chiqariladi, shlak esa vertikal gaz yurish yo‘lagi tomonidan chiqariladi. Chiqish tirqishlari odatda
turli xil balandlikda joylashgan bo‘ladi; shlak shpuralari tubdan 500-600 mm balandlikda, shteyn
shpuralari esa - 25, 100 va 250 mm balandlikda joylashadi. Devor kladkasida 18-20
ta teshik
tabiiy gaz gorelkasini joylashtirish va texnologik jarayon kechishini kuzatish uchun nazarda
tutilgan bo‘lib, tub qism asosidan 4 m ga yaqin masofada joylashgan.
Pechning tubi xromitperiklazli issiqqa bardoshli ko‘p qavatli teskari arka ko‘rinishidi
teriladi. Uni issiqlikdan izolyasiyalash uchun engil vaznli shamot qo‘llaniladi.
Tindirish kamerasining qubbasi arkali yoki raspar-osilma tuzilishga ega. Uning kladkasi
ikki qatlam qilib teriladi: pastki qatlam xromitperiklazli g‘ishtdan, yuqori qismi engil shamot
yoki boshqa issiqlikni izolyasiyalovchi materialdan iborat. Qubba kladkasida cho‘yan skrapi
yuklash uchun diametri 300 mm li 8 ta teshik va pech vannasida eritma darajasini o‘lchab
turish
uchun diametri 120 mm bo‘lgan 4 ta nazorat teshigi joylashtirilgan. Tindirgich payvandlangan
metalli kojuxga ega bo‘lib, tashqarisidan harakatlanuvchi ustun ko‘rinishidagi metallik karkasga
o‘rnatilgan.
Vertikal separatsiya kamerasi erish kamerasidan ancha yuqori va to‘g‘ri to‘rtburchak
shakliga ega. Uning uzunligi 9 m, kengligi 7 m va balandligi 17 m. Kameraning yon devoriga
yoqilg‘i yonishi mahsulotlari va texnologik gazlarni chiqarish uchun mo‘ljallangan
gaz yurish
yo‘lagi tutashgan bo‘lib, u ko‘ndalang kesimda to‘g‘ri turtburchak shaklida kengligi 7 va
balandligi 6 m. Devor kladkasida futerovkani ko‘rish uchun 2 ta nazorat lyuki hamda furmalarni
joylashtirish uchun bir nechta teshiklar joylashtirilgan bo‘lib, ular orqali oltingugurt angidridini
tiklash uchun gaz beriladi.
Yuqoridan kamera rasparli-osilma qubba bilan chegaralangan bo‘lib, u qalinligi 300 mm
ga yaqin olovbardosh futerovkani hosil qiluvchi xromitperklazli g‘ishtdan teriladi. Qubbaning
issiq qilish uchun engil vaznli shamotdan issiqlikni izolyasiyalovchi qatlam bilan qoplanadi.
Kladkaning markazida gazlarni avariya holatida chiqarish uchun teshik joylashtirilgan, pech
normal holatda ishlaganda olovbardosh materialli qopqoq bilan yopilgan.
Pechda qayta ishlanayotgan shixta materiallarining asosi
bu sulfidli flotatsiya
konsentralari bo‘lib, ularning tarkibi asosan 23 dan 41% gacha bo‘ladi. Dastlab konsentralar
qoldiq namlik 0,2% dan kam bo‘lmagan holatgacha quritiladi va undan keyin maxsus shixta
gorelkalari orqali pechga yuboriladi. Gorelkalar shixta ejektori
prinsipi asosida ishlab, 80-130
m/s tezlikda kelgan kislorod-havoli aralashma bilan birga gorelka olib kirib ketiladi.
Purkash
harorati va undagi kislorod konsentratsiyasi shixta tarkibiga bog‘liq va keng oraliqda 200 dan
1000
o
Sgacha va 21 dan 50% gacha o‘zgaradi.
Gazsimon oksidlovchida muallaq holatdagi shixta pechga gorelkalar orqali alohida
mash’alalar ko‘rinishida kelib tushadi va keyin yagona texnologik mash’alaga birlashadi, uning
harakati shaxtaning reaksion maydonida tezliklari bir tekis bo‘lmagan, kattaligi va yo‘nalishi
o‘zgaruvchi geterogen oqim hosil qiladi. Shaxta balandligi bo‘ylab uning ko‘ndalang kesimida
oqim zonasini ajratish mumkin bo‘lib, unda vertikal bo‘ylab pastga harakatlanayotgan va juda
kam konsentratsiyali zarralar sirkulyasiya bo‘limli materialning asosiy massasi yig‘ilgan.
Mash’alaning oqim chegarasi zonasi mustahkam emas va shaxta ichki yuzasidan 0,2-1,5 m
gacha oraliqda bo‘ladi.
Pastga tushayotgan oqimning o‘rtacha tezligi mash’alaning
oqim tezligi agregatning
ishlab chiqarishiga bog‘liq va taxminan 2 m/s bog‘liq. Unda muallaq holatdagi tezlik
zarrachalarning o‘lchamiga bog‘liq va keng shaxta balandligi bo‘yicha ma’lum diapozonda
o‘zgaradi.
Kislorodli
purkamali muallaq holatda
eritishning o‘ziga xosligi bu gorizontal mash’ala
bilan pechlarda amalga oshirishda qo‘llaniladi.
Bu sulfidlarning yuqori oksidlanish tezligi bilan
shartlanadi va gaz oqimlarining pechda nisbatan past tezligida hosil bo‘layotgan texnologik
gazlarning kichik hajmi bilan shartlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: