Qurilish mashinalarining mexanizmlari tormozlar va to‘xtatgichlar bilan jihozlanadi. To‘xtatgichlar chig‘irlar, tallar, domkratlarda qo‘llanilib, ular ko‘tarilgan yoki tushirilgan yuklarni ma’lum vaziyatda ushlab, vallarni teskari aylanib ketmasliklarini ta’minlash uchun ishlatiladi. Tuzilishi bo‘yicha xrapovikli — tashqi ilashishli (1.31-rasm, a) va ichki ilashishli (1.31-rasm, б) hamda friksionrolikli va ponali turlarga bo‘linadi.
Vazifasi bo‘yicha to‘xtatkichlar tushiruvchi va to‘xtatuvchi, ishlash usuli bo‘yicha — normal yopiq va normal ochiq, boshqarilish turi bo‘yicha — avtomatik va boshqariladigan xillarga bo‘linadi.
1.31-rasm. To‘xtatgichlar va tormozlar.
Har qanday xrapovikli to‘xtatgich valga yoki barabanga bikir qilib mahkamlangan, maxsus shakldagi tishi bor, tashli g‘ildirak 1 dan va qo‘zg‘almas o‘kda erkin o‘tiradigan tishlagich 2 dan iborat. Yuk ko‘tarilganda tishlagich g‘ildirak tishlarida erkin sirpanib uni aylanishga to‘sqinlik qilmaydi. Yuk tushayotgan g‘ildirakni aylanishga to‘sqinlik qiladi.
Tormozlar barabandagi yoki mexanizm validagi burovchi momentni; tormozning bir-biriga tegib turuvchi qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas elementlari orasida ishqalanish kuchlari tufayli hosil bo‘ladigan burovchi momentni qisman yoki butunlay muvozanatlaydi. Tormozning qo‘zg‘aluvchan elementi (shkiv, disk) tormozlanadigan val bilan qimirlamaydigan qilib biriktirilgan bo‘ladi, qo‘zg‘almas elementi esa (lenta, kolodka, disk) mashina korpusi bilan birlashtirilgan.
Tormozlar vazifasi bo‘yicha dvigateldan uzib qo‘yilgan mexanizmlarni to‘xtatish uchun mo‘ljallangan to‘xtovchi (stopor) tormozlarga va tushirilayotgan yukning tezligini rostlash uchun mo‘ljallangan, yukni tutib turish va tushirish tormozlariga bo‘linadi.
Tormozlar ularning bir-biriga tegib turuvchi ish elementlarining konstruktiv bajarilish nuqtai nazaridan kolodkali, lentali, diskli va konusli tormozlarga bo‘linadi. Lentali va kolodkali tormozlar qurilish mashinalarini mexanizmlarini to‘xtatish va ishga tushirishda keng qo‘llaniladi.
Nazorat uchun savollar
Po‘lat sim arqon (tros)ni tuzilishini tushuntirib bering.
Strop nima uchun xizmat qiladi, turlari va tuzilishlarini tushuntiring.
O‘qlar to‘g‘risida tushuntirib bering, vallarning turlari nima uchun xizmat qilishini ayting.
Podshipnik turlarini izohlab tushuntiring.
Mufta nima? Qanday muftalarni bilasiz?
Blok va polispastning ishlatish sohasi.
To‘xtatgich va tormozlarning vazifasi va ularni xillarga bo‘linishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |