MA’RUZA №6
Mavzu: Zagotovkalarga mexanik ishlov berish.
Reja:
Funktsional, konstruktorlik va texnologik qo’yimlar
O’lcham, shakl va sirtlar joylauvining aniqligi
Aniqlikka erishish usullari
"Aniqlikka erishguncha ishlov berish va o’lchash" usuli
Aniqlikka avtomatik erishish usuli
Tirsak va vilkalarning xizmat vazifasi va ularni tayyorlash uchun texnik talablar
Tirsak va vilkalarning materiali va tanavorini olish usullari
Tirsak va vilkalarga ishlov berish, baza va bazalash sxemalarini tanlash
Ularni yakka, seriyali, ommaviy ishlab chiqarishlardagi ahamiyati, unumdorligi va iqtisodiy samaradorligi
Tirsak va vilkalarni tayyorlash marshruti, qo'llaniluvchi dastgohlar, moslamalar, keskich va o'lchagich asboblar va texnik nazorati
Tayanch iboralar
Texnika, ishlab chiqarish jarayoni, texnologiya, texnologik jarayon, mashina, mashina tasnifi, buyum–mahsulot, asosiy, yordamchi va qo’shimcha buyumlar, qism, detal, tanavor, yig’ma birlik, agregat, resurs, puxtalik, umrboqiylik, amal, ishlab chiqarish, bog’lanish koeffitsienti, ommaviy, seriyali, yakka ishlab chiqarishlar, o’rnatish, texnologik o’tish, yordamchi o’tish, ishchi yurish, yordamchi yurish, me’yorlash, donabay vaqt, asasiy vaqt, amaliy (operativ) vaqt, yordamchi vaqt, tayyorlovchi-yakunlovchi vaqt, kalkulatsiya vaqti.
Mexanik ishlov berish natijasida turli omillar ta’siridan turlicha noaniqliklar va shakl xatoliklari kelib chiqadi. Masalan, bunday shakl xatoliklarni silindrik val tipidagi detallarda ko’rishimiz mumkin, silindrik sirtda bo’ylama kesimi yo’nalishi bo’yicha: konussimon, bochkasimon, egarsimon va egrilik shakl xatoliklari va ko’ndalang kesimi bo’yicha: ovalsimon, ogrankalik hamda ko’pqirralik shakl xatoliklari sodir bo’ladi. Ko’rinib turibtiki bu xatoliklar buyumning asosiy sifat ko’rsatkichlaridan biri geometrik aniqligi bilan bog’liq. Konstruktor har bir buyum va uning detallarini xizmat vazifalariga muvofiq qilib ishlab chiqish bosqichida ularning chizmalarida tegishli bo’lgan gemetrik o’lchamlarini qo’yib, aniqligini, ya’ni har bir o’lchamning chegraviy qiymatlarini va asosiy texnik talablarni o’rnatida.
Ko’rinib turibtiki detallarga ishlov berish jarayonida uning geometrik o’lchamlarining haqiqy absalyut qiymatlariga xech qachon erishib bo’lmaydi. Shuni ko’zda tutgan holda konstruktor ongli ravishda har bir geometrik o’lcham uchun chegaraviy o’lchamlar o’rnatadi, ya’ni qo’yim tayinlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |