Ma’ruza №13. Mavzu: Mineral bog‘lovchi moddalar. Hovoiy bog‘lovchi



Download 85 Kb.
bet10/10
Sana01.01.2022
Hajmi85 Kb.
#299370
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6-mavzu.Mineral bog‘lovchi moddalar

Ohakni so‘ndirish va uni tuyish. So‘nmagan ohakka suv ta’sir etsa, u quyidagi reaksiya asosida so‘nadi:

SaO+N2O=Sa(ON)2+15,64 kkal (65,5 kJ).

Agar so‘nmagan ohak bo‘laklariga kam miqdorda (35–50 %) suv purkalsa, u maydalanib so‘nadi va kukun-ohak hosil bo‘ladi. Agar suv miqdori ko‘paytirilsa, so‘ndirilgan ohak xamiri hosil bo‘ladi. Qurilishda so‘ndirilmagan ohak maxsus gidratorlarda kukun qilib, keyin so‘ndiriladi. Qorishmaga so‘ndirmay tuyilgan ohak bevosita qo‘shilsa, uning sifati ortadi.

Ohakning xossalari. Ohak qurilishga bo‘lak-bo‘lak, kukun, xamir yoki so‘ndirilmagan kukun holatida keltiriladi. Bularning zichligi turlichadir, ya’ni 50 % suvli ohak xamirining zichligi 1400 kg/m3 bo‘lsa, kukun ohakniki 500 kg/m3, tuyilgan ohakniki esa 600 kg/m3. ga teng.

Ohakning yog‘li va yog‘siz turlari ham bor. YOg‘li ohakning so‘nish davri yog‘siz ohakka nisbatan kam bo‘ladi. Davlat standartlarida ko‘rsatilishicha, 1-navli havoyi ohakda faol oksidlar SaO+MgO miqdori 85% dan kam bo‘lmasligi, 2-navda 75% dan, 3-navda esa 65% dan ko‘p bo‘lishi kerak.



Ohakning qotishi. Oddiy ohak xamiri bilan tayyorlangan qurilish qorishmasining qotishi bir necha kun davom etsa, so‘ndirilmagan ohak kukuni qo­rishmasi 30–60 daqiqa qotadi. Bundan tashqari, so‘ndirilmay kuydirilgan ohak kukuni kam suv talab etadi. SHuning uchun so‘ndirilmagan ohak qotishma­sining siqilishdagi mustahkam­lik chegarasi, zichligi va chidamliligi so‘n­di­ri­lgan ohaknikidan birmuncha ko‘p.

Ohak qorishmasining qoti­shiga asosan ikki holat ta’sir ko‘rsatadi: o‘ta to‘yingan qorish­maning qotish jarayonida unda kalsiy gidroksidining kristall holda ajralishi, havodagi karbonat angidrid gazi ta’sirida SaSO2 ning quyidagi reaksiya orqali hosil bo‘lishi:

Sa(ON)2+SO2=SaSO3+N2O.

Bu jarayon barcha ohakli moddalarda ro‘y berib, karbonlanish jarayoni deyiladi. Karbonlanish jarayoni qorishma qatlamining qalinligi va havodagi karbonat angidridning miqdoriga bog‘liq.



Nazorat savollari
1. Bog‘lovchi moddalarni tasniflang.

2. Havoyi bog‘lovchi moddalar uchun xom ashyolarni bayon qiling.

3. Havoyi bog‘lovchi moddalarning minerologik va kimyoviy tarkiblari haqida bayon qiling.

4. Gipsli bog‘lovchi moddalarning xom ashyolarini bayon qiling.

5. Gipsli bog‘lovchi moddalarning kimyoviy tarkibi va tuzilishi bo‘yicha  va  modifikatsiyalari orasidagi farqni tushuntiring.

6. Havoyi bog‘lovchi moddalarni ishlab chiqarish texnologiyasini tushuntiring.



7. Havoyi bog‘lovchi moddalarni ishlatish sohasi haqida tushuntiring.
Qo‘shimcha adabiyotlar

  1. Alekseev B. V. “Texnologiya proizvodstva sementa”. -Moskva. Vыs-shaya shkola, 1980.

  2. Duda V. “Sement”. -Moskva.: Stroyizdat. 1981.

  3. GOST 125 - 79. Gipsli bog‘lovchilar. Texnik shartlar.

  4. O‘zRST 768 - 97. Gispli bog‘lovchilar. Sinash usullari.

  5. Gost 9179 - 77. Qurilish ohagi. Texnik shartlar.

Download 85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish