi son jihatdan magnit maydon kuch chiziqlariga perpendikulyar joylashgan, 1m uzunlikdagi o’tkazgichdan 1A tok o’tganda unga ta’sir qiladigan kuchga teng. Uning o’lchov birligi Tesla.
Magnit maydoni induksiyadan tashqari magnit kuchlanganligi H bilan harakterlanadi. U birligida o’lchanadi. Magit maydon kuchlanganligi bilan induksiyasi quyidagicha bog’langan.
(54)
bu yerda μ – muhitning magnit singdiruvchanligi bo’lib, u bu muhitda tokli o’tkazgichga ta’sir qilayotgan kuch vakuumdagiga nisbatan necha marta katta ekanligini ko’rsatuvchi birliksiz kattalikdir. magnit doimiysi bo’lib, uning son qiymati
Biror S yuza orqali o’tayotgan kuch chiziqlarining soniga magnit oqimi deyiladi. Magnit oqimining birligi Veber. Magnit oqimi magnit induksiyasi bilan quyidagicha bog’langan
(55)
bu yerda - magnit kuch chiziqlari bilan S yuzaga o’tkazilgan normal orasidagi burchak. Agar bo’lsa
(56)
Agar uzunligi l bo’lgan o’tkazgich magnit maydonida v tezlik bilan harakat qilsa, unda ε elektr yurituvchi kuchi paydo bo’ladi.
(57)
bu yerda - magnit maydoni kuch chiziqlari bilan tezlik yo’nalishi orasidagi burchak. Agar zaryadlangan zarraga magnit maydoniga kirsa, unga Lorens kuchi ta’sir qiladi.
(58)
Magnit maydoni energiyasi quyidagicha aniqlanadi.
(59)
bu yerda I – tok kuchi, L - induktivlik.
Shu o’rinda ХБС ning asosiy birligi bo’lgan amperning ta’rifini keltiramiz.
Vakuumda bir biridan 1m masofada joylashgan cheksiz uzun va o’ta ingichka ikkita parallel o’takazgichning har bir metrida o’zaro ta’sir kuchini hosil qila oladigan o’zgarmas tok kuchiga bir amper deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |