Ma’ruza №3 ichki muhit to'qimalari umurtkali hayvonlarning qon va limfa to`qimalari. Eritrositlar reja



Download 62,5 Kb.
bet3/3
Sana17.07.2022
Hajmi62,5 Kb.
#816028
1   2   3
Bog'liq
3-маъруза

Qonning shaklli elementlari


Demak, qonning shaklli elementlari qon yaratuvchi organlarda yetilgach, toirlarga o’tadi va periferik qon tomirlar bo’ylab aylanib yurarkan, qonga xos umumiy vazifani bajarishga Kirishadi.


Eritrositlar. Eritrositlar - qizil qon tanachalari qon shaklli elemenilarining eng ko’p qismini tashkil qiladi. Ularning soni, odatda, erkaklarda 1 mm3 qonda 5-5,5 mln bo’lsa, ayollarda 4,5-5 mln, yosh organizmlarda ular soni nisbatan ko’p bo’ladi. Odam katta bo’lgach, bu miqdor odatdagi darajaga tushadi va organizm qarigan sari uning miqdori yana ortib boradi, tarkibidagi gemoglobin miqdori esa yoshlarnikiga nisbatan kamayadi. Eritrositlar har xil fiziologik holatlarda va kasalliklarda oshib yoki kamayib tur ishi mumkin. Eritorositlarning soni umurtqali hayvonlarning yashash sharoitiga, jinsi, yoshiga va yil fasliga qarab o’zgarib turadi. Har xil his va tuyg’ular natijasida va jimoniy harakat vaqtida eritrositlar soni ko’payadi. Ular miqdorining bunday o’zgarib tur ishi organizmning moslash xususiyatidan kelib chiqadi. Har bir eritrosit, masalan, odamda 3 oydan ortiq yashaydi. Organizmda jigar, taloq va terida qon depolari bo’lib, u yerda hamma vaqt eritrositlar mavjud bo’ladi va kerak vaqtida qonga chiqarib turiladi. Eritrositlar gazlar almashinuvini, qon plazmasidagi ionlar munosabatni boshqar ishda, lgikoliz jarayonida, ya’ni uglevodlarning parchalan ishida, tonsinlarning adsorbilan ishida ishtirok etadi, viruslarni tutib qolish kabi vazifalarni bajaradi. Eritrositlarning gazlar almashinuvidagi vazifasi organizmni kislorod bilan ta’minlash va karbonat angidridni tashqariga chiqar ishda namoyishon bo’ladi. Umurtqali hayvonlar eritrositlarning tarkibida kislorodni o’ziga tez qabul qilib olish xossasiga ega bo’lgan nafas pigmenti - gemoglobin bo’ladi. Qon o’pka pufakchalaridan (alveolalarida) o’tar ekan, eritrositlar gemoglobini xuddi magnitga o’xshab kislorodni o’ziga tortib oladi va hujayralarga yetkazib beradi.
Eritrositlar, odatda, nihoyatda ixtisoslashgan bo’lib, rivodlan davrining oxirgi pog’onlarida yadro va boshqa organoid hamda hujayra kiritmalarini o’zidan tashqariga chiqaradi. Sitoplazmasi faqat qonga qiliz rang berib turuvchi gemoglobin moddasi bilan to’ladi, bo’lin xusuiyatini yo’qotadi. Amofibiyalarda va parrandalarda (baqa va tovuqlarda) eritrositlar tarkibida yadrolar oxirigacha saqlanib qoladi, binobarin, ularning eritrositlari yadroligicha qoladi.
Umurtqali hayvonlarda va odamda (tuya va lamalardan tashqari) eritrositlarning shakli deyarli yumaloq, ikki tomoni botiq disk shaklida bo’ladi. Ularning bunday morfologik tuzilishi fiziologik jihatdan katta ahamiyatga ega, gemoglobin o’ziga kislorodni tez qabul qilib, organizm talabini yetarli darajada kislorodga qondiradi. Eritrositlar juda elastik xususiyatiga ega bo’lib, o’z diametridan kichik diametrli kapellyar tomirlardan shaklini o’zgartirgan holda bemalol o’tib ketaveradi. Ayrim tuban umurtqalilarda eritrositlar shakli ovalsimon, tuxumsimon yoki ikki tomoni qavariq, bo’rtiq bo’lishi ham mumkin. Eritrositlarning diametri har xil bo’ladi. Masalan, tovuqlarda 12 mk, filda 8-10 mk, echkida 4, qo’yda 4,3, odamda 7,5 mk ga teng. Shuni ham aytib o’tish kerakki, umurtqalilarda eritrositlarning diametri ularning umumiy vazniga qarab o’zgarmaydi. Tuban umurtqalilarda ham eritrositlarning diametri har xil bo’lishi, ya’ni yirik-mavyda bo’lishi mumkin. Sutemizuvchilarda, odatda, mayda, tuban xordalilarda ancha yirik, ayniqsa, proteyalarda 58 mk bo’ladi. Bitta eritrositning satxi 128 mk2 ga; odamning 5,5 l qonilagi eritrositlarning umumiy satxi 3700 m2 ga teng.
Zamonaviy skenur elektron mikroskop yordamida erirositlarning nozik tuzilishi yaxshi o’rganib chiqilgan. Shundan ma’lumki, eritrositlar sitplazmasining qalinligi 20 nm ga teng bo’lib, uning tashqi yuzasida fosflipaza, kislota, adsorbsiya qilingan proteinlar, ichki yuzasida esa glikolitik fermentlar, natriy va kaliy, glikoproteitlar va gemoglobin topilgan. Eritrositlarning membranasi tanlab o’tkazish xosasiga ega bo’lib, o’zidan natriy, kaliy, kislorod va karbonat angidridni o’tkazadi.
Eritrositlarning ximiyaviy tarkibi: 60% suv, 40% quruq moddadan tashkil topgan. Quruq moddaning 95% ni gemoglobin, 5% uning qobig’i (stromosi) va boshqalar tashkil etadi. Bitta eritrosit vaznining 32,5 % ni gemoglobin moddasitashkil etadi. organizmdagi barcha gemoglobinning massasi taxminan 800 g ga teng. ma’lumki, gemoglobin murakkab oqsillarga kirib, uning oqsil qismi - globin, oqsil bo’lmagan qismi - gemindir. Ular tarkibida temir bo’lib, protoporsirinlar guruhiga kiradi. Nemoglobin o’pkaga kirgan kislorod bilan tezda birikib, oksigemoglobinga aylanadi. O’zidagi kislorodni to’qimalarga berib, u yerdan karbonat angidridni olib karboksigemoglobinga aylangan holda uni o’pka orqali tashqariga chiqarib yuboradi. Eritrositlarda qondagi karbonat angidridning 1/3 qismi bo’ladi. Eritrositlar, odatda, romanovskiy-Gimza (zozin va bo’yoqlarnng aralashmasi)
usuli bilan bo’yab o’rganiladi. Qon surtmalarining fiksasiyasi etil va metil spirtlar yordamida bajariladi. Bunda eritrositlar ko’zga yaxshi ko’rinib turadi. odatda. Qonda 5% atrofida yosh gemoglobin bo’ladi. Ularning sitoplazmasida to’rsimon donachalar bo’lib, bularni retikulositlar deyiladi. Ular endoplazmatik to’r bilan ribosomalarning qoldig’idir.
Eritrositlar tarkibida gemoglobin bo’lgani uchun islotalibo’yoqlarda oksifil bo’yaladi. Qonda kam o’chraydigan yosh eritrositlar tarkibida gemoglobin kam bo’lganiligi usun kislotali bo’yoqlarda yaxshi bo’yalmaydi, aksincha, ishqoriy bo’yoqlarda bazofil bo’yaladi. Bunday eritrositlarga polixromatofil eritrositlar deyiladi. Umuman, eritrositlarning har xil bo’yoqlarga polixromatofiliya deyiladi.
Sutemizuvchilarda eritrositlar har xil tashqi va ichki ta’sirga sezgir bo’ladi. Ayniqsa, qonda osmotik bosimning o’zgarishi ularga kuchli ta’sir qiladi. Masalan, 0,9% li osh tuzli izotonik eritma eritrositlar chun normal hisoblanadi. Gipotonik eritmalarda eritrositlar suvni o’ziga tortib sh ishib ketadi, natijada ular yorilib, gemoglobin tashqariga chiqadi. Bunday holatga gemoliz deyiladi. Gemoliz faqat nepotonik eritmada emas, balki boshqa moddalar (xloroform, spirt va ilon zahari) ta’sirida ham sodir bo’lishi mumkin. aksincha, gipertonik eritmada eritrositlar o’zidan suvni tashqariga chiqarib yuborib, bur ishib qoladi, bunga plazmoliz deyiladi. ikkala holatda ham eritrositlarning fiziologik faoliyati buziladi.
Eritrositlarning umri o’rtacha 110 kun, erkaklarda - 126 kun, ayollarda 90 kun. Ma’lum bo’lishicha, organizmda har kuni 200 mln ga yaqin eritrositlar nobud bo’lib, yemirilib turadi. ularning o’rnini yangi eritrositlar egallaydi. Eritrositlar emiril ishi natijasila gemoglobin globin va geminga ajraladi. Bunda ajralib chiqqan temir elementlarini yangi hosil bo’lgan eritrositlar o’zida qabul qilib oladi va undan o’z faoliyatida qayta foydalanadi.

Tayanch tushunchalarni mustaxkamlash uchun savollar.


1.Ichki muxit to`qimalari deb qanday to`qimalarga aytiladi?


2.Qon va limfa nima va ular organizmda qanday vazifalarni bajaradi?
3.Qon plazmasi tarkibini aytib bering.
4.Eritrositlarning tuzilishi qanday va ularning organizmdagi rolini aytib bering.
Download 62,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish