Uy-joylarningyorug’likinsolyatsiyasitartibivamikroiqlim. Aholining yashashi uchun ekologik xavfsizlikning mezonlaridan kelib chiqib, uy-joylarda har jihat qulay mikroiqlimni, ya’ni cheklangan kichik joyning o’ziga xos iqlimini ta’minlanishi arxitektura qurilish loyihalashda muhim masalalaridan biri hisoblanadi.
Mikroiqlim ostida turar joy binolarining ichki muhitlari hisobga olingan holda qurilish maydonlarida shakllanadigan o’ziga xos iqlim sharoitini tushunish lozim.
Binolarning ichki muhitini ekologik-gigiyenik baholashda hisobga olinadigan mikroiqlimning asosiy ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat:
havoning harorati;
haroratning darajalanishi (yotiq va tik bo’yicha to’siqlarning va havo haroratining o’rtasida);
infraqizil radiatsiyaning jadalligi; havoning nisbatan namligi;
havoning harakatlanish tezligi.
Yilning issiq davrlarida turar joy va jamoat binolarining mikroiqlimi uchun eng maqbullari quyidagilar hisoblanadi:
havoning harorati 20-25°C; nisbatan namlik 30-60%;
havoning harakatlanish tezligi kamida 0,25 m/s;
to’suvchi konstruktsiyalarning ichki yuzalarining o’rtacha harorati 26-300C.
Yilning sovuq davrlaridaturar joy va jamoat binolarining ikroiqlimi uchun eng maqbullari quyidagilar hisoblanadi:
havoning harorati 20-22°C; nisbatan namlik 30-45%;
havoning harakatlanish tezligi kamida 0,1-0,15 m/s;
to’suvchi konstruktsiyalarning ichki yuzalarining o’rtacha harorati 17-210C.
Yuqorida qayd etilgan ko’rsatkichlarning hech bo’lmaganda bittasi buzilsa, uning boshqa barcha ko’rsatkichlariga ijobiy bo’lmagan ta’sirni olib keladi. Masalan, havoning kamida 20% namligiga nisbatan insonning terisi shilimshiq bo’lib qurib qoladi, immunitet tizimi kuchsizlanadi. Inson quyidagi holatda o’zini shinam his qilmaydi:
havoning kamida 85% namligiga nisbatan;
havoning harakatlanish tezligi 0,1 m/s gacha bo’lganda;
binoning havo harorati o’rtacha radiatsiya haroratidan 2°C ga past bo’lganda.
Ushbu ko’rsatkichlar shuni ko’rsatadiki, inson organizmida o’tadigan biologik jarayonlar bilan turar joy binolarining mikroiqlim tartibi o’zaro chambarchas bog’liqdir.
Inson organizmiga binoning mikroiqlim ta’sirining yomonligi, isitish manbasi sifatida ishlatiladigan gazning ochiq holatda yonishida namoyon bo’ladi. Bundan tashqari zararli kimyoviy moddalar bilan havoning ifloslanishi, gazning yonishi vaqtidagi harorat 3-6°C ga va namlik esa 10% ga ko’tarilishi mumkin. Komp’yuter orqali modellashtirilganda shuni ko’rsatdiki, bu holatda bino xonalari bo’yicha havo va issiqlik oqimlarining harakatlanish tezligi sezilarli ravishda notekisligi, shinam bo’lmagan maydonlarni vujudga kelishini keltirib chiqaradi.
Shuningdek, inson salomatligiga harakatsiz maydonning salbiy ta’siri quyidagi holatda kuchayishi mumkin:
havo almashinuvining qisqa kamayishida;
zich yopilishi bo’yicha juda takomillashgan eshik va deraza omlarning ishlatilishi oqibatida;
binoda shamollatish tizimlarining reglamenti mavjud emasligi.
Binolarning ichki muhitida har jihatdan qulay mikroiqlimni ta’minlanishi bilan bir qatorda turar joy qurilishi chegarasida ham har jihatdan qulay mikroiqlim tartibini saqlash zarur.