I = B( + ,
bunda: — yoyilmadagi jinslarning ko’pchish koeffitsiyenti; -yoyilma balandligi, m, hp— pog’ona balandligi. m.
Yoyilmaning maksimal balandligi quyidagi ifoda orqali an iqlanadi.
=(0,8÷ 0, 9)
Karyer ishchi yonbag’irining qiyalik burchagi karyer ishchi zonusining plandagi miqdorini aniqlaydi va konchilik amaliyotida ishchi yonbag’irining qiyalik burchagi 24 -28° ni tashkil qiladi.
Karyerlarda qazish blokining uzunligini aniqlashga qator omillar ta’sir ko’rsatadi.
Ulardan eng asosiylari: konning joylashish sharoitlari, pog’ona balandligi, qazib olish ishlarining jadalligi kavjoylarning transport bilan uzluksiz ta’minlanishi, tashkiliy-texnik sharoitlar va boshqalar.
Karyerlarda temiryo’l transporti qo’llanilib, yumshoq jinslar cho’michining hajmi 3 bo’lgan ekskavator bilan qazilganda blok uzunligi 100-200 m ni, cho’michning hajmi 5 — 6 ekskavatorlar bilan qazib olinganda blok uzunligi 200 - 300 m va 300 — 350 mm ni tashkil qiladi.
Avtomobil transporti qo’llanganda esa blok uzunligi 100 -300 m (ekskavator cho’michi hajmi 5 gacha) va 350 — 400 m (ekskavator cho’michi hajmi 5 dan katta bo’lganda).
Pog’onadagi ish fronti uzunligi ekskavator bloklarining yig’indisiga teng bo’ladi.
Temiryo’l transporti qo’llanilganda bitta pog’onadagi bloklar soni almashish (poyezdlar almashishi) jarayonlarini sharoiti bo’yicha 3 tadan oshmasligi kerak, avtomobil transportida esa bloklar soni 5-6 tani tashkil qilishi mumkin.
Ochish ishlari va foydali qazilmani qazib olish ishlari frontlarining yig’indisi karyer ish frontini tashkil qiladi. Foydali qazilmani qazib olish fronti uzunligi qancha katta bo’lsa, karyer unumdorligi ham shuncha katta bo’ladi.
Gorizontal va yotiq konlarda ish fronti surilishining tezligi foydali qazilmani qazib olishdagi ekskavatorlarning unumdorligi bo’yicha aniqlanishi mumkin:
=
Bunda: h — foydali qazilma pog’onasi balandligi, m; foydali qazilmani qazib oladigan ekskavator blokining uzunligi, m.
Qiya va o’ta qiya konlarni qazib olishda ish fronti surilish tezligi karyer chuqurlashib borish tezligiga bog’liq bo’lib, quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
= (ctg +ctg l).
bunda -— karyer chuqurlashish tezligi, m/yil.
Bunda: , - kon yotqizig’i ustki va ostki yonlari bo’yicha qiyalik burchaklari, gradus.
Karyer chuqurlashish tezligi kesuvchi transheyani ochilayotgan foydali qazilma gorizontidan o’tish vaqtiga bog’liq| bo’ladi (72-rasm).
72 - rasm.Karyer konturida kon ishlarining bir tomonlama (a), ikki tomonlama (b) rivojlanishida chuqurlashish tezligini va pog’onalar soni (d) ni aniqlash sxemasi.
Kesuvchi transheyani bir tomonlama rivojlanib borishida karyerning chuqurlashish tezligi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
Ikki tomonlama rivojlanganda esa
Bunda: - qiya va kesuvchi transheyalar o’tishdagi ekskavatorlarning yillik unumdorligi, /yil;
ekskavator bloki uzunligi, m; — kesuvchi transheya tubining kengligi, m; -blok uzunligi, m; -ish fronti kengligi, m; h-ochilayotgan gorizont balandligi, m; α-pog’ona qiyalik burchagi, gradus.
Konchilik amaliyotida karyerning yillik chuqurlashish tezligi temiryo’l transporti qo’llanilganda 5-10 m/yil, avtotransportdan foydalanilganda 15-20 m/yilni tashkil qiladi.
Gorizontal va yotiq konlarni qazib olishda karyerdagi ishchi pog’onalar soni qazish texnologiyasi va unda qo’llanayotgan qazib-yuklash mashinalari parametrlari bo’yicha aniqlanadi, ulaming soni karyer maydonidagi barcha zaxirani qazib olguncha o’zgarmaydi.
Qiya va o’ta qiya konlami qazib olishda ishchi pog’onalar soni karyer maydonining plandagi o’lchamlariga bog’liq ishchi zonaning profildagi o’lchamlari va karyeming tugatilish vaqtidagi ishlaydigan yonbag’ir qiyalik burchagi bo’yicha aniqlanadi. Uning soni karyerning ishlaydigan yonbag’iri karyer chegarasi tomon maksimal surilib borishi mobaynida oshib boradi.
Nazorat savollari
1. Konlarni ochiq usulda qazib olish tizimi deganda nimani tushunasiz?
2. Ochiq usuldu kunlurni qazih olish tizimlari tasnifini tuzgan olimlar to’g ‘risida mu ‘lumot bering.
3. Hozirgi vaqlda karyerlarda qo’llinilayotgan qazish tizimlari tasnifini aytib bering.
4. Qazish tizimlari tasnifini tuzishda mezon sifatida kon ishlarini olib borishning qaysi ko’rsatkichlaridan foydalanilgan?
5. Qazish tizimining elementlari va ularning o’lchamlari to’g ‘rida gapirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |