Ochiq va berk sikllar bo’yicha rostlash
Тizimning ish jarayonida rostlanadigan miqdorni belgilangan chegarada saqlash yoki topshiriqdagi qonun bo’yicha o’zgartirish rostlanishning ochiq yoki berk sikllari bo’yicha bajarilish mumkin. Ketma-ket ulangan: rostlash ob’ekti RO, rostlanuvchi organ RO, rostlagich R va topshirgich Т (bu qurilma yordamida tizimga topshiruvchi ta’sir x(t) beriladi) dan tuzilgan tizimni ko’rib chiqamiz.
Ochiq sikl (1.2 - rasm, a) bo’yicha rostlashda topshirgichdan rostlagichga keladigan topshiruvchi ta’sir ob’ektga bu ta’sir natijasining funksiyasi bo’lmaydi, balki u operator tomonidan topshiriladi. Тopshiruvchi ta’sirning ma’lum qiymatiga rostlanadigan miqdor y(t) ning ma’lum joriy qiymati mos keladi. Bu joriy qiymat g’alayonlantiruvchi ta’sir F(t) ga bog’liq.
1.2-rasm. Ochiq (a) va berk (b) sikllar buyicha rostlash sxemalari:
Т - topshirgich; R – rostlagich; RO – rostlovchi organ; RO- rostlash ob’ekti; x(t) topshiruvchi ta’sir; Z1(t) va Z2(t) – ichki rostlovchi ta’sir; y(t) – rostlanadigan miqdor; F(t) - g’alayonlantiruvchi ta’sir.
Ochiq tizim aslida uzatish zanjiridan iborat bo’lib, topshirgichdan berilgan topshiruvchi ta’sir x(t) rostlagichda ichki ta’sirlar Z1(t); Z2(t) vositasida kerakligicha ishlagandan keyin rostlsh ob’ektiga uzatiladi, ammo ob’ekt rostlagichga teskari ta’sir etmaydi.
O’zgarmas tok motori M ning aylanish chastotasini boshqarish sxemasi 3,a – rasmda keltirilgan. Reostat R ning surilgichi vaziyatini o’zgartirganda generator G ning qo’zg’atish chulg’ami I da qo’zgatish toki o’zgaradi, bu esa unda e.yu.k.. ning, binobarin, motor M ga keltiriladigan kuchlanishning ham o’zgarishiga sabab bo’ladi. Motor M bilan bir valga o’rnatilgan taxogenerator ТG motor valining aylanish chastotasi ga proporsional e.yu.k. hosil qiladi.
Тaxogeneratorning cho’tkalariga ulangan voltmetr aylanish chastotasining birliklarida darajalangan shkalasi bo’yicha motorning chastotasini faqat vizual nazorat qilishga imkon beradi. Agar mashinalarning tavsifnomalari stabil bo’lsa, u holda reostat surilgichining har bir vaziyatiga motor aylanish chastotasining ma’lum qiymati mos keladi. Mazkur tizimda rostlagich ob’ektga ta’sir etadi, ammo teskari ta’sir bo’lmaydi; tizim ochiq sikl bo’yicha ishlaydi.
Agar tizimning chiqishi rostlagichga doim ikkita signal - topshirgichdan chiquvchi signal va ob’ektning chiqishidan signal keladigan qilib rostlagichga birlashtirilsa, u holda berk sikl (2,b-rasmga qarang) bo’yicha ishlaydigan tizim hosil bo’ladi. Bunday tizimda faqat rostlagich ob’ektga emas, balki ob’ekt ham rostlagichga ta’sir beradi. 3, b-rasmda keltirilgan o’zgarmas tok motori M ning aylanish chastotasini boshqarish sxemasida tizimning chiqish taxogenerator ТG, reostat R1, kuchaytirgich K va reostat R harakatlanuvchi qismining yuritish motori M1 vositasida tizimning kirishiga birlashtirilgan. Bu sxemada motorning aylanish chastotasi avtomatik nazorat o’rnatilgan. Aylanish chastotasi har qanday o’zgarganda motor M1 da signal paydo bo’ladi va u reostat R ning harakatlanuvchi qismining u yoki bu tomonga (motor M ning belgilangan aylanish chastotasiga mos vaziyatdan) siljitadi. Agar aylanish chastotasi biror sababga ko’ra kamaysa, u holda reostat R ning harakatlanuvchi qismi generatorning qo’zg’atish chulg’ami M1 da qo’zg’atish toki oshadigan vaziyatni egallaydi. Bu hol generator kuchlanishining oshishiga, binobarin, motor M aylanish chastotasining ham oshishiga olib keladi, ya’ni aylanish chastotasi boshlang’ich qiymatiga erishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |