NAZORAT SAVOLLARI
1. Ekologiya atamasining fanga birinchi bo‘lib kim kiritgan va qanday ma’noni anglatadi?
2. Fan sifatida ekologiyaning qisqacha tavsifini keltiring?
3. Ekologiya qaysi fanlar bilan aloqador?
4. Ekologiya bilan tabiat muhofazasini munosabati qanday?
5. Ekologiya qanday bo‘limlarga bo‘linadi?
6. Sinekologiya va autekologiya nimalarni o‘rganadi?
7. Ijtimoiy ekologiya qanday muammolarni o‘rganadi?
8. Ekologiya qanaqa funksiyalarni bajaradi va qanday vazifalarni hal qiladi?
9. Ekologiyaning dunyoqarashni shakllantirishdagi ahamiyati qanday?
10. Muhit va organizmlarning o‘zaro aloqadorligini o‘rgangan E.Gekkel safdoshlari kimlar edi?
11. J. Lamark va K. Linney haqida nimalarni bilasiz?
12. Ekologiyaning jadal rivojlanish bosqichi qachon boshlangan?
13. Tabiat haqidagi fanlarga o‘z hissasini qo‘shgan o‘rta asrlardagi O‘rta Osiyo olimlaridan kimlarni bilasiz?
14. O‘rta Osiyo ekolog-geografik maktabi namoyandalari kimlar bo‘lgan?
15. D.N.Qashqarov, Ye.P. Korovin maktabi shogirdlari tomonidan ekologiyaning qaysi yo‘nalishlari rivojlantirilgan?
EKOLOGIK OMILLAR
1. Ekologik omillarning umumiy ta’rifi
2. Ekologik omillar tasnifi
3. Abiotik omillar
4. Biotik omillar
5. Ekologik omillarning o‘zaro ta’siri
6. Ekologik omillar va ekologik jarayonlar
Adabiyotlar: 12; 18; 21; 28; 30.
Tayanch iboralar: abiogenli, valentlik, geterotroflar, destruktsiya, konservatsiya, sut emizuvchilar, radikal tadbirlar, steno, termitlar, tolerantlik, evri, epipet.
1 Ekologik omillarning umumiy ta’rifi. Omillar atamasi bilan muhit, atrofdagi organizm yoki ularning jamoasini sharoit va elementlarining vaqt va makonda dinamik xilma-xilligi tavsiflanadi. Omil-jarayon yoki uning sharoitini, jarayonga ta’sir etuvchi harakat kuchini yoki qandaydir jarayon yoki hodisaning mavjudlik shart-sharoitini ifodalaydi.
Ekologik omil – muhitning har qayday elementi (yoki sharoiti) bo‘lib, tirik organizmlarning hech bo‘lmaganda bir rivojlanish fazasiga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega. Ekologik omilga nisbatan tirik organizmlar moslashishiga harakat qiladi.
2 Ekologik omillar tasnifi. Ekologik omillar odatda jonsiz (abiotik) tabiat omillari, jonli (biotik) tabiat omillari turkumga bo‘linadi. Muhitning ekologik omillarini batafsil tasniflash I.N. Ponomaryova (1978) tomonidan taklif etilgan. Bu taklif 3.1 jadvalda keltirilgan.
Ba’zi mualliflar antropogen omillarni (ularning muhimligi va o‘ziga xosligidan kelib chiqib) alohida turkumga ajratishadi. 4.1 – jadvalda keltirilgan tasniflash biogeotsenozni ekotop va biogeotsenozga hamda uning komponentlarini tuzuvchilarga bo‘lishga to‘liq mos keladi.
4.1 jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |