Ma'ruza №6. Mashinasozlikda aniqlik Reja: Umumiy tushunchalar. Aniqlikka erishish usullari


Кeskich asboblarning noaniqligi va yeilishi



Download 69,17 Kb.
bet6/7
Sana22.12.2022
Hajmi69,17 Kb.
#893981
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ma\'ruza №6. Mashinasozlikda aniqlik Reja Umumiy tushunchalar. A

3.4. Кeskich asboblarning noaniqligi va yeilishi

Кeskich asboblar (ayniqsa o’lchamli asboblar: parma, razvertka, zenker, teshik sidirgich ichki-ariqchalar ochuvchi frezalar va fasonli shakldor asboblar) noaniqligi ko’p hollarda to’g’ridan-to’g’ri ishlanuvchi tanavorlarga ko’chib o’tadi, ishlanuvchi yuzalarda shakl va o’lcham sistematik xatoliklar paydo bo’lishiga sababchi bo’ladi.


Ammo, maxsus asbobsozlik zavodlarida yoki asbobsozlik sexlarida tayyorlanuvchi keskich asboblarning aniqligi yuqori bo’lganligi sababli tayyorlanuvchi detallar aniqligiga kam ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun bu xatoliklar ko’pincha hisobga olinmaydi.
Tanavorlarni ishlash aniqliklariga ko’proq keskich asboblarning yeilishi ta’sir ko’rsatadi.
Кeskich asboblarning yeilishi, sozlangan dastgohlarda, o’lcham "Aaniqligiga avtomatik erishish" usuli bilan ishlaganda, ishlov berishning o’zgaruvchan sistematik xatolik paydo bo’lishiga olib keladi.
Tanavorga toza ishlov berishda keskichning orqa tomoni ko’proq eyiladi, bu esa keskich uchini aylanish o’qidan radial eyilish miqdorida uzoqlashtiradi va tashqi yo’nish radiusini kattalashtiradi (yoki ichki yo’nish radiusini kichiklashtiradi).
Eyilishning umumiy qonuniyatiga asosan, keskich asbobning boshlang’ich ishlash davrida sirpanib yeilishi, boshlang’ich eyilish deb atalib, jadal yeilishi ro’y beradi (1-uchastka 6.1-rasm). Boshlang’ich eyilish davrida asbobning kesuvchi tig’ida ishlovchanlik (prirabotka) sodir bo’ladi, alohida notekisliklari parchalanib ko’chib tushadi va har-xil shtrixlari, kesuvchi tig’larning charxlashdan qolgan izlari tozalanib-dazmollanib silliq holga keltiriladi. Bu davrda ishlangan yuzalarning g’adir-budurligi asta-sekin kamayib boradi (6.1-rasm).
Boshlang’ich eyilish Eb va uning davom etish masofa uzunligi Lb (asbob ishlovchanligining davom etishi) keskich asbob va buyum materialiga, charxlash sifatiga, shuningdek, keskich asbobning etqazib o’tkirlashtirilganligiga va kesish rejimiga bog’liqdir. Кo’pincha boshlang’ich eyilishning davom etishi kesish yo’li Lb bilan belgilanib, 500-2000 metr oralig’ida bo’ladi (birinchi raqam yaxshi etqazib o’tkirlashtirilgan asboblarga va ikkinchisi esa bevosita charxlangan asboblarga mos keladi).



6.1-rasm. Eyilishning kesish yo’liga bog’liqlik grafigi


Eyilishning ikkinchi davri (ІІ-uchastka) asbobning normal yeilishini tavsiflaydi, bu kesish yo’li uzunligiga to’g’ri proporsionaldir. Eyilishning bu davrdagi jadalligi nisbiy eyilish En (mkm/km) bilan belgilanib, quyidagi formuladan aniqlanadi;


En = E / L (6.1)
bu erda: E – kesish L yo’lidagi o’lchovli eyilish mikrometrda;
L- normal eyilish zonasidagi kesish yo’li kilometrda.
Masalan: T15 К6 markali keskich bilan ishlov berilganda, normal eyilish davriga mos keluvchi kesish yo’li L 50 km gacha etishi mumkin.
Eyilishning uchinchi davri (ІІІ-uchastka) ko’proq jadal eyilib, katastrofik emirilishga to’g’ri kelib, keskich asbobning ko’proq parchalanishi va hatto sinib ketishi kuzatiladi. Asbobni normal eksplua tasiya qilish davrida esa bunga yo’l quyilmaydi.
Кeskich asbob yeilishining ishlash aniqligiga 2-zonada sodir bo’luvchi normal eyilish sharoitida mos keluvchi miqdorini quyidagi formula bilan hisoblanadi,
E = EnL / 1000, (6.2)
bu yerda: E - keskich asbobning normal yeilishi, mkm da;
En –keskichning nisbiy yeilishi, mkm / km. Da;
L - kesish yo’li uzunligi masofasi, metrda.
Yo’nishga oid kesish yo’li uzunligi masofasi
L = π·D·l/(1000·S), (6.3)
bu yerda: D - ishlanuvchi tanavor diametri, mm.da;
l - ishlanuvchi tanavor uzunligi, mm.da;
S - surish, mm/aylana.
Yon sirtli freza bilan frezalashda kesish yo’li L ni taxminan quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:
L = l·B / 1000·Sum yoki L = l· B / 1000· Z·Sz (6.4)
bu erda: l -frezaning yoki stolning ishchi yurish masofasi uzunligi, mm;
V - frezalash maydoni-tekisligining eni, mm;
Sum - frezaning umumiy surilishi, mm/aylana;
Z - freza tishlarining soni;
Sz - freza har bitta tishining surish miqdori, mm/tish.
Oxirgi formuladan ko’rinib turibdiki, tishlar soni Z ni ko’paytiril ganda, kesish yo’li uzunligi kamayadi va o’lchamli turg’unlik paydo bo’ladi hamda ishlov berish aniqligi ortadi.
Aniqlanishicha, tanavorlarni frezalashda keskichlarining yeilishi, yo’nishga qaraganda jadalroq tarzda o’tadi, chunki asbob og’ir sharoitda ishlab, ishlanuvchi tanavorga tishlari ko’p marotaba urilib kirib chiqadi. Frezalashdagi asbobning nisbiy yeilishi Enfr. (6.1) formula bilan aniklangan yo’nishdagi nisbiy eyilish En ga qaraganda kattaroq bo’ladi, yoki:
Enfr. =(1+100/V)·En (6.5)
bu yerda, 100/V miqdor - eni V tanavorni frezalashda freza tishlari urilib kirishini hisobga oluvchi miqdor.
(6.1) - (6.5) formulalar bilan hisoblashni, asbobning normal eyilish sharoiti eyilish grafigining 2-sohasi uchun qo’llash mumkin.
YAngi yoki qayta charxlangan asbobning yeilishini ko’rsatilgan formulalar bilan hisoblashlar ancha kamaygan natijalar beradi,chunki bunda asbobning intensiv yeilishi ishlovchanligi davrida L kesish uzunligi masofasida hisobga olinmay qoladi. Bu esa yig’indi eyilishni E1 miqdorga oshiradi.
Hisoblashlarni murakkablashtirmaslik, asbobni boshlang’ich yeilishini hisobga olish uchun, kesish yo’li uzunligi Lni hisoblash (6.3) va (6.4) formulalar bilan aniqlanganda bir qancha qo’shimcha Lkush. miqdorga orttirish kerak.
Bu holda (6.2) tenglik bir oz o’zgarib, quyidagi ko’rinishni oladi;
E = En·(L+Lqo`sh)/ 1000 (6.5)
Etkazilib o’tkirlangan asboblar uchun qo’shimcha kesish yo’li Lqo`sh =500 metr, oddiy charxlangan asboblar uchun Lkush = 1500 metr va ularning o’rtacha qiymati Lqo`sh = 1000 metrga teng bo’ladi.
Кeskich asbobning nisbiy yeilishi En ko’p hollarda uning materialiga, kesish rejimiga, ishlanuvchi mahsulot materialiga va texnologik tizim bikrligiga bog’liq. Texnologik sistemaning titrashini kamaytirish maqsadida uning bikrligi oshirilganda, keskich asbobning yeilishi ko’zga ko’rinarli miqdorda kamayadi.
Issiqlikka chidamli materiallarni ichki yo’nishda, keskichlarning nisbiy yeilishi, shu materiallarni tashqi yo’nishdagi keskichlarning nisbiy yeilishiga qaraganda 1,5 - 6 barobar ko’proq bo’lar ekan, chunki bu holat teshiklarga ishlov berganda, kesish noqulay sharoitda o’tkazilishi bilan tushuntiriladi.
Surish miqdori oshirilganda nisbiy eyilish bir-qancha ortadi. Shuningdek, termik ishlov berilgan po’lat 35XMni T15К6 keskich bilan yo’nish jarayonida surishni 0,1 dan 0,28 mm/ayl-gacha oshirilganda va kesish tezligi 4,0 m/s (240 m/min) bo’lganida, nisbiy eyilish 15 dan 18 mkm/kmga yoki 20 foizga oshgan. Birok, kesish yo’li bu vaqtda (6.3) formula bo’yicha hisoblansa 2,8 marta kamayadi, (6.2) formulaga binoan umumiy eyilish 57 foizga kamayadi.
Asbobning umumiy o’lchamli yeilishi surishga teskari proporsional bo’lganligi sababli, (6.1) - (6.4) formulalarga binoan ayrim hollarda surish miqdorini oshirish, asbobning umumiy o’lchamli turg’unligini oshiradi va texnologik sistema etarlicha bikr bo’lsa ishlov berish aniqligini oshiradi.
Surish miqdorini oshirishga imkon beruvchi eni keng keskichlar va boshqa dazmollovchi faskali asboblarni qo’llash ishlov berish aniqligini oshishini ta’minlab, bir vaqtning o’zida mehnat unumdorligini ham oshiradi.
Кesish chuqurligini o’zgartirish, asboblarning nisbiy yeilishiga kam ta’sir ko’rsatadi. Nisbiy eyilishga keskichning orqa burchagini o’zgartirish sezilarli tarzda ta’sir ko’rsatadi. Orqa burchakni 8 gr.dan 15 gradusgacha o’zgartirilganda T15К6 markali keskich bilan termik ishlangan 35XM markali po’latga 2,3 m/s (140 m/min) tezlik bilan yo’nganda nisbiy eyilish 13 dan 17 mkm/km gacha yoki 30 foizga ortgan. Buni, keskich tig’ining bo’shashganligi va issiqlikni ketkazish sharoitini yomonlashganligi bilan tushuntirish mumkin.
Кeskich asboblarning yeilishini hisoblashda normativlar va ma’lumotnomalarda keskich asboblar va ishlanuvchi tanavorlar materiallariga bog’liq holda keltirilgan birlamchi berilganlardan foydalaniladi.
6.1-jadvalda toza tashqi va ichki yo’nishda keskichlar yeilishiga muvofiq keltirilgan miqdorlar, ishlov berish xatoligini hisoblshda asbobning o’lchamli yeilishiga bog’liq holda asos bo’llshi mumkin.
6.1-jadval
Kesish chuqurligini t=0,1…0,3 mm bo’yicha yo’nib, g’adir-budurligi
Rz=10 mkm sirt hosil qilishda keskichning nisbiy yeilishi Eo va kesish rejimlari





Ishlov berilayotgan
material va uning tuzilishi

Asbobning
materiali va markasi

Kesish rejimlari

Kesuvchi asbobning
Kesish yo’li metrlar bilan ifodalanganda
g’adir-budurlik bo’yicha turg’unligi

Nisbiy eyilish Eo,
Mkm/km

Krsish
Tezligi
V, m/min

Surish S,
mm/ayl

1

Sifatli uglerodli
Konstuksion po’lat

T30K4
El’bor

100-180
550-600

0,04-0,08
0,04-0,06

12 500
25 000

6,5
3,0

2

Legirlangan
Konstruksion po’lat

T30K4
El’bor

100-180
450-500

0,04-0,08
0,04-0,06

20 000

4,7

3

Korroziyabardosh,
Issiqbardosh va
olovbardosh legir-
langan po’lat

T30K4
El’bor

80-120
200-220

}0,02-0,04

11 000
15 500

6,5
3,0

4

Quyma po’lat

T30K4
El’bor

100-160
200-230

}0,04-0,06

7 000
12 500

8,5
7,0

5

YAxshilangan konstruksionPo’lat (28-31,5 HRCE)

T30K4
El’bor

120-180
350-400

0,04-0,08
0,04-0,06

8 000
15 000

8,5
4,5

6

Toblangan kons-
Truksion po’lat
(41,5-46,5 HRCE)

T30K4
El’bor

70-150
300-350

0,02-0,05
0,02-0,04

7 000
21 000

10,0
5,0

7

Kulrang chόyan C
CH 15 va СCH 18
П+Ф+Г o’rtacha

ВK 3M
ЦM-332
El’bor

100-160
220-300
300-350

0,04-0,08
0,03-0,06
0,04-0,06

21 000
22 000
30 000

6,0
3,5
2,5

8

Plastinkali kuirang
cho’yan CCH 21 va СCH 18 П+Ф+Г

ВK 3M
ЦM-332
El’bor

120-160
300-350
500-550

0,04-0,08
0,03-0,06
0,04-0,06

23 000
22 000
40 000

6,5
4,3
3,0

9

Bolg’alangan cho’yan KCH30-6
Va KCH37-12
Ф+Г dumaloq

ВK 3M
ЦM-332
El’bor

80-140
200-250
300-350

0,03-0,06
0,03-0,05
0,03-0,06

19 000
18 000
22 000

6-0
3,5
3,0



10

Bolg’alangan cho’yan KCH45-6 Va KCH63-2 П+Ф+Г yumaloq

ВK 3M
ЦM-332
El’bor

120-160
200-250
500-550

0,03-0,06
0,03-0,05
0,03-0,06

17 000
15 000
24 000

8,0
5,5
4,0

11

Modifikatsiyalash-
Tirilgan cho’yanlar
CM

BK3M
ЦM332 El’bor

120-160
300-350
300-350

0,04-0,08
0,03-0,06
0,04-0,06

18 000
19 000
20 000

5-0
3,5
3,0



12

Mustahkamligi
yuqori cho’yanlar
BCH

BK3M
ЦM332 El’bor

120-160
300-350
500-550

0,04-0,08
0,03-0,06
0,04-0,06

21 000
24 000
35 000

7-0
4,5
3,5



Izoh: П - perlit, Ф - ferrit, Г- grafit.






6.1-misol. Konstruksion po’latdan Ø200 x 3000 mm li val yo’nilmoqda. Kesish rejimi: V =100 m/min; t=0,5 mm; S=0,05 mm/ayl; keskich T30K4. Keskichning yeilishi bilan bog’liq bo’lgan valning konussimonligini aniqlang.


6.1-jadval bo’yicha En=6,5 mkm/km.
Echish: Kesish yo’lining uzunligi (6,2) formula bo’yicha aniqlanadi:
L = π· 200·7000 / 1000·0,05 = 37680 m.
Keskichning yeilishi (6.5) formulaga binoan guyidagicha
E = 0,0065·(37680+1000)/1000 = 0,251 mm.
Konus (val chetli diametrlarining ayrimasi):
K = 2·E = 2*0,251 = 0,502 mm.
Konussimonlikni kamaytirish uchun elbordan tayyorlangan keskich qo’llaniladi. 6.1-jadvaldan elbor uchun En=3,0 mkm/km. U holda eyilish
E=0,993·(37680+100)/100=0,116 mm,
Bunda konus K=2E = 0,232 mm bo’ladi.
Valning konussimonligini yana ham kamaytirish mumkin. Buning uchun yo’nish jarayonida surish miqdorini yanada oshirish sarur. Bunday imkoniyatga V.M. Kolesov keskichi ega, ya’ni S= 3,0 mm/ayl olinadi. Bu holda T30K4 markali keskich bilan ishlashda kesish yo’li birmuncha qisqaradi, ya’ni
L = π·200·3000/1000·3,0 = 628 m.
Eyilish E 0,0065·(628+1000)/1000 = 0,0106 mm
Konus K=2E=0,021 mm bo’ladi.
Yuqorida keltirilgan tahlil va hisoblar ishlov berilayotgan zaqotovkaning o’lcham va shakl xatoliklarini kesuvchi asbob materialini va konstruksiyasini hamda kesish rejimlarini ratsional tanlash yo’li bilan keskin kamaytirish mumkinligini ko’rsatadi.



Download 69,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish