Shlitsali vtulkalarga ishlov berish
Shlitsali vtulkalarga ishlov berish oddiy vtulkalarga ishlov berish operatsiyalariga o'xshash bo'lib, faqat shlitsalariga ishlov berishda sidirish asbobi va dastgohlaridan foydalaniladi. Sidirish operatsiyalari 100...120 mm gachi butun sidirgich bilan erishiladi. Shlitsali vtulkalarning ishlov berish aniqligiga bo'lgan texnik talablar vallarni ishlashdagi talablarga o'xshash bo'ladi, biroq ular o'tqaziluvchi dopusklar bilan farq qiladi.
Yuqori aniqlikdagi yupqa devorli silindrlarni ishlashning o'ziga hosligi.
Bu detallarning na'munaviysiga misol qilib avtomobil va traktorlarning silindrik gilzalarini olish mumkin. Traktolar gilzalarini (5.4-rasm) mexanik xususiyati СЧ21-40 (ГОСТ 1412-79) dan kam bo'lmagan cho'yanlardan tayyorlanadi. Ichki silindir sirtining qattiqligi ЮЧТ bilan ishlanganda НRC=40 dan kam emas, tozaligi Ra=0,32...0,16 mkm, ovalligi va konussimonligi 0,02 mm dan oshmasligi kerak.
Gilzalarni tipoviy marshruti: dastlabki ichki yo'nish; qora va toza tashqi yo'nish; toblash va bo'shatish, toza ichki yo'nish; birlamchi xonlash; uzl-kesl xonlash.
Gilzalarni ishlashda asosiy qiyinchilik ularni mahkamlash hisoblanadi, chunki ular osongina deformatsiyalanadi. Shuning uchun ko'pincha gilzalar silindr sirti bo'yicha emas yon sirtlari bo'yicha mahkamlanadi (5.5-rasmga qarang). Asosiy diqqatni gilzani o'rnatiluvchi sirtlariga ularni gilzaning asosiy o'qiga to'g’ri joylashishiga, xon o'qini gilza o'qiga aniq qilib joylashishiga va kesish rejimlarini to'g’ri tanlashga qaratish kerak.
Tayyorlanuvchi detallarda sodir bo’luvchi asosiy geometrik
xatoliklarni tasvirlab bering.
“Aniqlikka erishguncha ishlov berish va o’lchash” usulini tavsiflab
bering.
“Aniqlikka avtomatik erishish” usulini tavsiflab bering.
Yuqoridagi ikki usulning yutuqlari va kamchiliklari nimalardan
iborat?
Mashinasozlikda aniqlik deganda nimaga tushunasiz?
Mashina, mexanizm va ularning detallarining funktsional qo’yimi
(dopuski) tushinchasini izohlang? U qaysi qo’yimlardan tashkil topgan?
Texnolrgik tizim deganda nimaga tushinasiz? Izohlang!
Nominal, haqiqiy va chegaraviy o’lchamlar tushunchalarini izohlang?
Qo’yim tushunchasi va u qanday aniqlanadi?
Aniqlikka ta’sir ko’rsatuvchi omillar qaysilar?
Tirsakli vallarni tayyorlashning ahamiyati?
Tirsakli vallarga ishlov berish tortibi va texnologik marshrutini izohlang?
Vtulkalarga qanday texnik talablar qo’yiladi?
Vtulkalar uchun qanday material va tanavorlar ishlatiladi?
Vtulkalarning konstruktiv ko’rinishlari qanaqa?
Vtulkalarni tayyorlashda bazalar qanday tanlanadi?
Vtulkalarni tayyorlashning qanday texnologik marshrutlarini bilasiz?
Nazorat qilish qanday amalga oshiriladi?
Shlitsali vtulkalarga ishlav berishning farqi nimada va qaysi usullar bilan ishlanadi?
Silindirli gilzalarga ishlov berishning ahamiyati nimada?
Do'stlaringiz bilan baham: |