MATNLARNI TAHRIR QILISH
Qo‘lda yoki yozuv mashinkasida yozilgan matnga tuzatish kiritish mushkul. Aksariyat hollarda tuzatish kiritilgan matn qaytadan oqqa ko‘chiriladi.
Matn muharrirlari va matn protsessorlari esa matnlarga ixtiyoriy tuzatishlar kiritish imkoniyatini beradi. Matnli hujjatga tuzatishlar kiritish hujjatni tahrir qilish deyiladi.
Masalan, hujjatni tahrir qilish jarayonida biror belgi o‘chiriladi, almashtiriladi yoki joylashtiriladi, matnning ma’lum qismi o‘chiriladi, nusxasi ko‘chiriladi yoki joyi almashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |