SAHIFA TARTIB RAQAMI
Sahifaning asosiy xususiyatlari avval ko‘rilgan edi. Sahifa xususiyatlaridan yana biri sahifa tartib raqamidir. Sahifalarga tartib raqami berish uchun Joylashtirish (Вставка) tasmasi Kolontitullar (Колонтитулы) guruhining Sahifa tartib raqami (Номер страницы) tugmasi tanlanadi. Natijada tartib raqami joyi va formatini aniqlashga oid quyidagi taklifl ar aks etadi:
Bu taklifl ardan biri qabul qilinsa, turli formatdagi imkoniyatlar ochiladi. Odatda, sahifa tartib raqami sahifa quyisiga joylashtiriladi.
2.Microsoft Word dasturida rasmlar paneli bilan ishlash
Ayrim hujjatlarni tayyorlashda jadval va rasmlardan ham foydalaniladi. Gazeta, jurnal yoki kitob sahifalarida bunday holni ko‘p uchratgansiz. Jumladan, qo‘lingizdagi darslik sahifalarida ham turli rasm va jadvallar mavjud. Turli chizma va rasmlar hujjatlarning ko‘rgazmali, qiziqarli va tushunarli bo‘lishiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |