Ma’ruza №39 Kislorod mash’ala pechining asosiy tasnifi va ishlash prinsipi Tayanch iboralar



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana04.06.2022
Hajmi0,55 Mb.
#634879
1   2   3   4
Bog'liq
39-ma'ruza

2 — 
tindirgich;

— vertikal gaz yurish yo‘lagi 
(separatsion kamera) 
39.1-rasmda pechning umumiy ko‘rinishi keltirilgan. Uning asosiy elementi eritish 
shaxtasi bo‘lib, ichki diametri 3-8 m, balandligi 7-12 m va devor qalinligi 250-380 mm bo‘lgan 
silindrik kameradir. Reaksion kamera xromitperiklazli yoki xromomagnezitli g‘ishtlardan 
terilgan va po‘latli list bilan metallik kojuxga o‘ralgan. Kladka surilishining oldini olish uchun, 
kojux unda joylashtirilgan shaxta bilan tindirgich tomi tutushgan erda joylashgan misli suv bilan 
sovutiluvchi kessonlar va futerovka bilan biriktirilgan. Shaxtaning issiqqa bardoshli 
xromitperiklazli g‘ishtdan terilgan arkali yoki osma qubbasi bo‘lishi mumkin. Qubba odatda ikki 
qatlamli qilinadi. Ikkinchi qatlam qalinligi 75-150 mm bo‘lgan engil vaznli shamotdan iborat. 
Qubbaning umumiy qalinligi 525 mm. Kladkaning yuqori qismi po‘lat list bilan qoplanadi, bu 
qubbaning germetikligini yaxshilaydi va uning yuzasiga chang tushishining oldini oladi. 
Qubbada 4 ta shixtali gorelka uchun teshik bor. Bundan tashqari, qubbaning markazida gorelkani 
o‘rnatish uchun teshik joylashgan bo‘lib, unda odatiy yoqilg‘i turlari yondiriladi, va chekkadaga 
bir qator tirqishlar pechga konverter changini yuklash uchun ishlatiladi. 
Shaxtaning pastki qismi tindirgich qubbasi bilan birga joylashgan. Futerovka va kojux 
bilan biriktirilgan maxsus payvandlangan balka shaxtani tirgagi vazifasini bajaradi va u po‘lat 
tyagalar yordamida reaksion kameraning karkasi bilan biriktirilgan. 
Pechning tindirish zonasida tub qism maydoni 40 dan 300 m
2
gacha bo‘ladi. Tuzilishi 
bo‘yicha tindirgich statsionar tipdagi anod pechlariga o‘xshash. Pech tindirgichining ichki 
futerovkasi xromitoperiklazli g‘ishtdan yasalgan. Tashqi kladka uchun shamot qo‘llaniladi. 
Shamotli va xromitperiklazla kladkalar orasida pechning butun perimetri bo‘ylab vanna 
balandligida misli suv bilan sovutiluvi kessonlar o‘rnatilgan. Eritma balandligidagi kladkaning 
umumiy qalinligi 800 mm ga yaqinni tashkil qiladi. Vanna ustida devor qalinligini 450-600 mm 
gacha kamayib boradi. Pechning ko‘ndalarng va yon devorlarida erish mahsulotlarini chiqarish 
uchun bir nechta (9-11) shpur tirqishlari nazarda tutilgan. Shteyn pechning bosh qismidan 


chiqariladi, shlak esa vertikal gaz yurish yo‘lagi tomonidan chiqariladi. Chiqish tirqishlari odatda 
turli xil balandlikda joylashgan bo‘ladi; shlak shpuralari tubdan 500-600 mm balandlikda, shteyn 
shpuralari esa - 25, 100 va 250 mm balandlikda joylashadi. Devor kladkasida 18-20 ta teshik 
tabiiy gaz gorelkasini joylashtirish va texnologik jarayon kechishini kuzatish uchun nazarda 
tutilgan bo‘lib, tub qism asosidan 4 m ga yaqin masofada joylashgan. 
Pechning tubi xromitperiklazli issiqqa bardoshli ko‘p qavatli teskari arka ko‘rinishidi 
teriladi. Uni issiqlikdan izolyasiyalash uchun engil vaznli shamot qo‘llaniladi. 
Tindirish kamerasining qubbasi arkali yoki raspar-osilma tuzilishga ega. Uning kladkasi 
ikki qatlam qilib teriladi: pastki qatlam xromitperiklazli g‘ishtdan, yuqori qismi engil shamot 
yoki boshqa issiqlikni izolyasiyalovchi materialdan iborat. Qubba kladkasida cho‘yan skrapi 
yuklash uchun diametri 300 mm li 8 ta teshik va pech vannasida eritma darajasini o‘lchab turish 
uchun diametri 120 mm bo‘lgan 4 ta nazorat teshigi joylashtirilgan. Tindirgich payvandlangan 
metalli kojuxga ega bo‘lib, tashqarisidan harakatlanuvchi ustun ko‘rinishidagi metallik karkasga 
o‘rnatilgan. 
Vertikal separatsiya kamerasi erish kamerasidan ancha yuqori va to‘g‘ri to‘rtburchak 
shakliga ega. Uning uzunligi 9 m, kengligi 7 m va balandligi 17 m. Kameraning yon devoriga 
yoqilg‘i yonishi mahsulotlari va texnologik gazlarni chiqarish uchun mo‘ljallangan gaz yurish 
yo‘lagi tutashgan bo‘lib, u ko‘ndalang kesimda to‘g‘ri turtburchak shaklida kengligi 7 va 
balandligi 6 m. Devor kladkasida futerovkani ko‘rish uchun 2 ta nazorat lyuki hamda furmalarni 
joylashtirish uchun bir nechta teshiklar joylashtirilgan bo‘lib, ular orqali oltingugurt angidridini 
tiklash uchun gaz beriladi. 
Yuqoridan kamera rasparli-osilma qubba bilan chegaralangan bo‘lib, u qalinligi 300 mm 
ga yaqin olovbardosh futerovkani hosil qiluvchi xromitperklazli g‘ishtdan teriladi. Qubbaning 
issiq qilish uchun engil vaznli shamotdan issiqlikni izolyasiyalovchi qatlam bilan qoplanadi. 
Kladkaning markazida gazlarni avariya holatida chiqarish uchun teshik joylashtirilgan, pech 
normal holatda ishlaganda olovbardosh materialli qopqoq bilan yopilgan. 
Pechda qayta ishlanayotgan shixta materiallarining asosi bu sulfidli flotatsiya 
konsentralari bo‘lib, ularning tarkibi asosan 23 dan 41% gacha bo‘ladi. Dastlab konsentralar 
qoldiq namlik 0,2% dan kam bo‘lmagan holatgacha quritiladi va undan keyin maxsus shixta 
gorelkalari orqali pechga yuboriladi. Gorelkalar shixta ejektori prinsipi asosida ishlab, 80-130 
m/s tezlikda kelgan kislorod-havoli aralashma bilan birga gorelka olib kirib ketiladi.
Purkash 
harorati va undagi kislorod konsentratsiyasi shixta tarkibiga bog‘liq va keng oraliqda 200 dan 
1000
o
Sgacha va 21 dan 50% gacha o‘zgaradi. 
Gazsimon oksidlovchida muallaq holatdagi shixta pechga gorelkalar orqali alohida
mash’alalar ko‘rinishida kelib tushadi va keyin yagona texnologik mash’alaga birlashadi, uning 
harakati shaxtaning reaksion maydonida tezliklari bir tekis bo‘lmagan, kattaligi va yo‘nalishi 
o‘zgaruvchi geterogen oqim hosil qiladi. Shaxta balandligi bo‘ylab uning ko‘ndalang kesimida 
oqim zonasini ajratish mumkin bo‘lib, unda vertikal bo‘ylab pastga harakatlanayotgan va juda 
kam konsentratsiyali zarralar sirkulyasiya bo‘limli materialning asosiy massasi yig‘ilgan. 
Mash’alaning oqim chegarasi zonasi mustahkam emas va shaxta ichki yuzasidan 0,2-1,5 m 
gacha oraliqda bo‘ladi. 
Pastga tushayotgan oqimning o‘rtacha tezligi mash’alaning oqim tezligi agregatning 
ishlab chiqarishiga bog‘liq va taxminan 2 m/s bog‘liq. Unda muallaq holatdagi tezlik 
zarrachalarning o‘lchamiga bog‘liq va keng shaxta balandligi bo‘yicha ma’lum diapozonda 
o‘zgaradi. 
Kislorodli purkamali muallaq holatda
eritishning o‘ziga xosligi bu gorizontal mash’ala 


bilan pechlarda amalga oshirishda qo‘llaniladi.
Bu sulfidlarning yuqori oksidlanish tezligi bilan 
shartlanadi va gaz oqimlarining pechda nisbatan past tezligida hosil bo‘layotgan texnologik 
gazlarning kichik hajmi bilan shartlanadi. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish