Ma’ruza 4 Quduqlarni burg‘ilash vaqtida bajariladigan geologik tadqiqotlar Reja


Burg‘ quduqlari kesimini geologik va geokimyoviy metodlar bilan o‘rganish



Download 78,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana20.06.2022
Hajmi78,92 Kb.
#684754
1   2   3   4
Bog'liq
4-маъруза

4.3. Burg‘ quduqlari kesimini geologik va geokimyoviy metodlar bilan o‘rganish
Quduq kesimini o‘rganish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
1) quduqda ochilgan tog‘ jinslarining stratigrafik ketma-ketlikda joylashishini o‘rganish va uni tabaqalarga
ajratish;
2) ochilgan jinslarning litologik tarkibini, hamda ayrim svita, gorizont, pachka va qatlamlarning qalinligini
aniqlash;
3) quduq kesimida neft yoki gazga to‘yingan qatlamlarning bor-yo‘qligini belgilash, ularning qalinligi va 
joylashish chuqurligini aniqlash;
4) mahsuldor qatlamlarning kollektorlik xususiyatlarini aniqlash;
5) jins-kollektorlarning neft, gaz va suvga to‘yinganlik darajasini o‘rganish;
6) quduqni burg‘ilash va sinash chog‘ida neft, gaz va suvlardan olingan namunalarning fizik-kimyoviy 
xususiyatlarini aniqlash;
7) ochilgan mahsuldor gorizontlarning konchilikka oid (debiti, bosimi va b.) parametrlarini o‘rganish.
Bizga ma’lumki, burg‘ilash jarayonida ochilgan qatlamlarning belgilangan intervallaridan kern 
olinadi, shu sababli ularning ayrim qismlaridagi jinslargina batafsil o‘rganiladi, kesimni to‘la va mufassal 
o‘rganish uchun esa turli metodlar majmuasidan foydalaniladi. Ularga: kern olish, burg‘ilangan jins 
zarralari (shlam)dan namuna olish, quduq devoridan namuna olish va ularni o‘rganish hamda mahsuldor 
yoki mahsuldorligi taxmin qilinayotgan qatlamlarni sinash va b. kiradi. Qayd qilingan bunday 
metodlardan tashqari quduq kesimini o‘rganishning kon-geofizikasi metodlari ham mavjud bo‘lib, ular 
ochilgan tog‘ jinslarining turli fizik xossalarini aniqlashga asoslangan.
Burg‘ilangan (yoki burg‘ilanayotgan) quduqlar kesimida mahsuldor gorizontlar yoki qatlamlarni 
ajratish, jinslar tarkibida uchraydigan bitumlar miqdori va sifatini aniqlash maqsadida ko‘p hollarda 
geokimyoviy metodlar (lyuminessent ― bituminologik tahlil)dan foydalaniladi. Ma’lumki, hozirgacha 
quduq kesimini o‘rganishda turli neft-gazli rayonlar va geologik sharoitlarga yaroqli metodlar majmuasi 
ishlab chiqilmagan. Shu sababli, geologik va kon-geofizikasi korxonalarining asosiy vazifasiga quduqlar 
burg‘ilanayotgan maydonning geologik tuzilishi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar bera oladigan metodlar 
majmuasini ishlab chiqish kiradi.
Quduqni burg‘ilash jarayonida kern olish va uni o‘rganish. Burg‘ilanayotgan jinslarning tavsifi va 
ularning joylashish ketma-ketligi to‘g‘risidagi dalillarni jins namunalarini quduq kesimi bo‘ylab to‘liq 
olingandagina to‘plash mumkin. Lekin, kesim bo‘ylab jins namunalarini yalpi olish iqtisodiy jihatdan 
o‘zini oqlamaydi, shu sababli bu usuldan ayrim hollardagina maxsus qaziladigan quduqlarda 
foydalaniladi.
Quduqlardan jins namunalarini olish kolonkali doloto yordamida amalga oshiriladi. Bunday 
dolotalar quduq tubini halqasimon shaklda o‘yib ichkarilab boradi, natijada halqa ichida silindr shaklida 
butun jins kesimi - kern qoladi. Geologik-texnik naryadda ko‘rsatilgan intervaldan kernni olib, yer 
yuzasiga chiqarishdan avval burg‘ilash svechalarining uzunligi o‘lchanib, kern olinadigan chuqurlik yana 


bir marotaba tekshirib ko‘riladi. Burg‘ilash uskunalarining aniqlangan uzunligi geologik jurnalga yozib 
qo‘yiladi. So‘ng quduqqa kolonkali doloto tushirilib, u bilan kern burg‘ilanadi, kern diametri kolonkali 
dolotaning ichki diametriga teng keladi. Kern - jins namunalarini to‘la chiqarish va uning butunligini 
saqlash uchun burg‘ilash rejimiga rioya qilish zarur.
Ichida kern bor namunaolgich yoki doloto quduqdan juda sekin ko‘tariladi. Doloto yoki 
namunaolgich mustahkamlash quvurlari boshmog‘iga yaqinlashganda ko‘tarish tezligi yanada 
pasaytiriladi. Kernni chiqarib olish uchun dastlab kernuzatgich burab olinadi, keyin namunaolgichning 
yuqori qismi asta ko‘tariladi, shunda kern bemalol ajraladi.
Agar kern namunaolgichning kern saqlovchi quvurida siqilib qolgan bo‘lsa, u vaqtda 
namunaolgichning drenaj klapanli yuqori qismi burab olinadi va kern gidravlik yoki vintli press 
yordamida itarib chiqariladi. Namunaolgich va kernni biror jism bilan urib chiqarish mumkin emas. Kern 
chiqarishda geologiya xizmati vakili qatnashishi lozim. Olingan kern gil eritmasidan tozalanadi va maxsus
yashikka solinadi. Yashikka taxlash chapdan o‘ngga qarab, quduq chuqurligi bo‘yicha, tartib bilan amalga
oshiriladi. Kern sinib bo‘linib ketgan bo‘lsa, bo‘linish tekisligi bo‘yicha ulanadi. Kernning sinib ketgan 
mayda bo‘lakchalari qopga solinadi yoki qalin qog‘ozga o‘raladi, so‘ng kern kabi chuqurlik bo‘yicha 
joylanadi. Yashikka taxlangan kern ikki nusxada yozilgan yorliq (etiketka) bilan hujjatlashtiriladi, 
ularning har biri qalin qog‘ozga o‘ralib, birinchi nusxasi taxlangan kernning bosh qismiga, ikkinchi 
nusxasi kern tugagan joyga qo‘yiladi. Yorliq quyidagi shaklda tuziladi:
– Geologik-qidiruv partiyasining, burg‘ilash korxonasining nomi. . . . .
– Quduq burg‘ilanayotgan maydon nomi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 
– Quduq №. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 
– Quduqning qazilgan oralig‘i... m dan ___ m gacha . . . . . . . . . . . . 
– Kernni chiqqan uzunligi. . . . . . . . . . . . . m . . . . . . . . . . . . . . . . . .%
– Namuna № . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 
– Kern olingan muddat . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 
( Ochilgan jinslarning qisqacha litologik tavsifi. . . . . . . . . . . . 
Yorliq oddiy qora qalamda to‘ldiriladi. Agar belgilangan intervaldan kern olishning iloji bo‘lmasa 
yashikka yorliq qo‘yilib, kern olinmaganligining sababi yoziladi. Yashikka kern taxlangandan so‘ng 
qopqog‘i yopiladi. Uning har ikkala yoniga quduq raqami, kern olingan interval chuqurligi yoziladi, 
strelka bilan kernning taxlash yo‘nalishi ko‘rsatiladi. So‘ngra yashik kern o‘rganiladigan geologiya 
bo‘limiga yuboriladi.
Kern olishda turli tipdagi kolonkali snaryadlardan foydalaniladi. Tarkibida qattiq, suyuq va gazsimon 
foydali qazilmalar bo‘lgan jinslarni burg‘ilashda, odatda bir boshli kolonkali snaryad ishlatiladi. Bunday 
snaryadlar ishlatilishining samaradorligi asosan jinsni maydalaydigan uskunaning turiga bog‘liq. Odatda 
qattiq foydali qazilmalarni burg‘ilashda O‘zbekiston Respublikasida qattiq qotishmali, pitra (drob)li va 
olmosli koronkalar hamda kolonkali sharoshkali dolotolardan foydalaniladi. Chaqiq va yumshoq jinslarni 
burg‘ilashda esa tishli va qirrali koronkalar ishlatiladi.
Hozirgi davrda ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan dolotolar konstruksiyasi va burg‘ilash 
texnologiyasi kernni 100% olish imkonini bermaydi. Burg‘ilanayotgan jinslarning litologik tarkibiga va 
burg‘ilash texnologiyasiga bog‘liq holda kolonkali dolotolar yordamida 40-90% kern olish mumkin. 
Amaliyotda esa kern faqat 30-40%gina chiqarib olinadi. Chaqiq terrigen jinslardan, ayniqsa mahsuldor 
qumtoshlardan kern chiqishi 5-10%ga tushib qoladi, ba’zan qattiq gil va karbonat jinslarda 60-80%ga 
etadi.
Yonlama namunaolgich bilan quduq kesimining xohlagan chuqurligidan namuna olish mumkin. 
Lekin, olingan namunaning o‘lchami juda kichik (uzunligi 70 mm, diametri - 30 mm) bo‘lganligidan 
kolonkali doloto bilan olinadigan kern o‘rnini bosa olmaydi va o‘rganilayotgan qatlam jinslari to‘g‘risida 
to‘liq ma’lumot bermaydi. Jinslarning neft-gazga to‘yinganlik ehtimoli geofizik metodlar yordamida 
aniqlansa, kesimning ushbu intervallarini yanada mufassalroq o‘rganish zarur bo‘ladi. Buning uchun 
burg‘ilash tugagandan so‘ng quduq devoridan jins namunalari olinadi. Ba’zan grunt namunalari burg‘ilash
jarayonida hamda quduqda kon-geofizikasi yoki boshqa ko‘rinishdagi tadqiqotlar o‘tkazilganda ham 
olinadi.
Hozirgi vaqtda amaliyotda otuvchi yonlama namunaolgichlardan keng foydalanilmoqda. Namuna 
nihoyatda tez olinishi bilan birga u ko‘pincha bo‘laklarga bo‘linib yoki maydalanib, kukun holiga kelib 
qolishi yoki o‘lchami juda kichik bo‘lishi mumkin. Bunday namunaolgichlar qo‘llanganda kern chiqishi 


50%ga etadi. Yumshoq (qum-gilli) jinslardan kern chiqishi 100%ga etishi va o‘z navbatida qattiq (zich 
qumtosh, zich ohaktosh, angidrit va b.) jinslardan namunani umuman olib bo‘lmasligi mumkin. 
Shuningdek, parmalovchi yonlama namunaolgichli snaryadlar ham ishlab chiqarilgan.
Kern olinadigan intervallarni tanlash asosan o‘rganilayotgan geologik muammoning mazmuniga bog‘liq. 
Burg‘ilanadigan quduqlar vazifasiga ko‘ra tayanch, parametrik, izlash, razvedka, baholash va ishlatish 
quduqlariga bo‘linadi.
Tayanch quduqlari chuqur quduqlar bilan izlanishlar olib borilmagan maydonlarda qaziladi. Ushbu
quduqlardan olingan ma’lumotlar asosida yirik struktura elementlarining geologik tuzilishi va 
gidrogeologik sharoiti, neft va gaz to‘planishiga qulay bo‘lgan tog‘ jinslari yotqiziqlari majmuasining 
tarqalish qonuniyatlari, neft va gaz konlarini topish uchun bajariladigan geologik-qidiruv ishlarining 
istiqbolli yo‘nalishlarini tanlash mumkin bo‘ladi. Tayanch quduqlari devoridan kern uzluksiz olinadi.
Parametrik quduqlar katta chuqurlikdagi jinslarning geologik tuzilishini o‘rganish, neft-gaz to‘planishi 
mumkin bo‘lgan rayonlar va istiqbolli uchastkalarni aniqlash uchun burg‘ilanadi. Bunday quduqlardan 
kern kesimning belgilangan qismidan bir meyorda olinadi, shuningdek, geologik tuzilishi va litologik 
tarkibi keskin farqlanadigan intervallardan ham olinadi.
Neft-gazli rayonlardagi yangi maydonlarda qaziladigan ikkinchi va uchinchi izlash quduqlaridan 
kern belgili va mahsuldor gorizontlardan, keyinchalik qaziladigan izlash va razvedka quduqlarida esa 
faqat mahsuldor gorizontlardan olish tavsiya etiladi.
Ishlatish boshlanayotgan yangi uyumlarda va uzoq muddat beri ishlanayotgan neft konlarida jinslarning 
qay darajada neftga to‘yinganligini aniqlash va qoldiq zaxiralarni baholash maqsadida baholash quduqlari 
qaziladi. Bunday quduqlarda mahsuldor qatlamning qalinligi bo‘yicha 12,5% uzluksiz kern olinadi.
Ishlatish quduqlaridan odatda kern olinmaydi. Faqat hamma burg‘ilanayotgan quduqlarning 10%dan neft 
va gazli qatlamlar ochilganda mahsuldor jinslarning kollektorlik xususiyatlarini o‘rganish maqsadida 
kolonkali doloto yordamida kern olinadi.
Kesimning etalon namunalaridan tashqari quyidagi namunalar olinadi va saqlab qo‘yiladi: 
1) tayanch (belgili) gorizontlardan olingan namunalar; 
2) ayrim stratigrafik majmualar tutash yuzalarini tavsiflovchi namunalar; 
3) tektonik buzilishlar va transgressiv nomuvofiqlik zonalaridan olingan namunalar; 
4) fauna (jonzotlar qoldig‘i) bor jinslarning namunalari; 
5) neftlilik belgilari bo‘lgan jins namunalari; 
6) yuqori va o‘ta yuqori radioaktivlikka ega bo‘lgan jins namunalari; 
7) etalon kesimda qayd qilinmagan fatsiyali biron-bir gorizontni ochgan quduqdan olingan kern va sh.k.

Download 78,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish