Maruza №2 6-savol javobini toldiring qanday sabablar sssrni inqirozli vaziyatga olib keldi?



Download 16,47 Kb.
Sana02.08.2021
Hajmi16,47 Kb.
#135885
Bog'liq
OROL DO'STGA


MARUZA №2 6-SAVOL JAVOBINI TOLDIRING

1.Qanday sabablar SSSRni inqirozli vaziyatga olib keldi?

Iqtisodiyot ekstensiv yo‘lda tobora ko’p qo‘shimcha mehnat va moddiy resurslarni ishlab chiqarishga jalb etish yo‘lida depsinayotgan edi. Mamlakat katta tabiiy resurslarga ega bo‘lsa-da, xo‘jaliklar ularning yetishmovchiligiga duch keldi. Ko’pgina mamlakatlar fan-texnika inqilobi tufayli xalq turmushida jiddiy ijobiy burilishlarga erishgan bir paytda SSSR bu jarayondan chetda, orqada qolib ketdi. Ishlab chiqarish texnologiyasi eskirgan, mahsulotlarning sifati past, ular sotilmasdan omborlarda to‘planib qolayotgan edi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi, iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlik va uning mafkuralashtirilishi iqtisodiyotni isloh qilish yo‘lidagi urinishlarni yo‘qqa chiqarar edi. Ijtimoiy ehtiyojlarga mablag’ ajratishda qoldiq tamoyili va taqsimotda tekischilik hukmron edi. Boqimandalik, tayyorga ayyorlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, chayqovchilik, poraxo‘rlik kabi yaramas illatlar jamiyatni kemirmoqda edi. Buyruqbozlik — boshqaruv usuli, sansalorlik, qog‘ozbozlik, majlisbozlik iqtisodiyotning o‘z qonunlari va vositalari asosida rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda edi. Odamlar mulkdan begonalashtirilgan, shu tufayli loqayd, sust, beparvo edilar. Huquq va qonuniylik puturdan ketgan edi.

2.«Qayta qurish» siyosati deganda nimani tushunasiz?

KPSS Markaziy Qo‘mitasining 1985-yil aprelida bo‘lgan plenumi noxush tendensiyalar yig‘ilib, SSSR 239 tanglik vaziyatiga tushib qolganligini ilk bor e’tirof etdi. Mazkur plenum jamiyatni «qayta qurish» orqali iqtisodiyotni ko‘tarish, xalqning turmushini yaxshilash siyosatini belgiladi. 1985—1986-yillarda Markazdagi rahbariyat tomonidan jiddiy o‘zgarishlar qilish zarurligi anglandi. Biroq ahvolning nihoyatda murakkabligi hali to‘la idrok etilmagan edi. 1987-yildagi mavjud siyosiy tuzumni va iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlikni saqlab qolgan holda xo‘jalik mexanizmini isloh qilish yo‘lidagi urinish ham samara bermadi. Iqtisodiy islohotlar tez orada qotib qolgan ijtimoiy-siyosiy sistemaga urilib barbod bo‘ldi. 80-yillarning oxirlarida siyosiy sistemani isloh qilishga, birinchi navbatda KPSSning siyosiy va mafkuraviy hukmronligini cheklashga, davlat va xo‘jalik organlarini Kompartiya hukmronligidan chiqarishga, xalq deputatlari sovetining to‘la hokimiyatini ta‘minlashga urinish bo‘ldi. Ammo bu sa’y-harakatlar ham behuda ketdi. «Qayta qurish» siyosati davrida iqtisodiyotda juda kuchli buzilishlar ro‘y berdi. Markaz «qayta qurish»ning ilmiy va nazariy jihatdan puxta va aniqravshan dasturini ishlab chiqolmadi. Iqtisodiy siyosat puxta o‘ylab ko‘rilmagan sinov va eksperimentlarga asoslangan edi. Mamlakat sinovlar va xatolar bilan siljib bordi. Mamlakat imkoniyatlarini hisobga olmasdan xalq xo‘jaligining barcha sohalarini bir vaqtning o‘zida rivojlantirishdan iborat noto‘g‘ri yo‘l tutildi. «Bu hol, — deb yozadi I. Karimov, — pirovard natijada, cheklangan mablag’larning parokanda bo‘lib ketishiga, moliya va ta‘minot tizimining batamom izdan chiqishiga olib keldi, inqirozni chuqurlashtirdi». Sovet rahbariyati mamlakatni tanglikdan, inqirozdan chiqarish uchun ma’muriy-buyruqbozlik tizimini, hamma resurslarni markazlashtirilgan tarzda rejalashtirish asosida boshqarish va taqsimlash yo‘lidan tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o‘tish kerakligini o‘z vaqtida payqamadi, buni juda kech tushundi.

3.Nima uchun «qayta qurish» siyosati barbod bo‘ldi?

«Qayta qurish» siyosati davrida iqtisodiyotda juda kuchli buzilishlar ro‘y berdi. Markaz «qayta qurish»ning ilmiy va nazariy jihatdan puxta va aniqravshan dasturini ishlab chiqolmadi. Iqtisodiy siyosat puxta o‘ylab ko‘rilmagan sinov va eksperimentlarga asoslangan edi. Mamlakat sinovlar va xatolar bilan siljib bordi. Mamlakat imkoniyatlarini hisobga olmasdan xalq xo‘jaligining barcha sohalarini bir vaqtning o‘zida rivojlantirishdan iborat noto‘g‘ri yo‘l tutildi. Sovet rahbariyati mamlakatni tanglikdan, inqirozdan chiqarish uchun ma’muriy-buyruqbozlik tizimini, hamma resurslarni markazlashtirilgan tarzda rejalashtirish asosida boshqarish va taqsimlash yo‘lidan tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o‘tish kerakligini o‘z vaqtida payqamadi, buni juda kech tushundi. 1990- yilga kelganda bozor iqtisodiyotiga o‘tish zaruriyati anglandi, dasturlar tuzildi, qarorlar qabul qilindi. Biroq vaqt boy berilgan edi. Iqtisodiyot batamom barbod 240 bo‘lgan, moliyaviy va narx-navo tizimi izdan chiqqan, boshqaruv mexanizmi falaj bo‘lib qolgan edi. SSSR ich-ichidan zil ketib, tanazzulga, parokandalikka yuz tutgan edi.

4.«Paxta ishi» nima, uning oqibatlarini bilasizmi?

Moskvadan yuborilgan Gdlyan va Ivanov guruhi O‘zbekistonning boshiga tushgan kulfat bo‘ldi. Guruh a’zolari hech kim bilan hisoblashib o‘tirmay odamlarni qamash bilan shug‘ullandi. Oddiy dehqondan tortib O‘zbekiston Kompartiyasi MQ kotiblari va hukumat a’zolarigacha bo‘lgan xodimlarni qamash uchun birovlardan zo‘rlab yozdirib olingan bir parcha qog‘ozning o‘zi kifoya edi. O‘zbekistonda qonunchilik buzildi, o‘zboshimchalik va qatag‘onchilikning yangi davri avj oldi. Ming-minglab iqtidorli, rahbarlik mahoratini O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti 241 puxta egallagan rahbar kadrlar, mirishkor paxtakorlar, ter to‘kib mehnat qilgan halol kishilar qamoqqa olindi. Hibsga olingan respublika partiya va davlat organlarining rahbarlari esa Moskva qamoqxonalariga tashlandi. Tergov xodimlari 30-yillarda ishlatilgan yaramas usullardan foydalanib, hibsga olinganlarni qiynab, boshqalar ustidan to‘qilgan aybnomalarni ularning qo‘li bilan qaytadan yozdirib olardi va bu «aybnoma» tobora ko’p begunoh odamlarni qamashga asos bo‘lib xizmat qilardi. Butun SSSRda bo‘lganidek, O‘zbekistonda ham kamchiliklar, qo‘shib yozishlar, poraxo‘rlik illatlari va boshqa jinoyatchiliklar bor edi, albatta. Lekin bu illatlarni o‘zbek xalqi emas, balki sovet hokimiyatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi keltirib chiqargan edi. Norozilik ayniqsa xotin-qizlar orasida ko’paydi. 1986—1987-yillarda respublikada 270 nafar ayol o‘zini o‘zi yondirib yubordi. Bu holat ularning sha’ni, qadr-qimmatining toptalishi, haq-huquqlarining buzilishiga nisbatan so‘nggi norozilik ifodasi edi. Xalqning juda boy tarixi va madaniyatini, o‘lkaning o‘ziga xos noyob xususiyatlarini bilmagan va bilishni istamagan kelgindilar, ularga laganbardorlik qilgan ayrim mahalliy amaldorlar xalqning urf-odatlari, an‘analarini oyoqosti qildilar. Xalqimizning boy madaniyati va ma‘naviy qadriyatlari kamsitildi. Ona tilimizning qo‘llanish doirasi sun’iy tarzda yanada cheklab qo‘yildi. Hatto milliy libos kiyib yurish ham qoralandi. Milliy an‘analar bo‘yicha to‘y qilgan yoki vafot etgan qarindosh-urug‘larni milliy, diniy qadriyatlar asosida dafn qilganlar tanqid ostiga olindi, shafqatsiz jazolandi. Bunday vaziyat xalqni ranjitdi, hafsalasini pir qildi, siyosiy loqaydlikni kuchaytirdi

5.Mustaqillikka qadam bosish yo’lidagi qanday muhim farmon va qarorlar qabul qilindi?

1989-yil 23-iyun kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kompartiyasi MQning XIV plenumida Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi etib saylandi. I. A. Karimov boshliq O‘zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan o‘zbek xalqining milliy o‘zligini anglashi kuchayib borayotganligiga e‘tibor qaratildi. Xalqning shon-shuhrati, qadr-qimmatini himoya qilish, milliy mustaqillikka erishish tomon yo‘l tutildi.

Respublikaning yangi rahbari jamoatchilik fikrini inobatga oldi, masalani bosiqlik bilan hal qilish yo‘lini tanladi. O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 1989-yil 21-oktabrda bo‘lgan o‘n birinchi sessiyasida «O‘zbekiston SSRning davlat tili haqida» Qonun qabul qilindi. Qonunda O‘zbekistonning davlat tili o‘zbek tilidir, o‘zbek tili respublikaning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida to‘liq amal qiladi, deb belgilab qo‘yildi. 1990-yil 19-fevralda «O‘zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi qonunni amalga oshirish davlat dasturi qabul qilindi. Qonun va davlat dasturiga binoan mehnat jamoalari, o‘quv yurtlari, korxonalar va davlat muassasalarida ish yuritish rus tilidan o‘zbek tiliga o‘tkazila boshlandi. Bu qonunning qabul qilinishi va uning amalga oshirila boshlanishi respublika ijtimoiy hayotida katta tarixiy voqea bo‘lib, mustaqillik sari tashlangan muhim qadam bo‘ldi. Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini xolisona tahlil etish, baholash va ko‘tarishga qaratilgan dastlabki sa’y-harakatlar qilindi. Qishloq aholisining shaxsiy tomorqalari uchun yer ajratildi. Yerga muhtoj bo‘lgan 381 ming oilaga tomorqa yerlari berildi, 372 ming oila o‘z tomorqalarini kengaytirib oldi. Shu maqsadlar uchun jami 150 ming gektar yer ajratildi. 1990-yil 18-fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashiga saylov bo‘ldi. Bu saylovlarning yangiligi shundan iborat bo‘ldiki, 500 saylov okrugining 326 tasida muqobil 248 nomzodlar ko‘rsatildi, deputatlik mandatiga bir nechtadan nomzodlar da’vogarlik qildi. Oldingi saylovlarda barcha nomzodlar birinchi turdayoq deyarli 100 foiz ovoz bilan saylangan bo‘lsalar, bu safar birinchi turda 368 nomzod zarur ovozlarni to‘play oldi. Qolgan 132 okrugda qayta saylovlar bo‘lib o‘tdi.

3.1990-yil 24—31-mart kunlari Toshkentda o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 24-mart kuni sessiya Moskvaning tazyiqiga qaramasdan, respublikalar orasida birinchi bo‘lib «O‘zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida» qonun qabul qildi. 1990-yil 24-mart kuni Oliy Kengashda yashirin ovoz berish yo‘li bilan Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Prezidenti etib saylandi. Ana shu sessiyada I. Karimov nutq so‘zlab, O‘zbekistonning siyosiy mustaqilligini, o‘zini o‘zi idora qilishga va o‘zini o‘zi pul bilan ta‘minlashga o‘tishni ta‘minlashni o‘zimning asosiy vazifam deb bilaman, deb ta’kidladi.

Respublika Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasi 1990- yil 20-iyun kuni O‘zbekiston SSR Mustaqilligi to‘g‘risida Deklaratsiya qabul qildi.

6.XX asrning 80-90 yillariga kelib,O’zbekistonda qishloq xo’jaligida qanday o’zgarishlar sodir bo’ldi?

«O‘zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida» qonun qabul qildi. 1990-yil 24-mart kuni Oliy Kengashda yashirin ovoz berish yo‘li bilan Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Prezidenti etib saylandi. Ana shu sessiyada I. Karimov nutq so‘zlab, O‘zbekistonning siyosiy mustaqilligini, o‘zini o‘zi idora qilishga va o‘zini o‘zi pul bilan ta‘minlashga o‘tishni ta‘minlashni o‘zimning asosiy vazifam deb bilaman, deb ta’kidladi.



Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini xolisona tahlil etish, baholash va ko‘tarishga qaratilgan dastlabki sa’y-harakatlar qilindi. Qishloq aholisining shaxsiy tomorqalari uchun yer ajratildi. Yerga muhtoj bo‘lgan 381 ming oilaga tomorqa yerlari berildi, 372 ming oila o‘z tomorqalarini kengaytirib oldi. Shu maqsadlar uchun jami 150 ming gektar yer ajratildi.
Download 16,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish