Ma’ruza-2 Nerv tizimining yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi. Oliy nerv faoliyati va uning yoshga oid xususiyatlari



Download 27,04 Kb.
bet6/8
Sana13.07.2022
Hajmi27,04 Kb.
#790885
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-mavzu

4.Oliy asab faoliyatining turlari.
I.P.Pavlov asab jarayonlarini harkatchanligiga va ularning muvozanat darajasiga qarab, itlar oliy asab faoliyatini 4 turga bo‘ladi: 1) kuchli, muvozanatlashmagan tur; 2) kuchli, muvozanatlashgan, harakatchan tur; 3) kuchli, muvozanatlangan, kamharakat tur; 4) kuchsiz tur.
Birinchi turdagi hayvonlarda qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari kuchli bo‘lib, qo‘zg‘alish jarayoni kuchli bo‘ladi. Bunday itlarda shartli reflekslar tez va oson paydo bo‘ladi, ayni vaqtda farqlash tormozlanishni yoki ichki tormozlanishni boshqa turini hosil qilish qiyin bo‘ladi. Qo‘zg‘alish jarayoni ustun bo‘lganidan, u miya po‘stlog‘iga keng yoyiladi.
Ikkinchi turdagi, kuchli muvozanatlashgan va harakatchan turdagi hayvonlarda shartli reflekslar tez hosil bo‘lib, mustaxkamlanadi, ichki tormozlanishlarning barcha xillarini paydo qilish oson bo‘ladi. Bunday itlarda musbat va manfiy induksiyalar yaqqol ifodalanganidan qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari juda keng yoyilmaydi. Po‘stlog‘dagi jarayonlarning ildamligi qo‘zg‘alishning tez tarqalishini, tormozlanishning esa tez qo‘zg‘alishi bilan almashinishini ta’minlaydi.
Uchunchi turdagi hayvonlarda mustaxkam shartli reflekslar va mustaxkam farqlashlar vujudga keladi. Bosh miya po‘stlog‘ida rivojlangan jarayon uzoq vaqt saqlanadi, yoyilmaydi sekin so‘nadi. SHuning uchun qo‘zg‘alish jarayoning tormozlanish va almashinishi ancha qiyin bo‘ladi.
To‘rtinchi turga mansub hayvonlarning po‘stloq neyronlarining ish qobiliyati chegaralangan bo‘ladi. Ularda hosil qilingan shartli reflekslar turg‘un bo‘lmaydi, salga tashqi tormozlanishga uchraydi. Ularning miya po‘stlog‘ida qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari kuchsiz bo‘ladi.
Xoleriklar qiziqqon, serjaxl, har narsaga qiziquvchan, shoshqaloq, ko‘p o‘ylamay netmay bir qarorga keladigan odamlar. Sangviniklar vazmin, o‘zini to‘ta biladigan, juda ishchan odamlar. Ular serg‘ayrat tirishqoq, intizomli bo‘lib, o‘zgaruvchan sharoitga juda tez moslashadi. Flegmatiklar xech qachon shoshmaydigan, ularning fikri muvozanatlan-ganligi shundoqqina ko‘zga tashlanib turadi. Ular tirishqoq va serg‘ayrat bo‘lganlaridan maqsadlariga etadilar. Melanxoliklarning maqsadiga erishuvi qiyin. CHunki, ular qiyinchiliklarni bo‘rtirib yuboradilar, g‘ayratsiz, immilagan va irodasiz bo‘lishadi.
Analizatorlar orqali bevosita qabul qilingan axborotlarni taxlil va sintez qilish, tashqi va ichki muhitni bevosita tassavur qilish, odam va hayvon uchungina xos bo‘lgan birinchi signal tizimini tashkil qiladi.
Bu tizimning shakllanishi uchun narsalar, xodisalar, odamlarning aniq siymosini ularning nomi bilan bog‘lash kerak. Agar biror odamni yoki narsani bolaga ko‘rsatib, uning nomi ko‘p marta takrorlanib aytilsa, bolada ana shu so‘zga reaksiya paydo bo‘ladi, keyin bola narsalarning nomini aytishga o‘rganadi, o‘zi bilib olgan so‘zlardan foyda-lana boshlaydi. Nutqning rivojlanishi juda murakkab jarayon. Gapirish uchun nafas mushaklari, xiqildoq mushaklari, til, halqum va lablar uyg‘un xolda xarakat qilishi kerak.
Xotira. Xotira tirik organizmning muhim xususiyati xisoblanadi. Xotira tufayli organizm tashqi ta’surotlarni qabul qilib, olingan axborotni o‘zida saqlaydi va kerak bo‘lganda uni qayta tiklaydi, ya’ni eslaydi. Xotira – MAT ning asosiy vazifalaridan biri. har lahzada organizm o‘z o‘tmishidan kelajakka qadam qo‘yadi. Uning xozirgi va kelajakdagi xatti-harakatlari boshidan kechirgan tajribasiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. hayot davomida ortirilgan tajriba va bilimlarni xotirada saqlanishini MAT da yuzaga chiqadigan tuzilma – faoliy o‘zgarishlar ta’minlaydi.
Ma’lumotni esda saqlash vaqtiga qarab bevosita xotira, qisqa va uzoq vaqtli xotiralar farqlanadi. Avtobus oynasidan ko‘rib ketilayotgan narsalar 400-500 millisekund davomida esda turadi. Bu juda qisqa muddatli bo‘lgan bevosita xotira. Ammo shu payt nimadir yoki kimdir bizning e’tiborimizni o‘ziga tortsa, shu axborot qisqa mudatli xotiraga o‘tkaziladi. Masalan, siz kimdandir tanishingizning telefon raqamini so‘radingiz, ammo yozib olishga qog‘oz - qalam yo‘q. Bu raqamni dilda takrorlab, telefon aparatiga etib borguncha esda saqlaysiz keyin unutib yuborasiz. hozir sodir bo‘lgan voqealarni eslash bilan uzoq vaqtdagi, ya’ni o‘tmishdagi voqealarni eslash o‘rtasida juda katta farq bor. Birinchisi juda ham tez esga keladi, ammo o‘tmishdagi voqealarni eslash juda qiyin, buning uchun vaqt talab qilinadi. Axborotni uzoq vaqtli xotiraga o‘tkazish juda murakkab va mashaqqatli jarayon. qisqa muddatli xotiraning xajmi juda oz, atigi bir necha saqlanish birligini tashkil qiladi.

Download 27,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish