Ma’ruza №10. Beton aralashmalari va qurilish qorishmalarini tayyorlash, ularni tashish va beton aralashmalarini yotqizish hamda shibbalash mashinalari



Download 4,62 Mb.
bet4/7
Sana23.06.2022
Hajmi4,62 Mb.
#697702
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Маъруза №10 (2)

Betonnasos va pnevmohaydagichlar katta beton ishlari hajmiga ega bo‘lgan qurilish ob’yektlarida metall quvur − beton yo‘li bo‘ylab beton aralashmasini uzluksiz xaydab berish uchun qo‘llanadi. Beton nasoslarining asosiy parametrlariga hosil qila oladigan eng katta ish bosimi (MPa), hajmiy uzatishi (ish unumi) (m3/soat), aralashmani gorizontal (400 m gacha) va vertikal buylab (80 m gacha) masofaga uzatish (m) kiradi. Betonnasos qurilmalarini ketma-ket yig‘ib uzatish masofasi va balandligini oshirish mumkin. Monolit inshootlarni barpo etganda betonni quvurlar bo‘ylab uzatish lentali konveyer yoki kranlar yordamida uzatishga qaraganda ancha unumli va ishlar tannarxini kamaytiradi. Betonni uzatishning bu usuli tor sharoitlarda va borish qiyin bo‘lgan joylarda ya’ni, uzatishni boshqa usulini qo‘llab bo‘lmaydigan sharoitlarda ishlash imkonini beradi. Beton nasoslar tasnifi:

  1. ish tavsifi bo‘yicha – aralashmani siklik va uzluksiz uzatish;

  2. Nasos qismlarining harakatlanish prinsipiga ko‘ra porshenli va porshensiz beton nasoslariga bo‘linadi.

  3. yuritma turi bo‘yicha – mexanik va gidravlik yuritma;

  4. beton tashuvchi silindrlar hisobi bo‘yicha – bir va ikki silindrli;

  5. ishlab chiqarilishiga qarab – statsionar (6.13-rasm), tirkamali va mobilli (avtobetonnasos).


6.13-rasm. Statsionar betonnasos.
6.14-rasmda porshenli mexanik yuritmali va tiqin turidagi klapanli nasosning prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan. Qabul bunkeri 1 ga yuklangan beton aralashmasi qotib qolmasligi uchun parrakli aralashtirgich 2 yordamida qo‘zg‘atib turiladi va parrakli qo‘zg‘atuvchilar 3 yordamida beton tashish silindri 7 ning suruvchi klapani 4 ga uzluksiz uzatib turiladi.

6.14-rasm. Mexanik yuritmali porshenli beton nasosi.
Porshen 8 ning chapga yurishida (6.14-rasm, a) suruvchi klapan ochiladi
(haydovchi klapan 6 berk) va ish aralashmasi silindrning ish bushlig‘iga so‘riladi.
Porshenning ungga yurishida (6.14-rasm, б) haydovchi klapan 6 ochilib (suruvchi klapan 4 berk), aralashma porshen bilan beton yo‘li 5 ga haydaladi. Porshenning ilgarilama-qaytma harakati bilan klapanlarning ochilib-yopilishi tartibining mos tushishiga bitta tirsakli val 10 dan majburiy harakat berish hisobiga erishiladi: porshenga − shatun 9 orqali, klapanga esa kulisa mexanizmi 11 va boshqarish tortqilari 12 orqali. Tirsakli valning bir marta aylanishida ikki takt ya’ni, surish va haydash taktlari bajariladi. Klapan va yuritma detallari ish paytida sinib qolmasligi uchun tortqi 12 prujinali cheklagichlarga ega, ular klapanlarning chaqiq toshlar bilan tiqilib qolish paytlarida ishga tushadi. Bu turdagi nasoslarning ish unumdorligi soatiga 10...40 m3.
Hozir ko‘proq qo‘llanadigan nasoslardan ikki silindrli gidravlik porshenli nasoslar hisoblanadi. Ularda porshen va beton aralashmasi oqimining ish silindrlariga taqsimlab beruvchi zaslonkalarning harakati ikki tomonlama harakatga ega bo‘lgan gidrosilindrlar yordamida ta’minlanadi. Shu turdagi nasoslarning prinsipial sxemasi 6.15- rasmda ko‘rsatilgan. Nasosning ikkita beton tashuvchi silindri 7 ning porshenlari 6 alohida-alohida gidrosilindrlar 5 dan qarama-qarshi yo‘nalishda sinxron harakat oladi, bunda ular navbat bilan aralashmani qo‘zg‘atuvchiga ega bo‘lgan qabul bunkeri 2 dan surish takti va uni beton yo‘li 1 ga haydash taktini bajaradilar.

6.15- rasm. Gidravlik yuritmali, ikki silindrli porshenli beton nasosi
Porshenlarning harakati klapan taqsimlagich qutisi zaslonkalarining vertikal 8 va gorizontal 4 xolatlari bilan moslashtirilgan, ular porshenning oxirgi holatlarida navbat bilan beton tashish silindrlari 7 ning haydovchi va suruvchi teshiklarini berkitadi. Zaslonkalar yon tomonga joylashgan gidrosilindrlar 3 yordamida harakatlanadi.
Gidravlik yuritma aralashmaning beton yo‘li bo‘ylab tekis harakatlanishini ta’minlaydi, nasos uzellarini o‘ta yuklanishdan saqlash va ish bosimini hamda mashinaning ish unumdorligini keng chegarada rostlash imkonini beradi.

Download 4,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish