Sporalilar sinfi – Sporazoa.
Bosh sodda xayvonlardan sodda tuzilishi bilan farqlanadi;
Xujayra ichi parazitlari xisoblanadi;
Ularda xujayra ichi parazitizmiga moslashishi xisobiga xarakat organoidlari, xazm va qisqaruvchi vakuolalari bo‘lmaydi;
Rivojlanish sikli murakkab, jinsiy va jinssiz ko‘payishi gallanadi.
Kotsidiyalar va qon sporalilari turkumlari tibbiy axamiyatga ega;
Koksidiyalar turkumi – Coccidia
Toksoplazma Toxoplasma gondii - toksoplazmoz qo‘zhatuvchisi;
Joylashishi: odam, sutemizuvchilar va qushlarning bosh miya, jigar, taloq, limfa tugunlari va mushak xujayralarida;
Tarqalishi: xamma joyda;
Morfologiyasi: shakli yarimoysimon apelsin bo‘lagiga o‘xshash; tanasi bir tomoni to‘mtoq ikkinchisi o‘tkirlashgan. Orqa tomonida xo‘jayin xujayrasiga birikishga xizmat qiladigan konoid bo‘ladi;
Xayotiy sikli: murakkab, definitiv xo‘jayini mushuk va mushuksimonlar, oraliq xo‘jayini qo‘shlar, sutemizuvchilar va odam. Toksoplazmoz tabiiy – manbali kasallik, antropozoonoz; definitiv va oraliq xo‘jayin uchun invazion bosqichi ootsista xisodlanadi. Definitiv xo‘jayin organizmida ketma-ket shizogoniya, gametogoniya, jinsiy jarayon va sporogoniya kechadi; ootsistalar mushuk organizmidan axlati, siydigi, burun suyuqligi va so‘lak bilan chiqadi;
Oraliq xo‘jayinga ootsista ifloslangan oziq bilan yuqadi, transplatsentar yo‘l bilan xam yuqishi mumkin;
Oraliq xo‘jayin organizmida sporozoitlar ichki organlar xujayralariga kirib endogoniya usulida ko‘payadi, sista va psevdotsistalar xosil qiladi, ularning organizmida sistalar deyarli bir umr saqlanadi;
Laboratoriya diagnostikasi: qon va limfa tugunlari suyuqligini mikroskopda tekshirish, biosinov, irologik va allergik sinovlar;
Profilaktikasi: shaxsiy gigiena, xomilador ayollarni toksoplazmozga tekshirish;
Gemosporidiylar turkumi – Haemosporidia.
Tibbiy jixatdan plazmodiylar avlodi muxim, bu avlodga bezgak qo‘zg‘atuvchilari kiradi;
Odamda bezgak plazmodiysining 4 ta turi parazitlik qiladi:Pl. vivax - tropik va issiq mamlakatlarda ko‘p tarqalgan, Pl. falciparum - issiq iqlimda tarqalgan eng xavfli; Pl. malriae - kam uchraydi; Pl. ovale - MXD mamlakatlari xududida uchramaydi;
Rivojlanish sikli: plazmodiylarning definitiv xo‘jayini va tashuvchi Anofeles avlodiga mansub chivinlar. Oraliq xo‘jayini odam.
Odam organzmida plazmodiy shizogoniya usuli bilan jinsiy ko‘payadi va merozoitlar, shizontlar va gamontlar xosil qiladi;
CHivin organizmida jinsiy jarayon va sporogoniya kechadi.
Odamga chivin chaqqanda sporozoitlar yuqadi, sporozoit odam uchun invazion;
Sporozoitlar qon bilan jigar va retikuloendotelkal sistemasi xujayralariga keladi, sporozoitlar yumaloqlashib shizontga aylanadi va proeritrotsitlar shizogoniya boshlanib 6-8 kun davom etadi, shizogoniya natijasida bitta shizontdan 1000-1500 gacha merozoitlar xosil bo‘ladi va jigar xujayralarini yorib qon tushadi;
Qondan merozitlar eritrotsitlar ichiga kirib endoeritrotsitar shizogoniya boshlanadi. Eritrotsitlar ichida merozoitlar shizontga aylanib, uzuksimon, amyobasimon shizont bosqichlarini o‘tib shizogoniya boshlanadi.Pl. Vivax -22 ta, Pl. malriae – 6-12 ta, Pl. falciparum – 12-18 ta merozoit xosil qiladi va eritrotsitlarni parchalab qonga tushadi, qondan yana eritrotsitlarga kirib sikl takrorlanadi;
Pl. Vivax va Pl. falciparum da endoeritrotsitar shizogoniya 48 soat (3 kunlik bezgak), Pl. malriae da 72 soat (4 kunlik bezgak) davom etadi.
Qondagi merozitlardan bir qismi etilmagan erkak gamontlari mikrogametotsitlarga, ayol gamontlari makrogametotsitlarga aylanadi, ularga keyingi rivoji uchun chivin organizmiga tushishi kerak;
SHunday qilib, chivin uchun invazion bosqich mikro va makrogametotsitlar. CHivin oshqozonida gametotsitlar mikro va makrogametaga aylanadi va urug‘lanib zigota xosil qiladi, gametalarning etilishi 150 S dan yuqorida bo‘ladi.
Zigota, ookineta aylanadi, ookineta oshqozon devori osida ootsista aylanib, sporogoniya bilan ko‘payib minglab sporozoitlar xosil qiladi;
Bezgak tipik antroponoz, transmissiv yo‘l bilan yuqadi;
Patogen ta’siri: davriy xurush tutadi, jigar, taloq kattalashadi, progressiv kamqonlik kuzatiladi. Simptomsiz parazit tashuvchilik xam kuzatilishi mumkin;
Laboratoriya diagnostikasi: kasallik qurushi tutgan paytda olingan qon surtmasi yoki qalin qon tomchisining mikroskopiyasi;
Profilaktikasi: SHaxsiy – chivin chaqishidan saqlanish. Umumiy – kasallik va parazit tashuvchilikni o‘z vaqtida aniqlash va davolash;
Do'stlaringiz bilan baham: |