3.2. Dastgohlarning yyeilishi
Dastgohlarning yyeilishi ishlanuvchi tanavorlarning sistematik xatoliklarini oshirish omillaridan biridir. Bu, birinchi navbatda dastgohlar ishchi yuzalarining notekis yyeilishiga bog’liq bo’lib, bu holat ishlanuvchi tanavorlarda qo’shimcha xatolik chaqiruvchi dastgohlar, alohida qismlarining o’zaro joylashuvini o’zgarishiga olib keladi.
Dastgohlarning aniqligi yo’qolishining eng asosiy sabablaridan biri, ular yo’naltirgichlari yuzalarining yyeilishidir.
Masalan; tokarlik dastgohi ikki smenalab bir yil ishlasa, yakka va seriyalab ishlab chiqarishda ishlanuvchi tanavorlarning o’rtacha o’lchami: diametri 100 mm ularning uzunliklari 150-200 mm simmetrik bo’lmagan uchburchakli yo’naltirgich ishchi qirrasidan old tomonining yeilishi E (mm) o’rtacha qiymati quyidagicha:
toza ishlov berishda - 0,04-0,05 mm;
qisman toza va qisman shilib ishlov berishda:
80 foiz po’latlarga va 20 foiz cho’yanlarga - 0,06-0,08 mm;
90 foiz po’latlarni va 10 foiz cho’yanlarni
shilishda - 0,10-0,12 mm.
Ikkinchi yassi yo’naltirgichning yeilishi bu holda yuqorida keltirilganlarga qaraganda besh marotaba kam bo’ladi. Shuningdek, yo’naltirgichlarning uzunligi bo’yicha ham yeilishi notekis bo’ladi. Tekshirilgan dastgohlar shuni ko’rsatdiki, eng katta eyilish asosan shpindal yon yuzasidan boshlab yo’naltirgich uzunligining 400 mm masofa oralig’ida joylashar ekan.
Oldingi va ketingi yo’naltirgichlarning notekis yyeilishi supportning og’ishiga olib keladi va keskich uchining gorizontal tekislikda siljitadi, natijada ishlanuvchi yuza radiusini kattalashtiradi. Yo’naltirgichlarning uzunligi bo’yicha notekis yeilishi esa, ishlanuvchi tanavorlarda sistematik shakl xatoliklari paydo bo’lishiga olib keladi.
3.3. Dastgohlarning deformasiyalanishi
Dastgohlarni noto’g’ri o’rnatishdan deformasiyalanishi, shuningdek, ular massalarining ta’siridan fundament cho’kishi (stanina va stollar egilib qiyshayishi, yo’naltirgichlar buralishi) tanavorlarga ishlov berishning qo’shimcha sistematik xatoliklarini keltirib chiqaradi.
Bo’ylama-randalash va bo’ylama-frezalash dastgohlari fundamentining cho’kishi, uzunligi 8-12 metr bo’lgan stanoklar yo’naltirgichlarining to’g’ri chiziqligidan og’ish miqdori 3-4 mm oralig’ida bo’lar ekan. Yuqorida ko’rsatilganidek bu xatolik normasi yangi dastgohlar uchun 0,08 mm dan oshmasligi zarur. Yo’naltirgichlarning buralishi ishlanuvchi tanavorlarga o’tib, ishlov beriluvchi yuzalarning noto’g’ri chiziqliligini va notekislikligini hosil qiladi. Demak, dastgohlarni fundamentga o’rnatishda uning og’irligi ta’siridan deformasiyalanishi oldini olish chorasini ko’rish kerak. Bu maqsadda hozirgi zamon ishlab chiqarishlarida turli ko’rinishdagi rostlovchi oyoqchalardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |