Ma’ruza №21 Om va Joul – Lens qonunlarining integral va differensial ko’rinishi



Download 0,93 Mb.
bet2/5
Sana17.01.2021
Hajmi0,93 Mb.
#55724
1   2   3   4   5
Bog'liq
391 3 [57](1)I1

Elektr tokning ishi va quvvati.
Tokning ishi.

Elektr toki o’zi bilan energiya uzatishi tufayli juda keng qo’llaniladi. Bu energiyani istalgan boshqa turdagi energiyaga aylantirish mumkin. O’tkazgichda zaryadli zarralar tartibli harakat qilganda elektr maydon ish bajaradi, bu ishga tokning ishi deyiladi. Zanjirning ixtiyoriy bir qismini olamiz, bu qism bir jinsli o’tkazgich: cho’g’lanma lampochka tolasi va elektr dvigatelining chulg’ami bo’lishi mumkin.  vaqt ichida o’tkazgichning ko’ndalang kesimidan  zqryad o’tadi deb faraz qilaylik, unda elektr maydon  ish bajaradi.  bo’lgani uchun bu ish quyidagiga teng:

Zanjirning bir qismida tok bajargan ish tok kuchi, kuchlanish, ish bajarishga ketgan vaqt ko’paytmasiga teng. Zanjirning ko’rilayotgan qismida elektr energiya qanday tur energiyaga aylanishidan qat’iy nazar, ish shu formula orqali ifodalanadi. O’tkazgichdan tok o’tish jarayonida elektr maydon elektronlarni tezlashtiradi, elektronlar kristall panjaraning ionlari bilan to’qnashib, ionlarga o’z energiyasini beradi. Natijada ionlarning muvozanat vaziatlari atrofida xaotik harakatining energiyasi ortadi. Bu ichki energiyaning ortganini bildiradi. O’tkazgich harorati ko’tariladi va atrofdagi jismlarga  issiqlik bera boshlaydi. Ma’lum vaqtdan so’ng bu jarayon barqarorlashadi va harorat vaqt o’tishi bilan o’zgarmay qoladi. O’tkazgich atrofdagi jismlarga tokning ishiga teng miqdorda issiqlik berib turadi. Shunday qilib, tokning ishi boshqa jismlarga uzatadigan issiqlik miqdorini ifodalaydi.


O’tkazgichlarni ketma-ket ulaganda  dan, parallel ulashda  dan foydalanish qulay. Bu uchta formula zanjirning E.Y.K ga ega bo’lmagan qismida tokning bajargan ishini hisoblash formulalaridir. Endi zanjirning E.Y.K li qismini ko’raylik. Zanjirda E.Y.K bo’lganida elektr energiya qisman ichki energiyaga va qisman boshqa tur energiyaga aylanishini ko’rdik. Endi zanjirning bunday qismida elektr energiyaning qanday qismi ichki energiyaga aylanishini hisoblaymiz. Birlik zaryad o’tganda elektr energiyaning qanday ulushi ichki energiyasiga aylanishini zanjirning shu qismidagi kuchlanishning tushishi ko’rsatadi. Agar zanjir qismidan  zaryad o’tsa, u holda shu qism energiyasining ortishi  ga teng bo’ladi, lekin  bo’lgani uchun

ni olamiz. Demak, zanjirning berilgan qismida energiyaning issiqlik ta’siriga sarflangan qismini aniqlovchi tokning ishi (21.5) formula orqali ifodalanadi. Bu formula zanjirning istalgan qismi uchun, jumladan, generator uchun ham o’rinlidir. Generatordan boshqa tur energiya hisobiga olingan elektr energiya qiymatini aniqlovchi tashqi kuchlarning bajargan ishi

ifodadan topiladi,  bo’lgani uchun


bo’ladi. (21.6) ni iste’molchiga ham qo’llash mumkin. Bu holda  E.Y.K ni bildiradi. Bu ish elektr energiyaning mexanik yoki kimyoviy energiyaga aylanishini ko’rsatadi. Amalda tok ishining sistemadan tashqari birliklaridan ham foydalaniladi.
 quvvatli tokning 1 soatdagi ishi.

 quvvatli tokning 1 soatdagi ishi.

Tokning ishini o’lchaydigan asbob schyotchik (hisoblagich) deb ataladi, tok ishi birligining narxi esa tariff deyiladi.




Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish