MA’RUZA-2
Дискрет ахборотларни сигналларига айлантириш. Дискрет тизимлардаги сигналлар
Reja:
2.1. DAU tizimidagi signallar
2.2. Ma’lumotlarning raqamli signali.
2.1. Diskret axborot uzatish tizimidagi signallar
Axborot uzatish tizimida signallar ikki ko’rsatgich – signalni o’zgarish moment va qabul qilishi mumkin bo’lgan ko’rsatgichlari bo’yicha to‘rt turdagi signallarga ajratiladi [2,3]:
Uzluksiz vaqtning uzluksiz signali.
Diskret vaqtning uzluksiz signali.
Uzluksiz vaqtning diskret signali.
Diskret vaqtning diskret signali.
Uzluksiz vaqtning uzluksiz signali qisqacha uzluksiz (analog) signal deb xam ataladi. Bunday signal mavjud bo‘lgan ixtiyoriy uzluksiz qiymatlarga ega bo‘lishi va ixtiyoriy momentlarda o‘zgarishi mumkin (1.3-rasm). Bunday signallarga sinusoidal ko‘rinishidagi signallar misol bo‘la oladi.
Diskret vaqtning uzluksiz signallari ixtiyoriy qiymatni qabul qilishi mumkin, lekin bu qiymatlarni qabul qilish oldindan belgilangan (diskret) ma’lum vaqt t1 ,t2 ,t3.. momentlarida yuz beradi (1.4-rasm).
Uzluksiz vaqtning diskret signallari ixtiyoriy vaqt momentlarida o’z qiymatlarini (masalan, amplitudasini) ma’lum, ruxsat etilgan (diskret ) qiymatga o‘zgarishi mumkin (1.5-rasm).
Diskret vaqtning diskret signallari (qisqacha diskret signallar) (1.6-rasm) belgilangan (diskret) ma’lum vaqt t1 ,t2 ,t3.. momentlarida faqat ruxsat etilgan ma’lum (diskret) qiymatni qabul qilishi mumkin. SHuning uchun bunday signallarning qabul qilish qiymatlari va o‘zgarish momentlari avvaldan ma’lum bo‘ladi.
Diskret xabarni signalga o‘zgartirgich chiqishida tashkil qilinayotgan signal qoidaga ko‘ra axborot parametri bo‘yicha diskret hisoblanadi. Ma’lumot uzatish texnikasida bunday signallar ma’lumotlarning raqamli signali (MRS) deb nomlanadi. Bunda
Xabarning o‘zgarishini ifodalovchi ma’lumot signal parametri ma’lumot signalning taqdim etuvchi (axborot) parametri deb ataladi. 1.7-rasmda taqdim etish parametri amplituda bo‘lgan va bu parametrning qiymati ko‘pligi ikkitaga teng (u=U1 va u=0) bo‘lgan MRS tasvirlangan.
Signalning taqdim etish parametri xolatining aniqlangan qiymati aniqlovchi (ma’lum) pozitsiyasi bo‘ladi. Signalning aniqlovchi (ma’lum) pozitsiyasi almashinish momenti aniqlovchi (ma’lum) moment (AnM) deyiladi. Signalning ikki qo‘shni aniqlovchi momenti orasidagi vaqt intervali aniqlovchi (ma’lum) vaqt intervali (AnI) deyiladi. Signal aniqlovchi vaqt intervalining minimal qiymati birlik interval deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |