Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini
innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Keyingi yillarda cheklangan suv zaxiralaridan samarali foydalanish, qishloq
xo‘jaligi erlari biofondini tiklash, sho‘rlangan va eroziyaga uchragan maydonlarni
qayta foydalanishga kiritish, ekotizimlar biologik xilma-xilligini saqlab qolish,
“yashil energetika” va agrotexnologiyalar kabi muhim yo‘nalishlarda ta’lim, ilmiy
tadqiqot va ishlanmalar transferini samarali yo‘lga qo‘yish talab etilmoqda.
Bunday dolzarb global muammolarni echish uchun investitsiyalar va ilmiy
tadqiqotlarni kengaytirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali ilmiy
salohiyatni yangi bosqichga ko‘tarish hamda ishlanmalarni amaliyotda qo‘llashga
qodir bo‘lgan muhandislarni tayyorlash masalalari ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Respublikada innovatsion ta’lim va texnologiyalar transferini qo‘llab-
quvvatlash tizimini yaratish, ta’lim va ishlab chiqarishni uzviy bog‘lash, oliy ta’lim
muassasalari faoliyat yo‘nalishlarini tubdan takomillashtirish, ularning xalqaro
nufuzini oshirish, samarali boshqaruv tizimini tashkil etish, shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son
farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini izchil
ta’minlash maqsadida:
1. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari
instituti “Toshkent
irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash
muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti (keyingi o‘rinlarda –
Universitet) deb qayta nomlansin.
2. Quyidagilar Universitetning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
gidroenergetika, irrigatsiya tizimlarini boshqarish, suv xo‘jaligi ob’ektlari
qurilishi, kadastr va geoinformatika, “yashil iqtisodiyot”, “yashil energetika”,
ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, raqamli
texnologiyalar tarmoqlari uchun oliy ma’lumotli muhandis kadrlarni tayyorlash;
sug‘orish
tizimlari
samaradorligini
oshirish, tejamkor
sug‘orish
texnologiyalarini yaratish, “raqamli qishloq xo‘jaligi” va geoaxborot tizimlari
asosida erlarning meliorativ holatini baholashni yo‘lga qo‘yish hamda tuproq
unumdorligini oshirishning takomillashgan usullarini ishlab chiqish;
zamonaviy o‘quv va ilmiy-laboratoriya bazasini shakllantirish, uni ilg‘or
texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda sohani rivojlantirishga
qaratilgan ilmiy-innovatsion
tadqiqotlarni
kengaytirish
va
ularning
transferi bo‘yicha samarali tizimni shakllantirish;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ilmiy tadqiqotlar
natijadorligini oshirish, suv resurslarini hisobga olish va boshqarish tizimini
takomillashtirish, gidrotexnika inshootlarini loyihalash, qurish va foydalanishni
raqamlashtirish borasida ilmiy echimlarni ishlab chiqish;
ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish bo‘yicha uzluksiz ta’lim tizimini yaratish;
etakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari va
ilmiy loyihalarni joriy etish, Universitet professor-o‘qituvchilarining malakasini
oshirish, bitiruvchilarning respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalarida (ilmiy
markazlarda) magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha tahsil olishlarini
tashkil etish;
o‘quv jarayonini talabalarda mustaqil ta’lim olish, tizimli tahlil qilish, ijodiy
fikrlash va amaliy, jumladan, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga
yo‘naltirish;
o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish, ta’lim va tadqiqotni
uyg‘unlashtirish orqali iqtisodiyot tarmoqlari uchun eng ilg‘or innovatsion
texnologiyalarni ishlab chiqish;
tasarrufidagi
ixtisoslashtirilgan
ta’lim
muassasalari
faoliyatini
muvofiqlashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
Belgilansinki, Universitet gidroenergetika, irrigatsiya, melioratsiya, qishloq
xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalar, suv tejovchi sug‘orish
texnologiyalari,
qayta
tiklanuvchi
energiya
manbalari,
geodeziya
va
geoinformatika, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yo‘nalishlarida kadrlar
tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
3. Universitet faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqaruv kengashi
(keyingi o‘rinlarda – Boshqaruv kengashi) tashkil etilsin va uning tarkibi 1-ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
Boshqaruv kengashiga (S.U.Umurzakov):
a) quyidagi vazifalar yuklatilsin:
Universitetning moliyaviy yil uchun mo‘ljallangan biznes-rejasini, uzoq va
o‘rta
muddatli
strategik
rivojlantirish
dasturini, daromad va
xarajatlar
parametrlarini tasdiqlash hamda ularning ijrosini muhokama qilish;
Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari
bilan hamkorlikda ilmiy maktablarni rivojlantirish;
qishloq va suv xo‘jaligi texnologiyalari yo‘nalishida ta’lim, ilmiy tadqiqot
va ishlanmalar transferi jarayonlarini rivojlantirish hamda ilmiy tadqiqot va
innovatsion
ishlanmalar
bo‘yicha
buyurtmachilar
bilan
manfaatli
hamkorlikni o‘rnatish;
ilmiy mahsulotlarni tijoratlashtirish, startap va akselerator faoliyatlarini yo‘lga
qo‘yish;
ta’lim va tadqiqot jarayonlariga investitsiyalarni jalb etish, etakchi xorijiy oliy
ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan samarali aloqalarni o‘rnatish;
b) quyidagi vakolatlar berilsin:
iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda yangi bakalavriat
ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochish, shuningdek, to‘lov-
kontrakt asosida o‘qishga qabul parametrlarini belgilash;
o‘quv-ilmiy jarayonlarga jalb etilgan xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq
to‘lash miqdorlarini bozor kon’yunkturasidan kelib chiqib belgilash;
Universitet va uning tasarrufidagi ta’lim tashkilotlari tuzilmalarini tasdiqlash;
Universitetning tashkiliy tuzilmasiga byudjetdan tashqari mablag‘lar
hisobidan moliyalashtiriladigan yangi lavozim va tarkibiy bo‘linmalar hamda
qo‘shimcha shtat birliklarini joriy etish.
4. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish
vazirligining Universitetda Transformatsiya ofisini tashkil etish to‘g‘risidagi
taklifiga rozilik berilsin.
Transformatsiya ofisi quyidagilar uchun mas’ul etib belgilansin:
Universitetni transformatsiya qilish va kompleks rivojlantirish dasturini
amalga oshirish hamda 2025 yilga qadar xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy
ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatga kiritish;
Universitetni tanitish bo‘yicha milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari,
Internet tarmog‘i va boshqa vositalar orqali targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish va
reklama qilish;
Universitetdagi turli hisobot va ma’lumotlar sonini keskin kamaytirish, ularni
tayyorlashda qog‘oz shaklidan voz kechish, boshqaruv tizimi va o‘quv jarayonlari,
kutubxona va hujjatlar aylanmasini raqamlashtiruvchi “Raqamli Universitet”
platformasiga to‘liq o‘tishini ta’minlash.
Belgilansinki, Transformatsiya ofisi rahbari lavozimi, mehnatga haq to‘lash
shartlari va miqdorlari bo‘yicha Universitet prorektoriga tenglashtiriladi.
5. Universitetga 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab quyidagi vakolatlar
berilsin:
a) akademik mustaqillik sohasida:
o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari, malaka talablarini kasbiy standartlar
asosida tasdiqlash, ta’lim tilini hamda ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari
xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim olish shaklini belgilash;
ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish va ularning tarkibini
tasdiqlash;
tegishli ixtisosliklarda ilmiy unvon va ilmiy darajalarni berish hamda
respublikadagi boshqa oliy ta’lim muassasalari tomonidan berilgan ilmiy unvon va
ilmiy
darajalarni
tan
olish,
shuningdek,
doktorant
va
mustaqil
izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilish tartibini tasdiqlash;
ta’lim
yo‘nalishlari
va
mutaxassisliklar
uchun ta’lim davomiyligi
muddatlarini belgilash;
doktoranturada to‘lov-kontrakt asosida o‘qish qiymatini belgilash, byudjetdan
tashqari mablag‘lar hisobidan grant ajratish orqali doktoranturaga tanlov asosida
kvotaga qo‘shimcha ravishda talabgorlarni qabul qilish;
magistratura bosqichida ta’limning sirtqi, masofaviy va kechki shakllarini
joriy etish, shuningdek, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha qo‘sh
malakalar hamda kasbiy malakalar berish tizimini joriy qilish;
o‘zaro kelishuvlar asosida oliy ta’lim muassasalari bilan ichki akademik
mobillikni amalga oshirish;
Universitet va uning tasarrufidagi ta’lim muassasalari uchun o‘z grifi
asosida darsliklar hamda boshqa o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish va nashr
etish;
ta’lim sifatini ichki nazorat qilish mexanizmlarini belgilash va joriy etish;
b) tashkiliy-boshqaruvdagi mustaqillik sohasida:
faoliyatining asosiy yo‘nalishi ta’lim, ilm-fan, uning natijalarini joriy etish
hamda tijoratlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan tarkibiy tuzilmalar, tijorat va notijorat
tashkilotlarni tashkil etish;
pedagog va boshqa xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan ozod etish va ichki
rotatsiyasiga oid tartibni belgilash;
xorijiy davlat fuqarolarini to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish
va masofaviy ta’lim olish shaklida o‘qitishni tashkil etish.
Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan vakolatlar Universitet
tomonidan mustaqil ravishda qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga
oshiriladi.
6. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligining
Universitetni 2022 yil 1 yanvardan boshlab o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga
o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Bunda, Universitetga o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazilgan oliy
ta’lim muassasalari uchun berilgan barcha vakolat va huquqlar tatbiq etiladi.
7. Quyidagilar:
2025 yilga qadar “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalash
muhandislari
instituti”
milliy
tadqiqot
universitetini transformatsiya qilish va kompleks rivojlantirish dasturi 2-ilovaga
muvofiq;
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari
instituti” milliy tadqiqot universitetining xalqaro nufuzini oshirish bo‘yicha
maqsadli ko‘rsatkichlar 3-ilovaga muvofiq;
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari
instituti” milliy tadqiqot universiteti mutaxassislik kafedralarini ilmiy-tadqiqot
muassasalari, tarmoq korxonalari, tashkilotlari va muassasalarga biriktirish
jadvali 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish
vazirligining quyidagi takliflari ma’qullansin:
Universitet huzurida yuridik shaxs maqomiga ega Fundamental va amaliy
tadqiqotlar institutini tashkil etish;
Universitetning Buxoro filiali negizida Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish
institutini tashkil etish;
Universitetning
Qarshi
filiali
negizida Qarshi
irrigatsiya va
agrotexnologiyalar institutini tashkil etish.
9. Belgilansinki:
Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutining joriy faoliyati, bino va
inshootlardan foydalanish, xodimlar mehnatiga haq to‘lash (ilmiy xodimlardan
tashqari) bo‘yicha xarajatlarini moliyalashtirish Davlat byudjeti mablag‘lari
hisobidan amalga oshiriladi;
Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti hamda Qarshi irrigatsiya va
agrotexnologiyalar instituti Universitet huzurida faoliyat yuritadi;
Universitetning Buxoro va Qarshi filiallari talabalari tahsil olayotgan
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishni
mos ravishda Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti hamda Qarshi
irrigatsiya
va agrotexnologiyalar institutida davom ettiradi;
Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti hamda Qarshi irrigatsiya va
agrotexnologiyalar instituti taalluqliligi bo‘yicha Universitetning Buxoro va Qarshi
filiallarining barcha huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi
hamda filiallarning mol-mulki va boshqa asosiy vositalari tegishli ravishda yangi
tashkil etilayotgan institutlarga o‘tkaziladi.
10. Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq
tasdiqlansin hamda uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
mintaqada mavjud suv resurslarini inobatga olgan holda hududlar
kesimida suvdan foydalanish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan
tadqiqotlar o‘tkazish;
geoaxborot texnologiyalari asosida erlarning meliorativ holatini baholash
tizimini yo‘lga qo‘yish, tuproq unumdorligini oshirishning yangi usullarini
yaratish;
sun’iy intellekt va “aqlli texnologiyalar” bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib
borish, mahalliy tuproq, ekin va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turlariga
moslashtirilgan agrotexnologiyalar yaratish;
o‘simliklar va ularning yashash muhitini, o‘simliklar tarkibidagi ozuqa
moddalarining optimal darajasini, tuproqning makro va mikro elementlarini fizik-
kimyoviy tahlil usullari asosida tadqiq etish;
“yashil
iqtisodiyot”,
qayta
tiklanuvchi
energiya
manbalari
hamda resurstejamkor
texnologiyalar bo‘yicha tadqiqotlarni rivojlantirish va
ishlanmalarni yaratish;
elektronika, mexatronika va robototexnika yo‘nalishidagi amaliy tadqiqotlarni
rivojlantirish, kosmik apparatlar ma’lumotlarini qayta ishlash va tahlil qilish;
fizika
yo‘nalishlari
bo‘yicha
fundamental
muammolarni
o‘rganish, eksperimental ma’lumotlarni qayta ishlashning yangi modellari va
usullarini ishlab chiqish.
11. Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti Toshkent shahar Mirzo
Ulug‘bek tumani, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39-uy, “A” binoga joylashtirilsin.
Belgilansinki, Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti binosini joriy
ta’mirlash, unga tutash hududni obodonlashtirish, xizmat xonalarini mebel,
kompyuter, tashkiliy texnika va inventar bilan jihozlash Vazirlar Mahkamasining
zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Suv xo‘jaligi vazirligini ma’muriy bino
bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
12. Universitet faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilsin va uning
moliyaviy manbalari etib quyidagilar belgilansin:
irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish
loyihalarini tuziladigan shartnomalar asosida ilmiy-texnik jihatdan ta’minlash
uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘larning 5 foizigacha bo‘lgan qismi;
iqtisodiyot tarmoqlarida xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya
tashkilotlari ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha o‘zaro kelishuv
asosida ta’lim, kadrlar tayyorlash, tadqiqot va texnologiyalar transferini
rivojlantirish komponentlari mablag‘lari;
xorijiy investorlar bilan investitsiya kelishuvlarida nazarda tutilgan ilmiy
tadqiqotlar, kadrlar tayyorlash va loyihalarni amalga oshirish uchun ajratiladigan
mablag‘lar;
kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, qishloq, suv xo‘jaligi va boshqa
yo‘nalishlarda jalb etiladigan donor tashkilotlarning grant mablag‘lari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik mablag‘lari hamda qonunchilik
hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Boshqaruv kengashiga Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va foydalanish
tartibini belgilash vakolati berilsin.
13. Boshqaruv kengashi (S.U.Umurzakov):
a) ikki oy muddatda:
Boshqaruv kengashi faoliyati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin;
Transformatsiya ofisi rahbari lavozimiga etakchi xorijiy oliy ta’lim
muassasalarida rahbarlik ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassisni jalb etsin;
Universitet
kafedralarining
ilmiy
faoliyatini
soha
va
tarmoqlar
muammolarining
echimiga
yo‘naltirish
maqsadida
zamonaviy
ta’lim
yo‘nalishlarini inobatga olgan holda, ularni qaytadan tashkil etsin;
Universitetning ixtisoslashgan fakultet va kafedralarining mos yo‘nalishlari
bo‘yicha yirik xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bilan hamkorligini yo‘lga qo‘ysin;
Universitet rahbariyati, kafedralari va tarkibiy bo‘linmalari faoliyati
samaradorligini baholash mezonlarini hamda yuqori natijadorlikka erishganlarni
rag‘batlantirib borish tizimini joriy qilsin;
b) Universitetni xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari
reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha maqsadli parametrlarga
erishilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin;
v) o‘quv jarayoniga xorijiy professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida jalb qilish
hamda Universitet professor-o‘qituvchilarining malakasini xorijiy oliy ta’lim va
ilmiy-tadqiqot muassasalarida oshirish choralarini ko‘rsin;
g) 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab suv xo‘jaligi ob’ektlari qurilishi,
gidroenergetika, “aqlli” qishloq xo‘jaligi texnologiyalari va geoinformatika kabi
yo‘nalishlar bo‘yicha xorijiy davlatlarning nufuzli oliygohlari bilan hamkorlikda
qo‘shma ta’lim dasturlarini hamda keng ko‘lamli fundamental, amaliy va
innovatsion tadqiqotlarni tashkil etish chorasini ko‘rsin;
d) 2023/2024 o‘quv yiliga qadar Universitet huzurida yangi sinov
laboratoriyasi hamda qishloq va suv xo‘jaligi texnoparkini tashkil etsin va ularning
samarali faoliyat yuritishini ta’minlasin.
14. Quyidagilar:
2022-2023 yillarda Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti ilmiy
laboratoriyalari moddiy-texnika bazasini yaratish dasturi 6-ilovaga muvofiq;
2022-2024
yillarda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida amalga
oshiriladigan qurilish hamda o‘quv-laboratoriyalar moddiy-texnika bazasini
modernizatsiya qilish dasturi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
15. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki
oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish
va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy
javobgar etib O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari
S.U.Umurzakov belgilansin.
Prezident qaroriga muvofiq Universitet huzurida yuridik shaxs maqomiga ega
Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutini, Universitetning Buxoro filiali
negizida Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutini, Universitetning Qarshi
filiali negizida Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutini tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |