Diqqat. Odam va hayvonlarning ayni paytda ahamiyatga molik narsa yoki xodisaga nisbatan bilim olish faoliyatiga qaratish diqat deb ataladi. Ikkinchi tomondan diqqat bir vaqtning o‘zida sodir bo‘layotgan xodisalarni nazorat qilish imkoniyatini chegaralaydi. Diqqatni bitta xodisaga qaratgan holda qolganlarini ham ayni paytda muhim bo‘lgan axborotga qaratish, boshqa kanallardan kelayotgan axborot miqdorini kamaytirish yo‘li bilan erishish mumkin.
Uyqu. Uyqu vaqtida odam xushini yo‘qotadi, MAT ning xususan miya po‘stlog‘ining faolligi pasayadi, mushaklar tonusi va sezgirligi susayadi. Ichki a’zolar faoliyati ham sekinlashadi. Uyquning bir necha turi bor: 1) kecha kunduzgi davriy uyqular. Bu uyqu oddiy sharoitdagi fizalogik xolat; 2) gipnotik uyqu. Bu maxsus sharoitda gipnozchi tomonidan ishontirish yo‘li bilan paydo qilinadi; 3) faslga bog‘liq davriy uyqu; 4) narkotik uyqu. Buni maxsus narkotik moddalar chaqiradi va 5) patalogik uyqu. Bunday uyqu ayrim xastaliklar tufayli paydo bo‘ladi.
Osoyishta ko‘zni yumib yotgan odamning (elektroensefalogrammasi) EEG si kichik amplitudali to‘lqin hosil qiladi. Odam uxlashi bilan tetaritm paydo bo‘ladi, to‘l-qinlar chastotasi 3-7 Gs dan oshmaydi EEG da yuqori chastotali, kichik amplitudali to‘lqinlar paydo bo‘ladi, miya po‘stlog‘ining elektr faolligi desinxronizatsiyaga uchraydi. Sekin va tez uyqular davriy bo‘lib, 1,5 - 2 soatni tez, qolgan 5,5 – 6 soatni sekin uyquda o‘tkazadi. Sekin uyqu paytida vegetativ faoliyat sekinlashadi. Bunda qorachiqlar torayadi, tomirlar kengayadi, ter ajralishi ko‘payib, ko‘z yoshi va so‘lak ajralishi kamayadi, yurak – tomir, nafas, xazm, ajratuv tizimlari faoliyati sekinlashadi. Skelet mushaklari tinch va tonusi pasaygan holatda bo‘lsa ham, bu davrda odam ko‘rayotgan tushida «ishtirok» qiladi, ichki a’zolar tushdagi harakat va xissiyotlarni ta’minlash uchun kerak bo‘lgan darajada o‘z faoliyatini tezlashtiradi. Xozirgi paytda bedorlikdan uyqu xolatiga o‘tishini, uyg‘onishni miya po‘stlog‘i va po‘stloq osti tuzilmalari, xususan to‘rsimon formatsiya o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning o‘zgarishiga bog‘lashadi. Bu neyronlarning bir guruhi Varoliy ko‘prigining havorang dog‘ yadrosida joylashgan, bu neyronlar serotoninga boy.
Tush kurish. Uyquda ma’lum ta’sirot va obrazlarni idrok qilish xolatlari uchrab turadi. Ongning o‘zigagina xos bo‘lgan bu xolatni tush kurish deyiladi. Tush ko‘rish uyquning tez davrida sodir bo‘lishi, uning po‘stloq hujayralari faoliyati natijasi ekanligini bildiradi. Bu faoliyatni doimo mavjud bo‘lgan kuchsiz ta’sirotlar kuchaytiradi.Ular turli tuyg‘ularni yuzaga chiqaradi, bu tuyg‘ular ko‘rilayotganda tushga aralashib ketadi. Tush ko‘rishning asosi avval kechirgan qo‘zg‘alishlarni uyqu vaqtida o‘ziga xos faollikda bo‘lgan po‘stloq hujayralarida qayta tiklanishdir. Ma’lumki, Ko‘rgan–eshitganimiz po‘stloq hujayralarida qayt qilinadi, izsiz yo‘qolib ketmaydi, asab tizimida iz qoldiradi. Uyqu vaqtida bu iz qo‘zg‘alishlarning tormozlanishidan chiqishi osonlashadi, ularning kuchi shunchalik ko‘payadiki. tushimizda bo‘lib o‘tgan voqealarni bevosita ko‘rayotgandek bo‘lamiz. Masalan ko‘r bo‘lib tug‘ilgan bola tushida xech qachon ko‘ruv obrazlari ko‘rmaydi. Es-xushini tanib olgandan keyin ko‘r bo‘lgan bolaning tushida ko‘ruv obrazlari namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |