Hajmiy loyihalash va konstruktiv yechim
Ekologik mukammal va har jihatdan qulay turar joy binolarini yaratilishi loyihalashni tasniflash asoslarini keyingi rivojlanishini talab etadi. Shuning uchun bino va inshootlarni hajmiy loyihalash va ularning konstruktiv tizimlari hamda chizmalari yechimlarida ekologik talablar sezilarli darajada kengaytirilmoqda. Shunga asosan buyurtmachi yoki foydalanuvchi taklifi asosida bino va inshootlar loyihasining ekologik xavfsiz darajasini ta’minlashi zarur va bir vaqtning o’zida amaldagi qonunchilik va sanitar-me’yoriy hujjatlar bilan qarama-qarshi bo’lmasligi lozim.
Arxitekturaviy qurilishni loyihalash jarayonida bino va inshootlarni (balandligi, eni, maydoni) hajmiy loyihalash va ularning konstruktiv yechimlarini aniqlashda quyidagilarga asosiy e’tibor qaratiladi:
Qurilish, rekonstruktsiya va foydalanishda tabiiy resurslar va qurilish materiallarining xarajatlarini kamaytirish;
Bino va inshootlarning ichki muhitida ekologik ifloslanish va buzilishni oldini olish hamda sanitar-gigiyenik sharoitlarini qulay bo’lishini ta’minlash.
Shu o’rinda, hajmiy loyihalash va ularning konstruktiv yechimlarini tanlashda shovqin ta’siri bilan kurashishga katta e’tibor qaratiladi.
Loyihada joylashtirilgan bino va inshootlarning konstruktiv tizimlari va chizmalari atrof-muhit muhofazasi, ya’ni ekologik maqsadga muvofiqligi talablariga javob berishi lozim.
Hajmiy loyihalash va ularning konstruktiv yechimlari yordami bilan bino va inshootlarning ekologik loyihaviy yechimida quyidagi har xil chora-tadbirlarga erishiladi:
binolarning xonalari yo’nalishi, hajmi va maydonlari o’lchamlarini maqbullashtirish;
er osti maydonlaridan maksimal darajada foydalanish;
binoning eng qulay shaklini tanlash va shamol yo’nalishi bo’yicha mo’ljallash;
muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari (shamollatish, isitish, oqizish, axlat ajratadigan va sh.k.) tizimlarini ekologik xavfsiz loyihalash;
binolarning (tom, devor) barcha yuzalarini ko’kalamzorlashtirish va tekis hududlarni obodonlashtirish, ekologik qoplamani tanlash va h.k.
Mutaxassislar donasiz materiallardan, asosan tabiiy toshdan – yotqiziladigan chorqirra toshlar yuqori ekologik qoplama bo’lishini ta’kidlashgan. Asfal’tbeton qoplamalardan farqli o’laroq, ular darz ketmaydi, kam ta’mirlashni talab etadi va asosiysi tuproqlarni “nafas” olishini saqlaydi, tuproqli mikrofloralarga (mikroskopik mayda o’simliklarga) ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Binoning balandligi xususida, shahar hududlarida turar joy binolarining qavatlari juda katta oraliq ko’lami chegaralarida, ya’ni 3 dan 25 qavatgacha bo’ladi. Ekologik nuqtai nazaridan kichik qavatli yaxlit imoratlarni qurish to’g’ri kelmaydi, sababi yer jamg’armasini tartibsiz ishlatilishiga olib keladi. Biroq, me’yoriy hujjatlarda kichik qavatli turar joy binolari hozirgi vaqtda muhim ko’rinishdagi uy-joy hisoblanishi ta’kidlangan.
Yangi moliyalash manbalarida, kichik hajmli va kam qavatli binolarni yaratish uchun kichik mexanizatsiyalashgan vositalar juda oddiy texnologiyalarga mo’ljallangan. Shuning uchun binolarning konstruktiv yechimlari o’zgarishi zarur. Qavatlarning kamayishi, temir beton qoplamalari va ko’tarib turuvchi beton devorlarning o’rniga juda arzon turdagilarni, ya’ni devorlar g’ovakli beton bloklar yoki g’ishtlardan, tomlar yog’och to’sinlardan va h.k. lardan qabul qilinishiga imkon beradi.
Biroq, bozor iqtisodiyoti sharoitida turar joylarni arxitekturaviy va ijtimoiy muhimligi ko’rib chiqilayotgan bo’lsa, shaharsozlik qoidalariga asosan yirik shaharlar sharoitida ular kattalashishga intilib, bino va uning qavati chegaralanmagan yechim bo’lishi mumkin.
Loyihalanayotgan binoning eng maqbul ekologik sifatini kelajak uchun shakllantirishda, binoning hajmi va maydoni o’lchamlarini maqbullashtirish katta ahamiyatga ega.
Mamlakatimiz bozor iqtisodiyoti sharoitiga va turar joylarni yaratishga o’tishi munosabati bilan, har jihatdan qulay toifaga kirish hisobidan turar joy binolarini hajmiy loyihalash va konstruktiv yechimini kengayishiga imkoniyat yaratildi. Masalan, respublikamiz qishloq hududlarida namunaviy loyihalar asosidagi uy-joy binolari (9.2-rasm).
Yangi me’yorlar uy-joy maydonlarining yuqori chegarasini olib tashlaydi, bu esa uy-joyda ekologik qulaylikni ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Ushbu uy-joy binolarining loyihaviy yechimi quyidagi ekologik qulayliklarni o’z ichiga oladi:
kunduzgi va kechki dam olish maydonlarining ajratilganligi;
kamida ikkita sanitar sharoitni mavjudligi;
uy-joyni ikki darajada, ya’ni bir joydan ikkinchi joyga o’tadigan yotiq va tik holatdagi shamollatish (havoni yangilash);
yashil maydonlarni yaratishga imkoniyat borligi; har xil nurlanishlarning oldi olinganligi;
maxsus arxitekturaviy loyihalash yechimida xonalarni shovqindan samarali himoyalash ta’minlanganligi;
xonalarni shamollatish o’z-o’zini shamollatish tizimi orqali amalga oshirilishi va h.k.
6.2-rasm. Namunaviy loyihalar asosidagi uy-joy binolari
Yaxlit qurilishlar sharoitida uy-joylarning ekologik qulayliklarini yaratilishi va shinamlikni oshirishda me’yoriy talablarni takomillashtirish va amaldagi iqtisodiy qiyinchiliklarni yengib o’tish talab etiladi.
6.3. Bino va inshootlarning ichki muhitini salbiy ta’sirlardan ekologik himoya qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |