Ma’ruza №2: Kirish temir yo’l transportining rivojlanishi Ma’ruza rejasi



Download 52,67 Kb.
bet4/4
Sana12.07.2022
Hajmi52,67 Kb.
#781643
1   2   3   4
Bog'liq
2 maruza

Belgilanishiga ko‘ra tormozlarning yulovchilari to‘xtatish jarayonining tezkor, qo‘yib yuborish va zaryadka, yuklari uzun tarkibli poezdlarni tormozlashga moslashgan bo‘lib,to‘xtatishni sekinlatuvchi jarayoni qo‘yib yuborish va poezdni butun uzunligi bo‘yicha tekis va ravon to‘xtatish, xamda universallariga - qo‘l yordamida yulovchili bosqichidan yukliga o‘tqazadiganlarga bo‘linadi. Tormoz silindridan siqilgan havo chiqib ketishi hollarida av­tomatik to‘ldirish qobiliyatiga ko‘ra to‘ldiruvchi va to‘ldi rmaydiganlariga( ularni shuningdek to‘g‘ri ta’sir qiluvchi va to‘g‘ri ta’sir qilmaydiganlar deb ataydilar) bo‘linadi.


2.3 Tormozlarning kelajakdagi rivojlanish masalalari.

Yaqin kelajakda yuk vagonlarini yanada takomillashtirilgan havotaqsimlagichlar bilan jihozlashni yakunlash va avval ishlab chiqarilganlarini modernizatsiyalashtirish, bu bilan tormoz to‘lqining tarqalish tezligini 280 - 300 m/s gacha etkazish, hamda yuk poezdlari og‘irligini 10 ming tonnaga etkazish va undan oshirish imkonini ta’minlash ishlari ko‘zda tutilgan.


Hamdo‘stlik mamlakatlari temir yullarining o‘ziga xosligi ularning uzoqqa cho‘zilganligi, harakatdagi tarkib muomalasi murakkab iqlimiy sharoitlardagi kam aholili viloyatlarda ekanligi yuqori mustahkamlilikni, tormoz uskunalariga hizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlanishidagi yuqori malakali mexnatning mumkin qadar kam sarflarda uzoq ishlashini talab qiladi.
Bunday masalalarni xal etishning samarali natijasi cho‘yanli kolodkalarga nisbatan hizmat muddatining sezilarli katgaligiga ega bo‘lgan kompozitsiyali tormoz kolodkalarini, shuningdek to‘g‘irlashdagi mexnati og‘ir bo‘lgan qo‘l bilan bajariluvchi operatsiyalar zaruratini amalda yo‘qotuvi tormoz richakli uzatishlarini avtoma­tik to‘g‘irlashni qo‘llashdadir. Havotaqsimlagichlarda ishqalanuvchi metalli detallar o‘rniga, ta’mirlashda kam sarfli yuqori texnik xususiyatlarga ega bo‘lgan rezinali zichlatgichlarni qo‘llash, ular juda soddalashtirilgan va amalda moylashdan xamda rezinali detallarni almashtirishdan iboratdir.
Kompozitsiyali tormoz kolodkalarining xususiyatlari ularni emirilishga mahkamliligi oshirilishi, turli iqlimiy sharoitlarda friksion xarakteristikalarini tekisligi va kolodkaning g‘ildirakka ta’sirining kamayishi tomoniga takomillashtirish ish­lari olib boriladi. Kolodkalarning emirilishga mahkamliligi tormoz richakli uzatishlarining avtomatik to‘g‘irlanishi bilan birgalikda ularni faqat chegaraviy emirilishda vagonlarning rejali ta’mirlanishida almashtirish imkonini beradi, buning natijasida esa texnik hizmat ko‘rsatish punktlarida ishning hajmi ancha kamayadi.
Xillarga ajratish stansiyalarida tormozlarni razryadkalash jarayonlarini avtomatlashtiruvchi, yuklashga bog‘liq holda tormozlash bosqichlarini qayta ulash, lokomotivsiz turgan vagonlarning o‘z-o‘zidan siljishita qarshi mahkamlash va boshqa sistemalarni tadbiq qilish ko‘zda tutilgan. YUqori tezlikli yo‘lovchi poezdlari, g‘ildirak va rels orasidagi kam jipslashish maydonlarida zararlanishdan g‘ildirakni mustahkam himoya qiluvchi magnit -relsli va diskli tormozlar kolodkalilari , elektron yuzga qarshi uskunalar bilan birgalikda qo‘llaniladi. Tormozlarni boshqarish jarayonini avtomatlashtirish sistemasi, shuningdek motorvagonli harakatdagi tarkib va lokomotivlarda elektrli (rekuperativ va reostatli) tormozlash uskunalari sezilarli rivojlanishga ega bo‘ladilar.
Tormoz uskunalarining takomillashtirishdagi barcha keyingi choralari uning mustahkamligini va uzoq ishlashliligini oshirishga ta’mirlash va hizmat ko‘rsatish sharoitlarini yaxshilashga, yuqori tezliklarda harakatlanuvchi tarkibning harakat xavfsizligini ta’minlanishiga qaratilgandir.

NAZORAT SAVOLLARI:



  1. Avtotormoz texnikasining vazifasi nimadan iborat?

  1. Avtotormozning rivojlanishi asosan nechanchi yildan boshlangan?

  2. Birinchi tormoz uskunalari qaysilar va ularni vazifasi nimadan iborat edi?

  1. Birinchi havotaqsimlagichlar qachondan ishlatildi?

  1. Tormozlar qanday xususiyatiga ko‘ra va qanday turlarga bo‘linadi?

Download 52,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish