Brensted va Louri bir-biridan bexabar 1923 yilda kislota va asoslarning protolitik nazariyasini yaratdilar. Bu umum tomonidan qabul qilingan nazariyadir.
Protolitik nazariyada zarrachalarning kislota-asosli xossalarini faqat proton tashish bilan bog‘lashadi, shuning uchun bu nazariya bo‘yicha kislota-asosli reaksiyalar protolitik reaksiyalar yoki protoliz reaksiyalari deyiladi.
Kislota yoki disprotid- bu protonlar donoridir, ya’ni proton beruvchi zarracha (molekula, kation, anion) dir
Asos yoki emprotid - bu protonlar akseptoridir,ya’ni proton qabul qiluvchi zarracha(molekula, kation, anion)dir.
Kislota proton berib asosga aylanadi. Kislotadan tashkil topgan va proton berishi hisobiga asos hosil qiladigan sistemani bog‘langan juft,yoki yarim reaksiya deyiladi. Bog‘langan juft ichidagi jarayonlar qaytardir.
Kislota asos - R (R-proton)
A V - R (1)
Kislota va asoslarning bog‘langan juftlariga misollar:
CH3COOH CH3COO- - R
NH4- NH3 - R
HSO3- SO32- - R
Al(H2O)63- Al(H2O)5OH2- - R
H3O- H2O - R
H2O HO- - R
Proton oluvchi va beruvchi zarrachalar amfiprotlar (H2O, HSO3- va boshqalar) deyiladi.
Zarrachalarning protonga donorlik xususiyati qanchalik kuchli bo‘lsa, u Shunchalik kuchli kislota va u bilan bog‘langan asos Shunchalik kuchsiz asos hisoblanadi.
Kislota yoki asosning absolyut kuchini (1) tenglamaga mos ravishdagi muvozanat konstantasi xarakterlaydi.
Biroq protonlar oz bo‘lsada sezilarli miqdorda eritmada erkin holatda mavjud bo‘la olmaydi, shuning uchun protonning kislotadan ajralish reaksiyasi o‘z-o‘zidan bormaydi, har doim shu kislota bilan bog‘langan asosga nisbatan kuchliroq bo‘lgan asosga, ya’ni boshqa zarrachaga proton o‘tkazish holati ro‘y beradi. Har doim bir vaqtning o‘zida 2ta bog‘langan juftning reaksiyasi boradi va yangi kislota, yangi asos hosil bo‘ladi.
Kisl.1 asos.1 - R
asos.2 - R kisl.2.
Kisl.1 - asos.2 asos.1 - kisl.2.
Bog‘langan juft rolini eritmada ishtirok etayotgan qandaydir boshqa modda va erituvchining o‘zi ham o‘ynashi mumkin.
Suv erituvchi sifatida proton berishi va olishi ham mumkin:
H2O R - OH-; H2O - R H3O-
Agar suvda eritilgan modda,suv molekulasiga nisbatan kuchliroq protonga donor xossasiga ega bo‘lsa,u holda eritilgan modda suvli eritmada kislota xossasini namoyon qiladi.Agar suvda eritilgan moddada suv molekulasiga nisbatan protonga donorlik xususiyati kuchsizroq bo‘lsa, u holda eritilgan modda suvli eritmada asos xossasini namoyon qiladi:
CH3COOH - H2O CH3COO- - H3O- (3)
kisl.1 - asos.2 asos.1 - kisl.2.
NH3 - H2O NH4- - OH- (4)
asos.1 - kisl.2 kisl.1 - asos.2.
Agar suvli eritmada suv molekulasiga nisbatan protonga donorlik xossasi kuchli bo‘lgan boshqa eritilgan modda bo‘lsa, u holda reaksiyada suv emas balki ana Shu modda ishtirok etadi:
CH3COOH - NH3 CH3COO- - NH4-
kisl.1 - asos.2 asos.1 - kisl.2
Kislota har doim birinchi galda kuchliroq asos bilan reaksiyaga kirishadi, asos esa kuchliroq kislota bilan reaksiyaga kirishadi, Shuning natijasida kuchsizroq kislota va kuchsizroq asos hosil bo‘ladi. Protolitik nazariya bo‘yicha har doim yangi asos va yangi kislota hosil bo‘ladi.
Arrenius nazariyasi bo‘yicha tuz va suv hosil bo‘lar edi.
Har bir bog‘langan juftning kislota-asos xossalarini umumiy holda xarakterlash mumkin emas, balki faqat konktret erituvchida,masalan xususiy holda suvda xarakterlash mumkin. Masalan(3) reaksiya uchun muvozanat konstantasi ifodasini quyidagicha yozish mumkin:
Ka-sirka kislotasining dissotsilanish konstantasidir.
Ka-kattalikning qiymati kislota kuchining ushbu erituvchida (faqat Shu erituvchida) gi qiymati haqida xulosa chiqarishga imkon beradi.Ka qiymati qancha katta bo‘lsa zarrachaning kislota xossalari Shuncha katta bo‘ladi.
Ka ga teskari bo‘lgan kattalik hosil bo‘lish konstantasi yoki protonlanish konstantasi deyiladi.
Atsetat ionining asos sifatidagi kuchini bu ionning erituvchi bilan o‘zaro ta’sir reaksiyasining muvozanat konstantasi xarakterlaydi:
CH3COO--H2O CH3COOH-OH- (7)
asos.1-kisl.2. kisl.1-asos2
KV-atsetat ionining suvdagi asosli dissotsiatsiya konstantasi Ka va KV lar orasida bog‘lanish mavjud. (5) va (8) tenglamalarning o‘ng va chap qismlarini bir-biriga ko‘paytirilsa ,u holda suvning ion ko‘paytmasi hosil bo‘ladi:
RKa - KV 14 (10)
Bog‘langan kislota va asoslarning kislota va asos dissotsiatsiya konstantalari ko‘paytmasi suvning ion ko‘paytmasiga teng. Kislota va asos dissotsiatsiya konstantalari bog‘langan kattaliklardir: Ka qanchalik katta bo‘lsa, ya’ni kislota qanchalik kuchli bo‘lsa, KV shunchalik kichik bo‘ladi, ya’ni u bilan bog‘langan asos shunchalik kuchsiz bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |